1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari
a) o‘qish texnikasi bo‘yicha: miqdoriy ko‘rsatkich 9-sinfning
oxirida bir daqiqada 120–130 so‘z. Sifat ko‘rsatkichlar–murakkab
tipdagi ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, ma’nosini
anglagan holda to‘g‘ri va ravon o‘qish;
b) o‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi bo‘yicha: miqdoriy ko‘rsatkich –10 minutda 11–12 sahifa. Sifat
ko‘rsatkichlar–og‘zaki nutqning aniqligi, matn mazmuniga mos
bo‘lishi, to‘g‘ri, ravon va ta’sirchan bo‘lishi;
v) fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo‘yicha: miqdoriy ko‘rsatkich 10-12 gap (5-sinf), 12-14 gap(6-sinf), 14-16
gap(7-sinf), 20-25 gap(8-sinf), 25-30 (9-cinf)gapdan iborat bo‘lgan
tugal matn(fikr ehtiyoji bilan bog‘liq mavzu asosida) yaratish. Sifat
ko‘rsatkichlar–matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va
aloqadorligi, ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, tinish
belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, matndagi abzaslarning yaxlitligi va fikr
izchilligini ta’minlash, o‘rganilgan ifoda vositalarini o‘rinli qo‘llay
olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalana olish, ish
qog‘ozlari (ariza, ma’lumotnoma, ishonch xati, vakolatnoma, ixcham
hisobot, axborot kabilar)ni yoza olish.
Muhokama matn yaratish. Fonetik, lug‘aviy, morfologik,
sintaktik, uslubiy tahlil qilish. Bayon, insho yozish, yozma ish uchun
material to‘plash, to‘plangan materialni tizimga solish, sodda va
murakkab reja tuzish, yozma ishga epigraf va ma’lum asarlardan
sitatalar tanlash, qiziqarli epizod qo‘shish, xatboshilarni to‘g‘ri
belgilash, dialoglarni to‘g‘ri ajratish, dialogning muallif so‘zi qismida
qahramonning ruhiyatini ochuvchi, uni tavsiflovchi so‘zlarni berish,
gaplarni va matn parchalarini o‘zaro bog‘lovchi leksik-grammatik
vositalarni to‘g‘ri qo‘llash. Matnni tahlil qilish.
DTS talabiga ko‘ra UO‘T maktablarining 5–9-sinflarida «Ona
tili» o‘quv fanidan o‘quvchilar quyidagi nazariy bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallashlari zarur: