Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ixcham bayon.
Ixcham hajmli matn yuzasidan o‘tkaziladigan 
yozma ishning bu turiga ixcham bayon deyiladi. Bunday bayon V–IX 
sinflarning har birida darsning 8–20 minutida qiziqarli kichik 
mashg‘ulot sifatida o‘tkaziladi va bu mashg‘ulot o‘quvchini 
qiynamaydi, u mazmunni tez o‘zlashtiradi. Bu o‘ziga xos yozma aqliy 
mashq turi bo‘lib, uning rejasi tuzilmaydi. Masalan, VIII sinfda qish 
fasli, aniqrog‘i, yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda 
biror darsdan 10 minut ajratib ixcham bayon matni o‘qib beriladi: 
«
Archa kirgan xonadonda bolalar ham, kattalar ham xursand. 
Archadan shifobaxsh, xushbo‘y is chiqadi. U yashilligi bilan ko‘zni 
quvontirsa, xushbo‘y isi uy havosini tozalaydi. Uy ichida o‘rnatilgan 
archadan barometr sifatida foydalansa ham bo‘ladi. Agar havo aynib, 


105
yog‘in-sochin yaqinlashsa, archa shoxlari bir-biriga yaqinlashadi. 
Agar shoxchalar yana bir-biridan uzoqlashib, joyiga qaytsa, havo 
ochilishidan darak beradi
». Mana shu kichik hajmli bayon mazmuni, 
ahamiyati o‘quvchilar diqqatini tezda o‘ziga jalb etadi. Demak, uy 
havosi yangilab turiladi, yog‘in-sochin yaqinlashishi yoki havo 
ochilishini unga qarab oldindan bilib olish mumkin ekan. Bolalar uni 
qiziqish, mehr bilan kuzatadilar, unga e’tibor kuchayadi, fikr tez ilg‘ab 
olinadi, uni qog‘ozga yozish osonroq bo‘lgani uchun ular bu ishga 
bajon-u dil kirishadilar. O‘qituvchi bu bayon turini bir kundayoq 
tekshirib baholaydi. Ko‘pchilik, shubhasiz, ijobiy baho oladi va 
o‘quvchilarda kattaroq hajmdagi bayonlani yozish malakasi ortib 
boradi.
Ixcham bayon matnini bir marta o‘qib berilishining o‘zi ham 
o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini oshirishga, e’tiborlilikka, 
xotirasini o‘stirishga katta yordam beradi. 
Bayonlarni o‘tkazish tartibi quyidagicha: 

matn bir marta o‘qituvchi tomonidan o‘qiladi; 

matn mazmuni yuzasidan o‘quvchilar bilan savol-javob 
o‘tkaziladi; 

zarurat tug‘ilsa, bayon matnining ayrim o‘rinlari qayta o‘qiladi; 

bayon rejasi tuziladi; 

o‘quvchilarga notanish bo‘lgan so‘z va iboralarning ma’nosi 
sharhlanadi; ayrim imlosi qiyin so‘zlar sinf taxtasiga yozib qo‘yiladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilar yozgan bayonlarni o‘qib, o‘rganib, 
baholaydi, sinfda tahlil qiladi. O‘qituvchi bu ishlarni puxta uyushtirish 
bilan bayonni muvaffaqiyatli yozilishiga erishadi. O‘qituvchi bayon 
matni o‘quvchi tomonidan qanchalik o‘zlashtirilgani va bayon 
etilganiga, rejani maqsadga muvofiqligi hamda reja asosida 
izchillikda, savodli, grammatik qoidalariga mos ravishda yozilishiga 
e’tibor beradi. 
V–IX sinf o‘quvchilari tomonidan yozilgan bayonni tekshirishda
aniqlangan xatolar belgilar bilan ko‘rsatib qo‘yiladi: orfografik xato 
harfning tagiga bir to‘g‘ri chiziq 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin