3-ilova.Mutaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to’g’riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o’rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
Namuna: Siz ham uzoq yashaysiz, yuzga kirasiz. (SHuhrat. “SHinelli yillar”) Yuzga kirasiz so’zlarida ma’no ko’chishining metonimiya va metofara usullari mavjud.
4-ilova.Blits texnologiyasi. (Talabalar blits savollariga tegishli tartibda o’z javoblarini belgilaydilar)
№
|
Blits savollari
|
Talaba javobi
|
To’g’ri javob
|
Savollarga javoblar
|
1
|
So’zning gapdan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi qanday ma’no hisoblanadi?
|
|
|
Gazeta, ravish
|
2
|
Faqat bir ma’noli so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
|
|
|
So’z ma’nolari izohiga
|
3
|
Leksikografiyaning obg’ekti to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.
|
|
|
Bir ma’nolilik
|
4
|
O’zbek tilining izohli lug’ati qaysi sohaga bag’ishlangan?
|
|
|
Ma’no kengayishi
|
5
|
Turdosh ot atoqli otga ko’chsa qanday ma’no o’zgarishi sodir bo’ladi?
|
|
|
Metafora
|
6
|
Frazeologik lug’atda nimalar ifodalangan?
|
|
|
M.Qoshg’ariy
|
7
|
Predmet, belgi,harakatning o’xshashligiga asoslangan ma’no ko’chishi turi nima deb yuritiladi?
|
|
|
lug’atshunoslik
|
8
|
“Devoni lug’ati turk”asarining muallifi
|
|
|
Kinoya
|
9
|
Uyda har kuni “dushman” tomondan bir vakil bo’ladi. Gapida ma’no ko’chishining qaysi shakli qo’llangan?
|
|
|
iboralar
|
10
|
Monosemiya hodisasi qanday ma’noni anglatadi?
|
|
|
So’zning asl o’z ma’nosi
|
Talabalar savollarga javoblarni belgilaganlaridan so’ng javoblar mavjud ikkinchi shakl namoyish etiladi va talabalar o’z xato va kamchiliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Blits savollari ifodalangan varaqlar talabalarga tarqatilishi yaxshi samara beradi.
Tekshirish uchun namuna
№
|
Blits savollari
|
Talaba javobi
|
To’g’ri javob
|
Savollarga javoblar
|
1
|
So’zning gapdan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi qanday ma’no hisoblanadi?
|
|
2
|
Gazeta, ravish
|
2
|
Faqat bir ma’noli so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
|
|
4
|
So’z ma’nolari izohiga
|
3
|
Leksikografiyaning obg’ekti to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.
|
|
10
|
Bir ma’nolilik
|
4
|
O’zbek tilining izohli lug’ati qaysi sohaga bag’ishlangan?
|
|
5
|
Ma’no kengayishi
|
5
|
Turdosh ot atoqli otga ko’chsa qanday ma’no o’zgarishi sodir bo’ladi?
|
|
7
|
Metafora
|
6
|
Frazeologik lug’atda nimalar ifodalangan?
|
|
8
|
M.Qoshg’ariy
|
7
|
Predmet, belgi,harakatning o’xshashligiga asoslangan ma’no ko’chishi turi nima deb yuritiladi?
|
|
3
|
lug’atshunoslik
|
8
|
“Devoni lug’ati turk”asarining muallifi
|
|
9
|
Kinoya
|
9
|
Uyda har kuni “dushman” tomondan bir vakil bo’ladi. Gapida ma’no ko’chishining qaysi shakli qo’llangan?
|
|
6
|
iboralar
|
10
|
Monosemiya hodisasi qanday ma’noni anglatadi?
|
|
1
|
So’zning asl o’z ma’nosi
|
5-ilova. Mustaqil ish. Talabalar o’tirgan joylariga qarab 6 qatorga bo’liniadilar va har bir qatorga alohida quyidagi tartibda o’tilayotgan mavzu asosida mustaqil ishi topshiriladi:(Bajarilgan ishning sifati gapning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda talabaning o’z misolini to’g’ri va tushunarli ifodalay olishi bilan belgilanadi.)
1-qator-Ko’p ma’noli so’zlar asosida ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.
2-qator- Bir ma’noli g’o’zlar asosida ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.
3-qator-Metafora asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.
4-qator-Metanimiya asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.
5-qator-Sinekdoxa usuli asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.
6-qator-Kinoya usuli asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.
6-ilova.Test tekshiruvi. Bunda har bir talabaga alohida variant asosidagi test beriladi va uning mustaqil tarzda bajarilishi nazorat qilinadi. (Test kalitlari yig’ishtirib olinib natijalari keyingi mashg’ulotgacha e’lon qilinadi.)
Namuna
1. Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z? Oshni suzdi, suvda suzdi, sigir suzdi.
A) omonim B) paronim C) sinonim D) ko‘p ma’noli so‘z
2. Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?
A) Ko‘p ma’noli so‘z faqat bir ma’nosi bilan boshqa bir so‘zga antonim bo‘lishi mumkin B) bir ma’noli so‘zlargina antonim bo‘lishi mumkin C) har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘z hisoblanmaydi D) ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrimayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin
3. Qurilishda men boshliqman, Bo‘riyev. Mablag‘ ham, odamlar ham, jumladan, siz ham mening ixtiyorimdasiz. Ushbu gapdagi ixtiyor so‘zi o‘rnida quyidagi so‘zlarning qaysi birini sinonim sifatida qo‘llash mumkin?
A) mayl B) izn C) izm D) mayl, izn
4. Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo‘lmaydi?
A) ikki so‘z orasida B) ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida C) ikki qo‘shimcha orasida D) sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin
5. Qaysi qatorda berilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar o‘zaro omo¬nim hisoblanadi?
A) kiyinmoq-ekinlar B) o‘qildi-yozildi C) gulzorlarda-paxtazorga D) uchrashmoq-o‘rganish
6. Qaysi qatordagi juftliklar o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi?
A) adil-odil B) adolatli-odil C) adil-tik D) odil-adl
7. O‘chib borayotir qanchalar kalom,
Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom,
Dunyoda faqat bir sobit suxan bor:
U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom (A.O.) Banddagi sobit so‘zining sinonimi...
A) yoqimli B) ishonchli C) qat’iy D) doimiy
8. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar uchun xos B) omonimlarga xos C) paronimlarga xos D) A va B
9. Qaysi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) yuvindi – yuvundi B) yoriq – yorug‘ C) charlamoq – chorlamoq D) archish – artish
10. Quyidagi hodisalarning qaysilari mustaqil so‘z turkumlarining barchasi uchun xos? 1) ko‘p ma’nolilik;
2) sinonimiya; 3) omonimiya; 4) antonimiya.
A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4
7.Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.
4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.
5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti
6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil
9- MAVZU
|
Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).
|
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 90 ta
|
Mashg'ulot shakli
|
Ma`ruza mashg`loti
|
Amaliy masg''uloti rejasi
|
1. Morfemika haqida ma`lumot.
2.Morfema, uning turlari
3. Negiz (asos).
|
O'quv mashg'ulotning maqsadi
|
Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).
|
O'qiituvchining vazifasi:
1 Morfemika haqida tushuncha beradi.
2. Morfema, uning turlari bo'yicha umumiy tasavur hosil qildirish
3. Negiz (asos) haqida tushuncha beradi.
|
O'quv faoliyatining natijasi
1.Morfemika haqidagi bilimlarni o`zlashtiradi.
2. Morfema, uning turlari haqida ma`lumotga ega bo`ladi
3. Negiz (asos) haqida tushunchaga ega bo`ladi
|
Ta'lim metodi va texnikasi
|
Suhbat, Muammoli izlanish,
|
Ta'lim vositasi
|
Proyektor, Ma`ruza matni,
|
Ta'lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash
|
Ta'lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).
Ma`ruza mashg`ulotning texnologik kartasi
Dars bosqichlari va vaqti
|
O'qituvchi
|
Talaba
|
1-boqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Ma`ruzamashg'ulotningtashkiliyqisminiamalgaoshiradi, mavzu (Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos) .) maqsadi, rejasini e'lon qiladi.
|
1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
.
|
2-bosqich
Asosiy bosqich
(70 daqiqa)
|
1. Mavzu Morfemika(1-ilova)
2. Morfema, uning turlari(2-ilova)
3. Negiz (asos (3-ilova)
|
1. Eshitadi, yozadi,
2.Eshitadi, yozadi, javob beradi,
3.Eshitadi, yozib oladi
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarni e'lon qiladi, uyga vazifa beradi, mashg’ulotga yakun yasaydi.
2. Adabiyotlar ro`yhatini (4-ilova)beradi
|
1.Eshitadi, yozadi,
2. Eshitadi yozib oladi.
|
1-ilova
So’zning tub (lug’aviy) ma’nosini bildirib, ma’noli bo’laklarga bo’linmaydigan qism o’zak deyiladi: gulzor, bog’bon, chizg’ich, paxtakor. Ayrim darsliklarda bunday qism asos deb atalgan va unga quyidagicha ta’rif berilgan: “So’zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo’llana oladigan qismi asos deyiladi (24; 17)”. O’zak so’zdagi ma’noli qismlarning yetakchisi bo’lib, u boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydi. O’zak so’z tarkibida doim qatnashadi.
