O’qituvchi: Unday bo’lsa sizlar davramizni aziz mehmonlari bo’lib, kuzating darsimizni.
So'zlardagi -chi, -la, -kor, -dosh, -li, -siz qo'shimchalari so'z yasovchi qo'shimchalardir. So'z yasovchi qo'shimchalar asosdan anglashilgan ma'no bilan bog'liq bo'lgan boshqa so'zni hosil qiladi. Bular yasama so'zlar deyiladi.O'quvchilar qoidani darslikdan o'qiydilar. O'quvchilar doskadagi so'zlarni ko'chirib yozadilar.
Yangi ma’noli so‘z hosil qiladigan so‘z yasovchi qo‘shimchalar (/\) belgi bilan ko'rsatiladi:
— asos ( — yasovchi)
E’tibor bering:
baliqchi— baliq (asos), -chi (so‘z yasovchi qo'shimcha),
sozla — soz (asos), -la (so‘z yasovchi qo‘shimcha),
nurli — nur(asos), -li (so‘z yasovchi qo‘shimcha),
g'allakor — g‘alla(asos), -kor (so‘z yasovchi qo'shimcha),
vatandosh—vatan(asos), -dosh (so'z yasovchi qo'shimcha),
tuzsiz — tuz (asos), -siz (so'z yasovchi qo'shimcha),
-chi, -la, -kor, -dosh, -li, -siz — so'z yasovchi qo'shimchalardir.
|
Mavzu 164-mashq asosida tushuntiriladi. Mashqdagi so'zlar avvaldan doskaga yozib qo'yiladi. O'quvchilar diqqatini doskaga yozilgan so'zlarga qarataman.
g'alla— g'allakor vatan — vatandosh
baliq-baliqchi so'z — so'zla
nur — nurli tuz —- tuzsiz
Har qaysi ustunda berilgan asosdosh so'zlar doskadan o'qitiladi. So'zlarning umumiy qismi — asos aniqlanadi. Suhbat yordamida asosdosh so'zlarning ma'nolaridagi umumiylik va farqli tomonlar aniqlanadi.
— Birinchi juftlikdagi so'zlarni o'qing. (g'alla, g'allakor.)
— Birinchi so'zni o'qing. (g'alla.)
— G'alla so'zi qanday ma'no anglatyapti? (g'alla bu — don.)
— G'allakor so'zi qanday ma'no anglatyapti? (don yetishtiruvchi kishini anglatadi.)
— G'alla, g'allakor so'zlari uchun qaysi so'z umumiy? (g'alla so'zi.)
— G'alla so'ziga -kor qo'shimchasi qo'shilganda so'zning ma'nosi nima qilyapti? (O'zgaryapti.)
— Qanday so'z hosil bo'lgan? (yangi so'z hosil bo'lgan.)
— Shuning uchun bu qo'shimchani qanday qo'shimcha deyish kerak?
(So'z yasovchi qo'shimcha deyish kerak.)
Suhbat jarayonida bu so'zlardagi so'z yasovchi qo'shimchalar doskaga yozib boriladi.
165-mashq
1. Hunarli kishi xor bo’lmas.
Dostları ilə paylaş: |