228
bosqichda gapdagi barcha so‘zlarning ma’nodoshlarini
topishni
topshiradi. Bellashayotgan guruhlardan qaysi biri topshiriqni tez va
to‘g‘ri bajarsa, shu guruh rag‘batlantiriladi.
Bog‘lovchilarni o‘rganishda ham so‘z boyligini oshirish va
nutqini rivojlantirish asosiy talab hisoblanadi.
Shuning uchun
yordamchi so‘zlarning bu guruhlarini o‘rganish jarayonida tashkil
etiladigan o‘yinlar, avvalo, shu maqsadga bo‘ysundirilmog‘i kerak.
O‘quvchilar bog‘lovchilarning gapdagi vazifasini sharhlash,
yakka
holda qo‘llaniladigan bog‘lovchilarni va takrorlangan holda
qo‘llaniladigan bog‘lovchilarni alohida-alohida ro‘yxat qilish, ularni
teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga
ajratish, teng bog‘lovchilarni,
o‘z navbatida, biriktiruvchi bog‘lovchilar, zidlov bog‘lovchilari,
ayiruv bog‘lovchilari kabi guruhlarga ajratish, sinonim bog‘lovchilar
ro‘yxatini tuzish singari topshiriqlar yuzasidan o‘zaro bellashishlari
mumkin.
Ma’lumki, mustaqil so‘zlar va gaplarga qo‘shimcha ma’no
beradigan yordamchi so‘zlarning yana bir guruhi yuklamalardir.
Yuklamalar
ni o‘rganishda ularni ma’no
guruhlariga ajratish, har bir
ma’no guruhiga mansub yuklamalarning ma’no nozikligini sharhlash,
yuklamalarni ularning ma’nodoshlari bilan
almashtirish kabi masalalar
yuzasidan o‘quvchilar o‘zaro musobaqalashishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: