II. O`tgan mavzu
O’qituvchi: -Biz o’tgan ona tili darsida qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
1-bola: Biz o’tgan ona tili darsimizda “Asos va asosdosh so’zlar “ mavzusi bilan tanishgan edik.Uyga berilgan uyga vazifasini tekshiriladi.
Tezkor savol-javob
Asos deb nimaga aytiladi?
Asosdosh so’zlar uchun umumiy qism asos deb aytiladi
Meva,mevali, mevasiz
Asosdosh so’zlar deb nimaga aytiladi?
Ma’no va shakl jihatidan umumiy qismga ega bo’lgan so’zlar asosdosh so’zlardir
Gul, gulchi, gulli
O’qituvchi: Uyga vazifa 163-mashq bo’lib,unda asosdosh so’zlar yozib kelish edi.
Keling, mavzuni qanday tushunib olganingizni tekshirishda” Mozaika” metodidan foydalanamiz.
Q izlar o’g’il bolalarga, o’g’il bolalar qizlarga so’z aytadilar, ular asosdosh so’z aytadilar.
O ’g’illar: Qizlar
1.olma 1. parta
2. gul 2. iz
3.yong’oq 3. tosh
4.bog’ 4. do’st
5.quyosh 5. ov
6.paxta 6.yo’l
7.o’roq 7.tuz
8.suv 8.ish
9.kuch 9. maktab
10.odob 10.fikr
O’qituvchi: -Mana qarang, rasmlarga guruhimiz nomi kelib chiqdi.Demak o’g’il bolalar “Qorbobo”, qiz bolalar “Qorqizlar” guruhi bo’lib yangi mavzuni o’rganib olamiz.
Dostları ilə paylaş: |