106
buzilgan bo‘lsa, bir uzun to‘g‘ri (–) chiziq, uslubiy xatoga yo‘l
qo‘yilgan bo‘lsa tagiga to‘lqinli chiziq (~) chiziladi. Bir yoki bir necha
jumlada uslubiy xatolar bo‘lsa, daftarning hoshiyasiga qo‘sh
tik chiziq
(||) ishorasi qo‘yiladi; jumlalar orasida aloqa bo‘lmay, fikr tushunarsiz
bo‘lsa, daftarning hoshiyasiga bir tik chiziq (|) ishorasi va savol
alomati (?) qo‘yiladi. Yangi fikr yangi yo‘ldan boshlanmagan bo‘lsa,
jumladagi birinchi so‘z oldidan yangi yo‘ldan boshlash ishorasi (Z)
qo‘yiladi.
Bu ishoralarni o‘qituvchi ham, o‘quvchilar
ham xotirada
saqlashlari lozim. Chunki o‘quvchilar bu ishoralar yordamida o‘z
xatolarini bilib oladilar va tuzatadilar.
Yozma ishlarni, jumladan, bayonni tekshirishda kim qayerda,
qanday xatolarga yo‘l qo‘yganligini
aniqlash, xatolarni xillarga bo‘lib
ularni tuzatish yo‘llarini o‘quvchilarga ko‘rsatish maktab tajribasida
sinalgan usul hisoblanadi. Tahlil jarayonida eng yaxshi yozilgan
ishlarning ayrim o‘rinlari namuna sifatida o‘qib
eshittirish ham
pedagogik va psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan
usullardandir. Yozma ishi namuna qilib ko‘rsatilgan o‘quvchi
ma’naviy tomondan mukofotlanganligini chuqur his qiladi, boshqa
o‘quvchilarda esa yozma ishga jiddiy munosabatda bo‘lish mas’uliyati
ortadi.
Tekshiruv - sinov bayoni.
O‘quvchilarning
nutqiy malakalarini
aniqlash, sinash maqsadida o‘quv yilining har bir choragida bir-ikki
marta tekshiruv-sinov bayoni o‘tkazilib turiladi. Buning uchun matn,
albatta, o‘quvchilarga tanish bo‘lmagan,
darsda tahlil qilinmagan
asarlardan yoki «Bayonlar to‘plami»dan olinadi.
Bunday bayonni o‘tkazish uchun matn o‘qituvchi tomonidan bir-
ikki marta ifodali o‘qib beriladi. Matn mazmuni yuzasidan
o‘quvchilarda savollar bo‘lmasa, berilgan
reja asosida bayon yozishga
kirishiladi. Bayon yozib bo‘lingach, mustaqil o‘qib chiqish uchun 3–5
minutgacha vaqt imkoniyati beriladi. Shundan so‘ng ish yig‘ib olinadi.
Tekshiruv - sinov bayoni o‘qituvchi tomonidan adolatli tekshirilib
baholanadi. Agar xatolari har tomonlama o‘rganilmay, shoshma-
shosharlikka yo‘l qo‘yilsa,
baho yo oshirib yoki, aksincha, nihoyatda
107
kamaytirilib qo‘yilishiga sabab bo‘ladi. Xullas, har bir o‘quvchi
olgan
bahosining asosli ekanligiga iqror bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: