Ona tili o‘qitish metodiкasi


Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Mavzu bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 
1. Muhiddinov A.G‘. O‘quv jarayonida nutq faoliyati. Toshkent, 
«O‘qituvchi», 1998. 
2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. Toshkent, «O‘qituvchi», 
1993. 
3. Ne’matov H., G‘ulomov A. Maktabda til sathlarini o‘zaro 
bog‘lab o‘rganish. Toshkent, 1992. 
4. G‘oziyev E. O‘quvchilarni umumlashtirish usullariga
o‘rgatish va ularning aqliy taraqqiyoti. Toshkent, «O‘qituvchi», 
1983. 
5. G‘ulomov A. Q. Ona tili o‘qitish prinsiplari va metodlari. 
Toshkent, «O‘qituvchi», 1992, 5–41-b. 
6. G‘ulomov A. Q. Ona tili darslarida aktivlik prinsipini amalga 
oshirishning nazariy asoslari. Toshkent, «Fan», 1989. 
7. O‘zbek maktablarida ona tili va adabiyot darslari 
samaradorligini oshirish. Ilmiy asarlar to‘plami. Toshkent, O‘zPFITI, 
1988. 
ONA TILI O‘QITISH METODLARI
 
Tayanch tushunchalar: 
Metod, tushuntirish 

 namoyish etish, qayta xotiralash, muammoli 
bayon metodi, qisman izlanuvchanlik, tadqiqot (izlanuvchanlik, 
 
ijodiylik), o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar(bilimlarni tayyor 
holda bayon etish; bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon qilish 
metodlari), o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar(qayta xotiralash, 
qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlar), muammoli 
ta’lim, muammoli o‘qitish



69
 
Ona tili o‘qitishning metodlari haqida umumiy tushuncha.
Ona tili darslarining samaradorligi o‘qituvchining o‘qitish metodlarini 
mukammal bilishi, metodni to‘g‘ri tanlay olishi va ularning har birini 
o‘z o‘rnida qo‘llay olishiga bog‘liq. «Ona tili» fanini o‘qitishning
samaradorligi juda ko‘p omillar bilan chambarchas bog‘langan. 
Shubhasiz, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari va o‘quv
imkoniyatlarini hisobga olish, ona tili ta’limining mazmuni va
maqsadiga muvofiq keladigan topshiriqlar tizimi hamda
metodlarini to‘g‘ri belgilash, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida 
pedagogik hamkorlikning o‘rnatilishi, darsda ishga solinadigan
vositalarning maqsadga muvofiq tanlanishi singarilarning barchasi
samaradorlikni ta’minlash bilan aloqadordir. 
Metod so‘zi qanday ma’noni ifodalaydi? Metod yunoncha so‘z 
bo‘lib, «tadqiqot» yoki «bilish yo‘li» ma’nolarini ifodalaydi. Bu 
tushuncha falsafiy va didaktik ma’nolarga ega. 
Falsafiy ma’noda «metod» tushunchasi tabiat va jamiyat 
hodisalarini kuzatish hamda voqelikka ilmiy nuqtayi nazardan 
yondashish demakdir. 
Didaktik ma’noda bu tushuncha o‘quvchilarni bilim, malaka va 
ko‘nikmalar bilan qurollantirish yo‘llarini ifodalaydi. Ayrim fanlarni 
o‘qitish bilan aloqador masalalarni xususiy metodika o‘rganadi. 
Shuning uchun ta’lim metodlari olimlarni ham, metodistlarni ham 
bab-baravar qiziqtiradi. 
Jahon didaktlari keyingi yillarda ta’lim metodlari va ularning 
tasnifiga oid anchagina salmoqli ilmiy izlanishlar olib bordilar. Ular 
o‘qitish metodlarini turlicha tasnif qilishadi. 
Bir guruh olimlar (S.I.Perovskiy, E.Ya.Golant) ta’lim metodlarini 
bilim olish manbaiga qarab, 
og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy 
metodlarga bo‘lsalar, ikkinchi guruhdagi olimlar (M.A.Danilov, 
B.P.Esipov) ma’lum tipdagi darslarda bajariladigan o‘quv vazifasidan 
kelib chiqib, 
bilimlarni egallash, ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirish, egallangan bilimlarni mustahkamlash, malaka va 
ko‘nikmalarni tekishrish va baholash 
kabi metodlarga bo‘ladilar. 


70
Yu.
К
.Babanskiy esa ta’lim metodlarini uch katga guruhga 
ajratadi: 
1. O‘quvchilarning o‘quv - biluv faoliyatini tashkil etish 
metodlari. 
2. O‘quvchilarning o‘quv - biluv faoliyatini rag‘batlantirish 
metodlari. 
3. O‘quvchilarning o‘quv - biluv faoliyatini nazorat qilish 
metodlari. 
To‘rtinchi guruh olimlar (M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner) bilish 
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim 
metodlarini: 
1)tushuntirish - namoyish etish metodi
2)qayta xotiralash metodi; 
3)muammoli bayon metodi; 
4)qisman izlanuvchanlik metodi; 
5)tadqiqot (izlanuvchanlik, ijodiylik) metodi kabilarga ajratadi. 
Ta’lim metodlarining I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin tomonidan 
taklif etilgan ushbu tasnifi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatida 
tadqiqotchilik va muammoli vaziyat borligi bilan ajralib turadi. 
Mazkur tasnif til o‘qitishning tabiatiga ham ancha mos tushadi. Shu 
bois, ona tili o‘qitishda I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin tasnifiga kengroq 
to‘xtalamiz. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin