Ona tili va bolalar adabiyoti


Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi



Yüklə 5,67 Mb.
səhifə22/45
tarix27.06.2018
ölçüsü5,67 Mb.
#55019
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45


Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich. Oquv mashgulotiga kirish (Davat bosqichi)

(5 minut)

1.Tashkiliy qism.



1.Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi;




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(70 minut)

1.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash

2.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

3.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.

4.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash

5.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.

6. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

7.Mavzuni yakunlash. 1.Tashkiliy qism.

2.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash

3.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

4.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.

5.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash

6.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.

7. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash


  1. talabalar « O’zbek tilining faol va nafaol leksikasi. O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi » mavzusi yuzasidan 1-ilovada berilgan savollarga javob beradilar, munozarada ishtirok etadilar;

  2. talabalar « O’zbek tilining faol va nafaol leksikasi. O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi » mavzusi yuzasidan 2-ilovada berilgan mashqlarni bajaradilar, bir-birlarining javoblarini to’ldiradilar;

  3. talabalar « O’zbek tilining faol va nafaol leksikasi. O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi » mavzusi yuzasidan 3-ilovada berilgan namuna asosida o’z mustaqil ishlarini himoya qiladilar, munosarada ishtirok etadilar;

  4. talabalar « O’zbek tilining faol va nafaol leksikasi. O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi “mavzusi yuzasidan 4-ilovada berilgan blits savollariga javob beradilar;

  5. talabalar « O’zbek tilining faol va nafaol leksikasi. O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi” mavzusi yuzasidan 5-ilovada berilgan mustaqil ishni amalga oshiradilar;

talabalar « O’zbek tilining faol va nafaol leksikasi. O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi» mavzusi yuzasidan 6-ilovada berilgan test savollariga javob beradilar

3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)

(5 minut)

8.Mashg’ulotni yakunlash.

Mashg’ulot 7-ilovaga asosan yakunlanadi..



Darsning borishi

Tashkiliy qism: Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi. Mashgulot mazmuni, maqsadi va otkazilish tartibi tushuntiriladi.
Asosiy anglash bosqichi.

1-ilova Talabalarning mavzu yuzasidan egallagan nazariy bilimlarini aniqlash va baholash maqsadida quyidagi savollar asosida savol-javob amalga oshiriladi: ( (Bunda o’qituvchi asosiy e’tiborni talaba nutqining ravonligiga, shevalardan xoli bo’lishishiga, javoblarning ilmiyligi va mantiqan to’g’riligiga hamda har bir ifodalanayotgan fikrning aniq misollar yordamida izohlanishiga qaratiladi)

1. Leksikologiya bo’limining obg’ekti va vazifalarini izohlang.

2. O’zbek tili leksik qatlamining tarkibini tushuntirib bering.

3 Faol leksika haqida ma’lumot bering.

4. Nofaol leksika to’g’risida gapiring.

5 Atamalar va ularning ahamiyatini gapiring.

6. SHeva xususida gapiring.

7. SHevaning adabiy til bilan munosabatini tushuntirib bering.

8. Milliy til va uning tarkibini tushuntirib bering.

9. Varvarizm va vulgarizm tushunchalarini izohlang.

10.Adabiy til va uning shakllari xususida nimalarni bilasiz?

Savol-javob jarayonida mavzu materiallarining izchilligi va uzviyligiga amal qilinadi, talabaning javobini ikkinchi bir talaba tomonidan to’ldirilishi uchun imkoniyat yaratib beriladi. Talabalar faolligini ta’minlash maqsadida har bir talabaning javobi o’z vaqtida belgilangan ballar asosida baholanib boriladi.



2-ilova.Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to’liq va mukammal bo’lishi o’qituvchi va talabalar tomonidan qatg’iy nazoratga olinadi.)

101-mashq. O’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni “umumxalq leksikasi” va “dialektal leksika”ga ajratib yozing. Dialektal so’zlar ma’nosini tushuntiring, ularning adabiy tildagi shaklini ayting va yonma-yon yozing.

1. ...Bozordan uch-to’rt hovli naridagi, biqinida bir tup zardoli o’sgan katta ko’k darvoza bizniki. (E.A’zamov) 2. Savat ko’targan yigit parmanchak terib, o’rmon cheti bilan kelaverdi. (Yo.SH.) 3. Men yugurib borib non sandiqdan nonparni olib keldim. Buvim yasagan patir-kulchalarga nonpar bosa boshladim. (S.Nurov) 4. Umarxo’ja boy ... katta bazm berib, mushakbozlik qildirgan edi. O’shanda SHamsiddinim yo’lga kirmagan buvak edi.(S.Ahm.) 5. Qandolatfurush yarim kilo pechak qand tortib uzatdi. (Yo.SH.) 6. Faner bermasa, vassa qilarsiz. (P.Q.) 7. – Taladan kelganimda shatta turgan edi-ya! – Kampir chiroqsiz xonada gugurt chaqib, qimiz kadini qidirar edi.(P.Q.) 8. Men seni injitmayman, Va lekin tinchitmayman. (M.Boboev)
102- mashq. Gaplarni o’qing, dialektal so’zlarni aniqlang, ular qaysi shevaga xos ekanini va adabiy tildagi shaklini ayting.
1. Ma’lumki, tun bilan kunduz tenglashgan tongda ko’katlar bulturgi ildizlaridan bosh ko’tarib chiqadi, daraxtlar pindig’i bo’rtadi, tabiat uyg’onib, yer ko’pchiydi. 2. Bozordagilar: «Jinoyat amakimdi eshagining ham aytgani aytgan, degani degan», deyishsa, qishloqdagilar: «Jinoyat oqsoqol eshagiga xalacho’pdi ham birovning tolidan sindirib oladi»,— deyishardi. (S. Ahm.) 3. Sen bilan biz baqlarda yuribmiz, xolos. (S. Ahm.) 4. Huv o’qishni bilgan axtig’imdan aylanay, - deb buvisi nabirasining yelkasini qoqib qo’ydi. (J.SH.) 5. O’rikka chiqib, g’o’ra uzib yeyishni, ... allaqachon o’rgangan. (P. T.) 6. Yuraklarim ezilib ketdi, hadeb tushimga kirvotti. (P. T.) 7. To’satdan oranglardan ola pishak o’tdimi? (E.Usmonov) 8. Saidahmadxon Eshonxon ko’k choy suzib uzatgan piyolani oldi. (O.) 9. SHundan keyin tez-tez ko’rishib turish odatga aylandi... Asosiy pakkamiz bog’ning etagi. (U.Nazarov) 10. Sekin, sekin, aya, birov eshitib qoladi. (S. Ahm.) 11. – Ie, anovi, polvonning askardan yangi kelgan ulimi? (E.A’zamov) 12. ...Biror joyda birpas choylashib, keyin poezdga chiqsak, qalay? (E.A’zamov) 13. Ammo Nazarov qoyil qolib: «Ofarin! Bamisoli po’lot toblanishopti!» — dedi. (H. G’.)
103- mashq. o’qing. Toshkent shevasida qo’llangan so’zlarni aniqlang va ularni adabiy shakli bilan birga (kep-kelib) yozing.

,

1. Sultona: «Endi boring, ular hozir kep qolishadi», - dedi. (SH. Siddiqiy.) 2. Bir kun keyin mulla bo’ladi. Zixni o’tkir bola. (S. Ahm.) 3. Popop tikishga shundog’am chevarki! Toshkanning to’rt dahasida hech kim unga teng kela olmaydi. (O.) 4. O’shaqqa ketsak yomon bo’lmaydi. Mani aytdi, dersan. (S. Ahm.) 5. «Ha, inim,—dedi Zebixonning opasi,—uxlagani ketyapsizmi? Vahli-ku?» (S. Ahm.) 6. «Qatta yuribsiz daydib, boydan nima davo topib keldingiz?» — so’radi Buvsara kesatib. (O.) 7. — Tavba, hech kim seni Portugaliya yo Janubiy Afrika Ittifoqi fuqarosi deyayotgani yo’q-ku. — Sal bo’lmasa shunday demoqchiyding. (F. Muhammadiev.) 8. «Umi... u ...anavi yerda, oti minnamaydi»,— deya oldi, xolos. (SH. Siddiqiy.) 9. Oyimla aytdilarki, qolgan ikki oy uchun haqni yaqin kunlarda to’lar emishlar. (SH. Siddiqiy.) 10. Biletiyla manda, yetib borganda qaytaraman, - dedi. (N.A.) 11. — Opoqing qani? — Ana, kevottila! (H. G’.)
105-mashq. Jyulg’ Vernning «Suv ostida 80000 kilometr» romanidan olingan quyidagi parchani o’qing, terminlarni aniqlab, ularning qaysi sohaga oidligini ayting. So’z va terminning farqini izohlang.
Mana bu yoqqa qarang, professor, — deb so’z boshladi kapitan Nemo xona devorlarida osig’liq turgan asboblarga ishora qilib. — Bular «Nautilus»ni boshqarishga xizmat qiladigan apparatlar. Bu yerda ham salondagiday, bular hamisha mening ko’z oldimda bo’ladi va «Nautilus»ning okeanning qaerida turganini va yo’nalishini aniq ko’rsatadi. Mana bu «Nautilus»dagi havo haroratini ko’rsatadigan termometr; bunisi barometr, u havo bosimini aniqlaydi va bu bilan havoning o’zgarishini oldindan aytib turadi, gigrometr atmosferada namlik miqdorini ko’rsatadi; kema yo’nalishini ko’rsatadigan kompas, quyosh balandligiga qarab joyning kengligini aniqlaydigan sekstant; geografik uzunlikni belgilaydigan xronometrlar; nihoyat, kunduzgi va tungi kuzatuv trubalari; «Nautilus» suv sathiga chiqqanda, men bular yordamida ufqni kuzataman.

Bu asboblarning hammasi, — deb javob berdim men,— kemachilikda ishlatib kelinmoqda va bularning hammasi menga ilgaridan tanish. Biroq mana bu yerda menga ma’lum bo’lmagan allaqanday asboblar bor. Mana bu harakat qilib turadigan milli katta tsiferblat manometr emasmi?

Ha, bu manometr. U kema tashqarisidagi suv bosimini o’lchaydi va bular «Nautilus»ning suvga qancha cho’kkanini ko’rsatib turadi.

Mana bular zondlarmi?

Ha, faqat yangi konstruktsiyadagisi. Bular turli suv qatlamlaridagi haroratni o’lchaydigan termometrik zondlar.

106- mashq. Quyidagi so’z va terminlar qaysi sohaga oidligini aniqlang. SHulardan ikki sohaga oid so’z va terminlarni ko’chiring.
Argument, afilliya (bargsizlanish), oqsil, g’uncha, miqdor, kattalik, noto’g’ri kasr, toq son, nomerlash, proekqiya, astronavtika, teleskop minorasi, oy tutilishi, fonema, akustika, meteor nurlanishi, gultoj, novda, vilt, cheksiz yechim, ehtimoliy xato, sig’im, grafik usul, punktuatsiya, semasiologiya, o’zak, kabisa yil, kosmogonik gipoteza, Katta Ayiq, vaqt, absolyut vaqt, negiz, so’z yasovchi affiks, bo’luvchi, yopiq chiziq, tenglik ishorasi, logarifm, urg’u, milliy til, bo’g’in, tovush, leksikografiya, kometa, meteor, oy o’rog’i, assimilyatsiya, moslik, elliptik nuqta, dukkak, yon ildizlar, vegetativ hujayra, Omega tumanligi, bachki, kurtak, gerbariy, yulduzsimon yadro, turkiy tillar, ko’chirma gap, kallak, g’allasimonlar, nektar, moslashuv, harakat nomi, palak, soyadagi barglar, o’sish nuqtasi, to’qima, qalamcha.
3-ilova.Mutaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to’g’riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o’rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.

Namuna: . Mullajiring bo’lmasa, har qanaqa mavsum ham befayzu belutf ko’rinadi. (R. Zahir.) Mullajiring-nofaol qatlamga oid jargan so’z, pul ma’nosida qo’llangan


4-ilova.Blits texnologiyasi. (Talabalar blits savollariga tegishli tartibda o’z javoblarini belgilaydilar)



1

CHetdan kirib kelgan so’zlarga ……deyiladi.







Etti,etdi

2

O’xshash shevalar yig’indisi







Qarluq, qipchoq, o’g’iz

3

Kitob, maktab so’zlari qaysi tildan o’zlashtirilgan?







Lahja(dialekt)

4

Non, suv, pul so’zlari qaysi qatlamga mansub so’zlar hisoblanadi?







Faol qatlamga

5


Eskirgan so’zlar qatorini belgilang.







So’zlarning lug’aviy ma’nolari

6

O’zbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.







Kiyim turi

7

Leksikologiyada nima o’rganiladi?







SHeva

8

Ma’lum bir hududda qo’llaniladigan til shakliga ....deyiladi.







Kanizak, mingboshi

9

Kyaylak so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.







o’zlashgan so’zlar

10

Paronim so’zlar qatorini toping







Arab tilidan

Talabalar savollarga javoblarni belgilaganlaridan so’ng javoblar mavjud ikkinchi shakl namoyish etiladi va talabalar o’z xato va kamchiliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Blits savollari ifodalangan varaqlar talabalarga tarqatilishi yaxshi samara beradi.

Tekshirish uchun namuna



1

CHetdan kirib kelgan so’zlarga ……deyiladi.




10

Etti,etdi

2

O’xshash shevalar yig’indisi




6

Qarluq, qipchoq, o’g’iz

3

Kitob, maktab so’zlari qaysi tildan o’zlashtirilgan?




2

Lahja(dialekt)

4

Non, suv, pul so’zlari qaysi qatlamga mansub so’zlar hisoblanadi?




4

Faol qatlamga

5


Eskirgan so’zlar qatorini belgilang.




7

So’zlarning lug’aviy ma’nolari

6

O’zbek tili lahjalari berilgan qatorni belgilang.




9

Kiyim turi

7

Leksikologiyada nima o’rganiladi?




8

SHeva

8

Ma’lum bir hududda qo’llaniladigan til shakliga ....deyiladi.




5

Kanizak, mingboshi

9

Kyaylak so’zining lug’aviy ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.




1

o’zlashgan so’zlar

10

Paronim so’zlar qatorini toping




3

Arab tilidan


5-ilova. Mustaqil va ijodiy ish. Talabalar o’zlari mansub bo’lgan lahja shevasiga xos bo’lgan so’zlar ishtirokida misollar yozadilar.(Bajarilgan ishning sifati gapning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda talabaning o’z misolini to’g’ri va tushunarli ifodalay olishi bilan belgilanadi.)

Na’muna- Oka! Bizani shundo tashab keto’vrasiz-a...(M Ism.)Qorluq lahjasiga xos.
6-ilova.Test tekshiruvi. Bunda har bir talabaga alohida variant asosidagi test beriladi va uning mustaqil tarzda bajarilishi nazorat qilinadi. (Test kalitlari yig’ishtirib olinib natijalari keyingi mashg’ulotgacha e’lon qilinadi.)

Namuna

1. O‘zbek adabiy tilining boyishida shevalar qanday manba hisoblanadi?

A) ichki manba B) tashqi manba C) shevalar adabiy tilning emas, balki o‘zbek milliy tilining ichki manbasi hisoblanadi

D) shevalar adabiy til uchun manba bo‘la olmaydi

2. Quyidagi sinonimik qatordagi so‘zlarning qaysi biri eskirgan?

A) osmon B) samo C) ko‘k D) gardun

3. Quyidagi birliklardan qaysi biri nutqqa tayyor holda olib kiriladi? 1) so‘z; 2) qo‘shma so‘z; 3) ibora; 4) birikma; 5) tasviriy ifoda; 6) gap.

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,3 D) 1,2,3,5

4. Shevaga xos so‘zlar qaysi qatorda?

A) maktab, suv, tosh B) yaxshi, yomon, sariq C) men, sen, biz D) moma, mayak, o‘jak

5. Kasb-hunar so‘zlari qaysi qatorda?

A) Tiniq ko‘kda oq bulut parchalari ko‘rindi. B) Yosh terak va tollarning barglari shamolda tebranmoqda. C) Shonlar, har xil siniq qoliplar, charm rezgisi, shirach kosa, mahsi ichiga yopishtiriladigan eski lattalar va hokazo do‘konxona yuzini tutgan. D) Deraza tokchalarida tuvaklarda gullar bor.

6. Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlar birikib, bir ko‘chma ma’noni ifodalash uchun xizmat qilsa, u qanday birlik hisoblanadi?

A) qo‘shma so‘z B) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi C) frazeologik birikma D) so‘z birikmasi

7 Eskirgan, kitobiy so‘z aralashgan sinonimik qatorni aniqlang.

A) kimsasiz, bekimsa, yolg‘iz, bekas, so‘qqabosh, g‘arib B) ket, jo‘na, tur, yo‘qol, rav C) iltimos, iltijo, o‘tinch, zor, tavallo

D) indamas, pismiq, ming‘aymas, damduzd

8. O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar qatorni belgilang.

A) rais, xizmat, ayol, asal; B) fizika, mashina, tufli, patnis; C) imorat, g‘alla, ovqat, odam; D) suv, qo‘l, yashil, qara;

9. Kasb-hunar so‘zlarini toping.

A) ajdod, alam, ko‘l, oqim; B) dasht, osmon, bulut, tinchlik; C) nina, qaychi, andoza, angishvona; D) A, B

10. Eskirgan so‘zlarni toping.

A) qozixona, handasa, vasiqa, omoch; B) diydor, kamalak, usta, shodlik; C) o‘lpon, ulus, botmon, baqqol; D) A va C
7.Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti

2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.

3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.

4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.

5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti

6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil .

7- MAVZU

Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari.

Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 90 ta

Mashg'ulot shakli

Ma`ruza mashg`loti

Amaliy masg''uloti rejasi


1.Frazeologiya haqida ma`lumot.

2.Frazeologik birikmalar, ularning turlari.

3. Frazeologik birikmalarda omonimlik, sinonimlik, antonimlik.


O'quv mashg'ulotning maqsadi


Talabalarga Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari. haqida tushuncha berish.

O'qiituvchining vazifasi:

1.Frazeologiya haqida ma`lumot.

haqida tushuncha beradi.

2. Frazeologik birikmalar, ularning turlari bo'yicha umumiy tasavur hosil qildirish


3. Frazeologik birikmalarda omonimlik, sinonimlik, antonimlik haqida tushuncha berish


O'quv faoliyatining natijasi

1.Frazeologiya haqidagi bilimlari o`zlashtiradi.

2. Frazeologik birikmalar, ularning turlari haqida ma`lumotga ega bo`ladi
3. Frazeologik birikmalarda omonimlik, sinonimlik, antonimlik haqida tushunchaga ega bo'ladi.


Ta'lim metodi va texnikasi

Suhbat, Muammoli izlanish,

Ta'lim vositasi

Proyektor, Ma`ruza matni,


Ta'lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash

Ta'lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish

Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari.



Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin