229
daftarlariga yozib boradilar. O‘yin-topshiriq natijasini aniqlashda
o‘zaro tekshiruv usulidan foydalanish mumkin. Bellashayotgan
guruhlar o‘zaro
daftarlarini almashtirib, topshiriqning bajarilishini
tekshiradilar.
Xullas, yordamchi so‘zlarning har bir guruhini o‘rganishda
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish
va nutqini rivojlantirish
o‘qituvchining diqqat markazida turishi, imlo nutq o‘stirish bilan
chambarchas aloqadorlikda amalga oshirilishi lozim. Shuni esdan
chiqarmaslik zarurki, o‘yin-topshiriqlar
qanchalik amaliy mohiyat
kasb etsa, samaradorlik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
O‘quvchilar nutqini yordamchi so‘zlar bilan boyitish faqat shu
mavzularni o‘rganish
doirasida qolib ketmasligi, balki tilning keyingi
bo‘limi– sintaksisni o‘rganish jarayonida ham davom ettirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: