Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə10/45
tarix11.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#131601
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Optika labaratoriya

ASBOBNING TAVSIFI

Eng sodda mikroskop ikkita asosiy qism: mexanik va optik qismdan tashkil topgan, mikroskopning mexanik qismi: shtativ, mikrometrik vintli mexanizm, tubus va ob’ektni yoritish uchun zarur bo’ladigan ko’zguni mahkamlash­ga mo’ljallangan E yoritish moslamasidan iborat (yo’­riqnoma bilan tanishing). Shtativ esa o’z navbatida katta A asos, B kolonka va kuzatiladigan jism qo’yiladigan S stolchadan tashkil topgan. E yoritish moslamasi, predmet stolchasi tagiga o’rnatiladi. Tubuz o’zining hamma qismlari bilan kolonkaga biriktirilgan bo’lib, T kremalera vin­tini burash bilan siljitiladi. Ob’ektni aniq fokuslash uchun tubus 2-mikrometrik vint vositasida juda sekin siljitilishi mumkin. Tubusning pastki teshigiga ob’ek­tivni yoki maxsus tutkich - revolverni burab o’rnatish uchun maxsus joy qilingan. Mikroskopning optik qismi, yoritish apparatidan iborat bo’lib, u S ko’zgu va K kondensor, 0 va 01 almashtiruvchi ob’ekt ham L okulyardan tashkil topgan. Ishda foydalaniladigan ob’ektiv - mikrometr va uning ishlash prinsipi bilan asosiy adabiyotlarda batafsil ta­nishishingiz mumkin (9-laboratoriya ishining tavsifiga qarang).





  1. mashq. Mikroskopning kattalashtirishini aniqlash



Kerakli asbob va materiallar: mikroskop, millimetrli shkala, difraksion panjara yoki ob’ektiv - mikrometr.
ISHNING BAJARILISH TARTIBI

1. Mikroskop stolchasining ustiga 0,01 mm oraliqda bo’limlarga bo’lingan shisha plastinka - difraksion pan­jara yoki ob’ekt - mikrometrni qo’ying va maxsus metall plastinkalar vositasida mahkamlang.


2. Mikroskopning chap tomoniga mikroskop okulyaridan 25 sm uzoqlikka, ya’ni normal ko’z aniq ko’ra oladigan masofada stol tekisligiga bo’limlari 1 mm dan bo’lgan shka­lali chizg’ich o’rnating.
3. Mikroskopni shisha plastinkaga fokuslang, so’ngra bir ko’z bilan mikroskop orqali plastinkadagi shkalaga, ikkinchi ko’z bilan esa chizg’ichdagi shkalaga bevosita qarang va uning bir bo’limiga mikroskopda ko’ringan shkalaning nechta bo’limi joylashishi mumkin ekanligini aniqlang.
4. Tasvir kattaligiga joylashgan N ta bo’lim sonini bilgan holda mikroskopning kattalashtirishini k=n/N ifodadan toping. Tajribani turli ob’ektiv va okulyar bi­lan 7-10 marta takrorlang va har bir o’lchash uchun kattalash­tirishning o’rtacha qiymatini toping.
5. Olingan natijalarni jadvalga yozib boring.
6. Kattalashtirishni aniqlashdagi absolyut va nisbiy xatoliklarni baholang, natijalarni 7-jadvalga yozing.
7-jadval



n

N

K


Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin