Shakliy an’anaviy tamoyil ( tarixiy-an’anaviy tamoyil deb ham yuritiladi). Bu tamoyilga ko‘ra boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar hozir ham o‘tmishdagi shakliga muvofiq yoki o‘zi mansub bo‘lgan tildagi shaklini o‘zbek imlosida ham saqlagan holda yoziladi. Bu tamoyil asosida quyidagi kabi imlo qoidalari ishlab chiqilgan:
1. Manfaat, matbaa, mutolaa, taajjub, taassurot kabi arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda bitta cho‘ziq a talaffuz qilinsa ham, arab imlosini saqlagan holda yozuvda ikkita a yoziladi.
2. Mubolag‘a, muzokara, munosabat, muhokama kabi arabcha so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida a og‘zaki nutqda qisqa i tarzida aytilsa ham, an’anaga ko‘ra a yoziladi.
3. Tadbir, tatbiq so‘zlarining birinchi bo‘g‘ini oxiridagi d va t undoshlari bir xil t tovushi tarzida talaffuz qilinsa ham, yozuvda d va t undosh harflari saqlanadi.
4. Dorboz, torozibon kabi so‘zlardagi fors-tojik tilidan o‘zlashgan –boz, -bon qo‘shimchalari og‘zaki nutqda –voz, -von tarzida aytilsa ham, uning an’anaviy shakli yozuvda saqlanadi.
5. An’anaviy tamoyil taqozo, hokazo kabi so‘zlarning tovush tarkibiga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bu so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inidagi o va a unlilari ba’zan a, ba’zan o unlisi kabi talaffuz qilinadi. Tarixan o (taqozo), a (hokazo) yozib kelingani uchun hozir ham yoziladi.
6. Ocherk, tonna kabi so‘zlarining urg‘uli bo‘g‘inida o unlisi o‘zbek tilidagi o‘ unlisi kabi aytilsa ham, rus tilidagi shakliga muvofiq yoziladi.
7. Direktor, traktor, ekspeditor kabi so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi o unlisi og‘zaki nutqda qisqa i unlisi tarzida aytilsa ham, rus tilidagi shakli saqlanadi.
8. Motor, otryad, limonad, konsert, konspekt kabi so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan o unlisi talaffuzda a unlisi kabi aytilsa ham, rus tilidagi kabi o unlisi bilan yoziladi.
9. Zachyot, syujet, rejissyor, sentyabr so‘zlari og‘zaki nutqda zachot, sujet, rejissor, sentabr tarzida talaffuz qilinsa ham, kirill alifbosida rus tilidagi shakli saqlanadi.
10. Rayon, mayor, Nyu-York so‘zlaridagi yo harfiy birikmasi og‘zaki nutqda yo‘ tarzida talaffuz qlinsa ham, yozuvda o‘sha tildagi an’ana saqlanadi.
Bu tamoyil mumtoz adabiyot tiliga ham tatbiq etiladi. Qadimda hozirgi-kelasi zamon qo‘shimchasi –r (-ar) ning –ur shakli ishlatilgan. Bu shakl ba’zan hozirgi she’riyatda ham saqlanadi.
Ba’zan tirnoqlar bezagi uchun
Sahardan shomgacha qilursiz toqat,
Ammo eringizni kutgali nechun
Topilmas tirnoqcha sabr-u qanoat. (A.Oripov)
Mazkur she’rda maqsad ma’nosini ifodalovchi –gani qo‘shimchasi –gali tarzida qo‘llangan.
Eski o‘zbek tilida chiqish kelishigi –din ba’zan hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi –dan o‘rnida qo‘llaniladi: Sendin o‘zgani desam...
So‘roq ma’nosini ifodalash uchun –mi yuklamasi ba’zan –mu tarzida, ya’ni qadimgi shaklda qo‘llanadi. Masalan:
Demak, bu tamoyilga ko‘ra so‘zlar talaffuzidagi hozirgi holatiga qarab emas, balki an’ana tusiga kirib qolgan shaklini saqlagan holda yoziladi.
Differensiatsiya tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra, shakli yoki talaffuzi bir xil bo‘lgan so‘zlar yozuvda turli shartli belgilar vositasida (yoki ba’zan ma’noga ko‘ra) farqlanadi. Masalan:
1. Urg‘u vositasida farqlash:atlás-mato, material. Átlas-geografik atlas, xarita. Akadémik - ot, akademí́́k - sifat (masalan, akademí́́k litsey).
2. Unlining cho‘ziq-qisqaligi orqali farqlash (bunday so‘zlarda unlining cho‘ziqligini tutuq belgisi ta’minlaydi, demak bunday so‘zlarning shakli va ma’nosi tutuq belgisiga ko‘ra farqlanadi): tana – ta’na, surat – sur’at, qala – qal’a kabi.
3. Boshqa-boshqa tovush ifodalovchi harflar vositasida so‘z ma’nosini farqlash: xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol, holat).
Grafik tamoyil. Bu tamoyil asosidagi imlo qoidalari tovush bilan uning yozuvdagi shakli o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashga asoslanadi. Masalan, sirg‘aluvchi j tovushi bilan qorishiq portlovchi j tovushlari yozuvda bitta shakl – harf bilan berilishi (jo‘ja-gijda kabi), sayoz til orqa –ng tovushini ifodalovchi harflar birikmasi ng hamda n va g tovushlarini ifodalovchi n va g harflari yonma-yon kelganda ham n va g talaffuz etilishi grafik tamoyil asosida belgilangan: ko‘ngil – bitta tovush, senga - ikkita tovush.
3-ilova
4. Orfografiya nima? Orfografiyaning asosiy imlo qoidalarini ayting.
5. Imlo qoidalari qanday tamoyillar asosida ishlab chiqiladi?
6. Harf va belgining farqini ayting. O‘zbek alifbosida nechta harf va nechta belgi bor?
7. Alfavit nima? Uning ahamiyatini ayting. O‘zbek yozuvining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
8. Fonetik tamoyil asosida ishlab chiqilgan asosiy imlo qoidalarini va ularni imlo qoidalarining qaysi turiga kirishini ayting.
9. Morfologik tamoyilga asoslanadigan imlo qoidalarini ayting.
10. Shakliy an’anaviy (tarixiy an’anaviy) tamoyilga asoslanadigan imlo qoidalarini ayting.
11. Grafik tamoyil nimani belgilab beradi?
4-ilova
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.
4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.
5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti
6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil
10- MAVZU
|
Orfoepiya. Fonetik yozuv (transkripsiya).
|
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 90 ta
|
Mashg'ulot shakli
|
Ma`ruza mashg`loti
|
Amaliy masg''uloti rejasi
|
1. Orfoepiya (talaffuz) qoidalari
8. Unlilar ofoepiyasi
9. Ayrim undoshlar orfoepiyasi.
10. Talaffuz va ohang
|
O'quv mashg'ulotning maqsadi
|
Talabalar Grafika (yozuv) va grafik vositalar. Tovush, harf, belgi. Alfavit mavzusi haqida tushuncha berish.
|
O'qiituvchining vazifasi:
Orfoepiya (talaffuz) qoidalari
haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash
2. Unlilar ofoepiyasibo'yicha umumiy tasavur hosil qldirish
3. Ayrim undoshlar orfoepiyasi. haqida tushuncha berish
|
O'quv faoliyatining natijasi
1. Orfoepiya (talaffuz) qoidalari
haqidagi bilimlari yuzasidan javob beradi.
2. Unlilar ofoepiyasi haqida bilimga ega bo`ladi.
3.Ayrim undoshlar orfoepiyasi tushunchaga ega bo'ladi.
|
Ta'lim metodi va texnikasi
|
Suhbat, Muammoli izlanish,
|
Ta'lim vositasi
|
Proyektor, Ma`ruza matni,
|
Ta'lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash
|
Ta'lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
MavzuOrfoepiya. Fonetik yozuv (transkripsiya).
Ma`ruza mashg`ulotning texnologik kartasi
Dars bosqichlari va vaqti
|
O'qituvchi
|
Talaba
|
1-boqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Ma`ruzamashg'ulotningtashkiliyqisminiamalgaoshiradi, mavzu (Orfoepiya. Fonetik yozuv (transkripsiya).)
maqsadi, rejasinie'lonqiladi.
|
1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
.
|
2-bosqich
Asosiy bosqich
(70 daqiqa)
|
1. MavzuOrfoepiya. Fonetikyozuv (transkripsiya) haqidatushunchaberiladi. (1-ilova)
2. Unlilarvaayrimundoshlarorfoepiyasitushuntiriladi (2-ilova)
3.Aqliyhujumasosida ma’ruzadao’rganillgannazariybilimlarinisavol – javoborqarlianiqlaydi. (3-ilova)
4.Fonetik tahlil namunasi beriladi(4-ilova)
|
1. Eshitadi, yozadi,
2.Eshitadi, yozadi, javob beradi,
3. Savollarga javob beradi.
Eshitadi yozib oladi
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarni e’lon qiladi, uyga vazifa beradi, mashg’ulotga yakun yasaydi.
2. Adabiyotlar ro`yhatini (5-ilova)beradi
|
1.Eshitadi, yozadi, bilib oladi.
2. Eshitadi yozib oladi.
|
1-ilova
4-§. Orfoepiya (talaffuz) qoidalari
To’g’ri talaffuz qoidalarining yig’indisi orfoepiya (grekcha orphos – to’g’ri, epos – nutq)deb yuritiladi. To’g’ri talaffuz, avvalo, shaxsning madaniy etukligidan dalolat beradi. Og’zaki nutqda har xil talaffuz qilinadigan tovush, qo’shimcha yoki so’zlardan adabiy til uchun qabul qilingan bittasi to’g’ri talaffuz me’yori hisoblanadi.
2-ilova Unlilar ofoepiyasi.
I unlisi bir, siraso’zlarida qisqa, ilm, muhim, doir so’zlarida cho’ziq, q, x, g’ tovushlaridan keyin kelganda ruscha q tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Mix, tig’, xil kabi so’zlardagi i tovushi esa e tovushiga yaqin aytiladi. U unlisikuch, tutun kabi so’zlarda qisqa, uyg’ur, yozuv so’zlarida cho’ziq va torroq talaffuz qilinadi. O’ unlisio’tin, o’roq, to’liq kabi so’zlarda keng, o’rik, ko’lmak kabi so’zlarda esa torroq talaffuz qilinadi. E unlisiFeruz, dehqon, telefon, adres so’zlarida i tovushiga yaqin aytiladi.
Ayrim so’zlar tarkibida unlilar ua, oa, ao, ai, ia, aa ko’rinishida qator kelishi mumkin. Bunda ular yo bir unli tarzida talaffuz qilinishi, yoki orasiga undosh tovush qo’shib talaffuz qilinishi mumkin: muallim – malim, soat – sohat(Farg’.), soat – sog’at (Toshk.).
Ayrim undoshlar orfoepiyasi.
B undoshikitob, maktab so’zlari oxirida kelganda p tarzida, kelaber, sabab, kabob, dorboz so’zlari o’rtasida kelganida v tarzida aytiladi.
V undoshi chetdan kirgan avtobus, avtomat, Ivanov so’zlarida f kabi aytiladi.
G undoshik, q bilan tugagan so’zlarda k va q tarzida aytiladi: ek+gan=ekkan, chiq+gan=chiqqan.
D undoshiobod, ozod kabi so’zlar kelganda t kabi aytiladi, xursand, farzand kabi so’zlarda undoshdan keyin kelganda esa tushib qoladi.
J qorishiq portlovchi undoshiavj, mavj so’zlarida ch kabi aytiladi.
J sirg’aluvchi undoshi chetdan kirgan furajka, telejka kabi so’zlarda sh kabi aytiladi.
Z undoshisakkizta, tuzsiz kabi so’zlarda yonidagi tovush ta’sirida s kabi aytiladi.
N undoshimanba, tanbur, shanba kabi so’zlarda m kabi aytiladi. F undoshifakt, taft kabi so’zlarda p kabi aytiladi.
Q undoshimaqsad, taqsimot, to’qson, oqshom kabi so’zlarda x kabi aytiladi.
Chet tillardan kirgan traktor, direktor kabi so’zlarning urg’usiz bo’g’inidagi unli deyarli talaffuz qilinmaydi, lekin yozuvda saqlanadi.
5-§. Talaffuz va ohang
Talaffuzda ohang muhim o’rin tutadi. Ohang vositasida so’z birikmalari va gap, uning bo’laklari farq qilinadi: Yangiyo’l (ot, atoqli ot) – yangi yo’l (so’z birikmasi). Gap bo’laklari talaffuz qilinganda, ular orasida to’xtam (pauza) qilinadi. Ikkita to’xtam orasidagi nutqiy bo’lak sintagmadeb yuritiladi. To’xtamning ko’chishi gap mazmuniga ta’sir qiladi: 1. Mashinadan / ikki bolali ayol tushdi. 2. Mashinadan ikki / bolali ayol tushdi. 1-gapda ayol bitta, bola ikkita, 2-gapda esa ayol ikkita. Sintagmalar orasiga yozuvda ba’zan vergul qo’yiladi, ba’zan qo’yilmasligi ham mumkin.
3-ilova
1Orfoepiya (talaffuz) qoidalari haqida gapiring
2.Unlilar ofoepiyasihaqida nimarni bilasiz
3.Ayrim undoshlar orfoepiyasi haqida gapiring
4-ilova
Fonetik tahlil namunasi
|
1. So’zda necha tovush va necha harf bor?
2. Unli va undosh tovushlar aniqlanib, ular tavsiflanadi.
3. Tovush o’zgarishlari aniqlanadi
|
4. So’z bo’g’inlarga ajratilib, bo’g’in turlari aniqlanadi5. So’zning urg’usi aniqlanadi.
6.So’z qaysi yozuv qoidasi bo’yicha yozilgan?
|
5-ilova
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.
3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.
4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.
5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti
6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil
1- MAVZU
|
Leksikologiya, uningobyekti, vazifalari. So‘zningleksikvagrammatikma’nolari. Birma’nolivako‘pma’noliso‘zlar. So’zma’nosiningo’zgarishi. Ma’no ko’chishi, kengayishi, torayishi.
|
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 90 ta
|
Mashg'ulot shakli
|
Ma`ruza mashg`loti
|
Amaliy masg''uloti rejasi
|
1. Leksikologiya, uningobyekti, vazifalari
2. So‘zningleksikvagrammatikma’nolari.
3. Birma’nolivako‘pma’noliso‘zlar.
4. So’zma’nosiningo’zgarishi.
5. So’zma’nosiningo’zgarishi.
|
O'quv mashg'ulotning maqsadi
|
Talabalar Leksikologiya, uning obyekti, vazifalari. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. So’z ma’nosining o’zgarishi. Ma’no ko’chishi, kengayishi, torayishi mavzusi haqida tushuncha berish.
|
O'qiituvchining vazifasi:
1.Leksikologiya haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash
2. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari
bo'yicha umumiy tasavur hosil qldirish
3 Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar haqida tushuncha berish
4. So’z ma’nosining o’zgarishi haqida tushuncha berish
5. So’z ma’nosining o’zgarishi. (tarixiy an’anaviy) tamoyil, grafik tamoyili haqida tushuncha berish
|
O'quv faoliyatining natijasi
1. Leksikologiya haqidagi bilimlari yuzasidan javob beradi.
2. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari haqida bilimga ega bo`ladi.
Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar tushunchaga ega bo'ladi.
4. So’z ma’nosining o’zgarishi haqida tushuncha hosil qilish
5. So’z ma’nosining o’zgarishi. (tarixiy an’anaviy) tamoyil, grafik tamoyili haqida bilib oladi
|
Ta'lim metodi va texnikasi
|
Suhbat, Muammoli izlanish,
|
Ta'lim vositasi
|
Proyektor, Ma`ruza matni,
|
Ta'lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash
|
Ta'lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
MavzuLeksikologiya, uning obyekti, vazifalari. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. So’z ma’nosining o’zgarishi. Ma’no ko’chishi, kengayishi, torayishi.
Ma`ruza mashg`ulotning texnologik kartasi
Dars bosqichlari va vaqti
|
O'qituvchi
|
Talaba
|
1-boqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Ma`ruzamashg'ulotningtashkiliyqisminiamalgaoshiradi, mavzu (Leksikologiya, uningobyekti, vazifalari. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. So’z ma’nosining o’zgarishi. Ma’no ko’chishi, kengayishi, torayishi.) maqsadi, rejasini e'lon qiladi.
|
1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
.
|
2-bosqich
Asosiy bosqich
(70 daqiqa)
|
1. Mavzuleksikologiya, uningobyekti, vazifalari, so‘zningleksikvagrammatikma’nolari, birma’nolivako‘pma’noliso‘zlar, so’zma’nosiningo’zgarishi (1-ilova)
2. Ma`noko`chishimisollarbilantushuntiriladi (2-ilova)
3.Aqliyhujumasosida ma’ruzadao’rganillgannazariybilimlarinisavol – javoborqarlianiqlaydi. (3-ilova)
|
1. Eshitadi, yozadi,
2.Eshitadi, yozadi, javob beradi,
3. Savollarga javob beradi.
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarni e'lon qiladi, uyga vazifa beradi, mashg’ulotga yakun yasaydi.
2. Adabiyotlar ro`yhatini (4-ilova)beradi
|
1.Eshitadi, yozadi, bilib oladi.
2. Eshitadi yozib oladi.
|
1-ilova
Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot
Leksikologiya7 o‘zbek tili kursining lug‘at tarkibi (leksikasi)ni o‘rganadigan bo‘limidir.
Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig‘indisi leksika deyiladi. Bu so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil etadi.
Leksikologiya tilning lug‘at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi tomondan tekshiradi. Tilning lug‘at tarkibini ichki tomondan o‘rganadigan sohasi semasiologiya8 deb yuritiladi. Unda so‘z va iboralarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati o‘rganiladi. Har qanday so‘z tilda paydo bo‘lishi bilan o‘zining shakli va ma’nosiga ega bo‘ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni ifodalaydi. So‘zdagi ma’no turli ta’sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. Demak, semasiologiya so‘z hamda turg‘un iboralarning ma’no xususiyatlarini tekshiradi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya9 deb yuritiladi. U tilning lug‘at tarkibidagi so‘z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so‘zlarning va boshqa tillardan kirgan so‘zlarning ma’noli qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so‘zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya10 deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so‘zlarni yozma ravishda to‘plashdir. Leksikografiya so‘z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo‘yicha to‘plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug‘at kitoblari shaklida nashr etadi.
Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. Fonetika nutq tovushlarini o‘rganadi. Leksika shu tovushlar asosida shakllanadigan so‘zni, grammatika o‘z qonun-qoidalari asosida so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi va tilni fikr ifodalash uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo‘lmasa, so‘z bo‘lmaydi, so‘z bo‘lmasa grammatikaning ham bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumki, so‘zlovchi tilning lug‘at tarkibidan maqsadiga muvofiq tarzda foydalanadi. Bu leksikologiyaning uslubiyat bilan o‘zaro bog‘liq ekanini bildiradi.
Lug‘at tarkibi shu tilda so‘zlashuvchi xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi bilan bog‘liq. Shuning uchun leksikologiya tarix, arxeologiya, adabiyot, falsafa kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir.
Dostları ilə paylaş: |