Bir o’zakdan hosil bo’lgan so’zlar bir xil o’zakli (o’zakdosh) so’zlar deyiladi: bilim, bilimdon, bilag’on, biluvchi. Bunday so’zlar o’zaro sinonim ham bo’lishi mumkin: serhosil – hosildor, beg’ubor – g’uborsiz, tilchi – tilshunos.
2-ilova
O’zakka qo’shilib, turli ma’nolarni ifodalaydigan qism qo’shimcha deyiladi: ishchi, bahola, olmazor, ishla, yozgi.
Qo’shimchalar so’z tarkibida qatnashmasligi ham mumkin, ular ayrim qo’llanmaydi, doim o’zakka qo’shilib keladi.
O’zak va qo’shimchalar so’zning ma’noli qismlari (morfemalar)dir.
Qo’shimchalar vazifasi va so’zga qo’shilib anglatadigan ma’nosiga ko’ra uch turli bo’ladi (Ayrim darsliklarda qo’shimchalar ikki turga bo’linadi: so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar (9; 17. 21; 18.).
1. So’z yasovchiqo’shimchalar o’zakka qo’shilib, yangi ma’noli so’z hosil qiladigan qo’shimchalardir: o’t - o’tloq, arra - arrala, kuch - kuchli, hosil -serhosil. So’z yasovchi qo’shimchalar unumli(-li, -la, -chi, ser-, -dosh, -kor) va unumsiz (-vul, -ag’on, -chil, -in, -a) bo’lishimumkin.
2. So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar (ayrim darsliklarda “aloqa- munosabat shakli qo’shimchalari” deyiladi (19; 18) gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydigan qo’shimchalardir. Bular 3 turli bo’ladi: 1) kelishik qo’shimchalari: kitobni, uyga, daftarning. 2) egalik qo’shimchalari: maktabimiz, ukam, bog’i.
3) shaxs-son qo’shimchalari: yedik, bordim, kelding, yurasan.
3. SHakl yasovchi qo’shimchalar (ayrim darsliklarda «lug’aviy shakl qo’shimchalari” deyiladi (19; 19)o’zakka qo’shilib, ma’noni bir oz o’zgartiradigan, qo’shimcha ma’no orttiradigan, lekin yangi so’z yasamaydigan qo’shimchalardir. Bular so’zlarni bir-biriga bog’lash vazifasini bajarmaydi, balki ko’plik (kitoblar), kichraytirish (uycha), erkalash (qizaloq), chegaralash (uygacha), kamlik (oqarinqiramoq), kuchaytirish (tepkilamoq, chayqa), gumon (kimdir), daraja (kattaroq) kabi ma’nolarni ifodalaydi,
O’zbek tilida qo’shimchalarning o’zakka qo’shilish tartibi, odatda, quyidagicha: Asos + so’z yasovchi qo’shimchalar + lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar + so’z o’zgartuvchi(sintaktik shakl yasovchi) qo’shimchalar: kitob+xon+lar+ning.
3- ilova
Qo’shimchalar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1. Sodda qo’shimchalar boshqa qo’shimchalarga ajralmaydi: aqlli.
2. Murakkab qo’shimchalar kamida ikkita qo’shimchaning qo’shilishidan hosil bo’ladi: dehqonchilik, odamgarchilik, yordamlash, otlan, uydagi, yuzlab, butunlay, ochiqchasiga, tortqila, xomligicha, tepkila, turtkila, yugurgilamoq, ezg’ilamoq, akalarcha.
O’zakka so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilishidan hosil bo’lgan qism negizdeyiladi: paxtakorlarga, gulzorda, bilimlilar.
SHuni aytish kerakki, so’zning morfemik tarkibi deganda uning o’zak va qo’shimchalardan iboratligi nazarda tutilsa, morfologik tarkibi deganda so’zning negizi va shakl yasovchi, so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar nazarda tutiladi.
4-ilova
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.
4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.
5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti
6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil
MAVZU
|
Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).
|
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg'ulot shakli
|
Amaliy mashg`ulot
|
Amaliy masg''uloti rejasi
|
1Tashkiliy qism.
2Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash
3Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.
4Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.
5Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash
6Mavzuni yakunlash.
|
O'quv mashg'ulotning maqsadi
|
Talabalar Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).
mavzusi haqida tushuncha berish.
|
O'qiituvchining vazifasi:
1Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash.
2. Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).yuzasidan mashqlar bajartiradi .
3. Test bajartiradi
|
O'quv faoliyatining natijasi
1. Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos)..
.haqidagi bilimlari yuzasidan javob beradi.
2 Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).haqida mashqlar bajaradi .
3. Test yechadi
|
Ta'lim metodi va texnikasi
|
Suhbat, Muammoli izlanish,mashqlar to`plami
|
Ta'lim vositasi
|
Proyektor, Ma`ruza matni,
|
Ta'lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash
|
Ta'lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Dostları ilə paylaş: |