O1D=DO2=d/Cos (9-4)
ifodani olamiz. Bu ifodada d-plastinkaning qalinligi, - sinish burchagi. Ikkinchi nur uchun esa:
(9-5)
bo’lib, (9-4) va (9-5) ni (9-2) ga qo’ysak, quyidagi ifoda kelib chiqadi:
(9-6)
Sinish qonuni bo’lganidan Sini=n·Sin ni hosil qilamiz. U holda optik yo’l farqi:
(9-7)
ga teng bo’ladi, yoki umumiy holda optik yo’l farqi uchun
(9-8)
ni ifodani hosil qilamiz. Bu ifodani ma’lum trigonometrik ayniyatdan foydalanib, quyidagi shaklga keltirish mumkin.
(9-9)
Ma’lumki, qaytuvchi yorug’likda maksimum va minimumlik shartlari:
(9-10)
va
(9-11)
edi. U holda bu shartlarni hisobga olib, (9-9) ni quyidagicha yozish mumkin.
1. Maksimumlik sharti:
(9-12)
2. Minimumlik sharti:
(9-13)
Plastinkadan o’tuvchi nurlardan esa bu ikki shart teskari holda o’rinli bo’ladi. Lekin qatlam yassi parallel bo’lmasdan ponasimon shaklda ham bo’lishi mumkin. Bunday holda yorug’likni qaytaruvchi va susaytiruvchi sohalar almashinib keladi va teng qalinlik interferension chiziqlari hosil bo’ladi. Nyuton halqalari teng qalinlik interferension yo’llaridan iboratdir.
Egrilik radiusi R bo’lgan linzaning sferik sirti bilan plastinka o’rtasidagi havo qatlamining qalinligi, plastinka bilan linzaning bir-biriga tegib turgan nuqtasidan boshlab xamma yo’nalishda sekinlik bilan ortib boradi va havo qatlamining qalinligi bir xil bo’lgan joylari konsentrik doiralarda joylashgan bo’ladi. Shuning uchun yorug’likning (9-5) va (9-6) shartlarga qarab hosil bo’ladigan maksimum va minimumlari birin-ketin joylashgan yorug’lik va qorong’i halqalardan iboratdir. Qaytgan yorug’likdan bu halqalarning markazida qora dog’ hosil bo’ladi.
Havoning sindirish ko’rsatkichi n=1 bo’lganligidan va linza sirtiga deyarli tik holda tushuvchi nurlar uchun i=0 ekanligidan (9-12) va (9-13) shartlar quyidagiga teng bo’ladi.
Maksimumlar-yorug’ xalqalar:
(9-14)
Minimumlar-qorong’u xalqalar:
(9-15)
Bu shartlardan ko’rinadiki, qaytgan yorug’likda havo qatlamining ikkilantirilgan qalinligi juft sondagi yarim to’lqin uzunligiga teng bo’lganida qora xalqalap kuzatiladi.
Nyuton halqalari radiuslari bilan havo qatlami qalinligi va linza sirtining egrilik radiusi orasidagi bog’lanishni aniqlaylik. 21-rasmda AB=2R linza to’ldirgan sferaning diametridir, CD=r esa, D nuqtada hosil bo’ladigan Nyuton halqasining radiusi bo’lib, bundan DE=d-havo qatlamining qalinligidir. ABD to’g’ri burchakli uchburchakdan r to’g’ri burchak uchidan gipotenuzaga tushirilgan perpendikulyardir. Bu uchburchaklarga geometriyani tatbiq etib:
(9-16)
va
(9-17)
ifodalarni olamiz. Bu ifodada d<<2R bo’lganligi uchun d2 ni hisobga olmasa ham bo’ladi. U holda,
(9-18)
va bundan
(9-19)
ifodani olamiz. Tartib nomeri k va n bo’lgan halqalar uchun bu (9-19) ifodani yozib olaylik, ya’ni:
(9-20)
yoki
(9-21)
ri (i=1,2,...) halkalar radiusi.
Shu nomyerdagi halqalarga mos keluvchi havo qatlamlari qalinliklari ayirmasi dnk esa
(9-22)
bo’ladi. Qo’shni qorong’i k va n halqalar uchun (9-14) va (9-15) lardan foydalanib ham shu ayirmani topishimiz mumkin.
va
Bulardan esa:
(9-23)
(9-22) va (9-23) ifodalar o’ng tomonlarini tenglab, to’lqin uzunligi uchun quyidagi ifodani topamiz.
yoki (9-24)
Bu ohirgi formuladan foydalanib, linzaning egrilik radiusi R ni bilgan holda k va n halqalar radiuslarini o’lchab, yorug’likning to’lqin uzunligi aniqlanadi. Buning uchun 23-rasmda tasvirlangan qurilmadan foydalanish mumkin. Qurilmada P plastinka ustiga L yassi qabariq linza sferik sirti bilan qo’yiladi va ularning tegib turuvchi nuqtasi mikroskop optik o’ki bilan to’g’ri chiziqda yotadigan qilib mahkamlanadi.
Qaytgan yorug’lik bilan Nyuton halqalari hosil qilinganda mikroskop tubusi optik o’qiga nisbatan 450 li burchak ostida o’rnatilgan OPAK illyuminator deb ataluvchi OP yarim shaffof plastinkadan foydalaniladi.
23-rasm
M-yorug’lik manbaidan chiquvchi nur OPAK illyuminatordan qisman qaytib, linza sirtiga tushadi va u yerda Nyuton halqalarini hosil qiladi. Okulyar-mikrometr yordamida bu manzarani kuzatish bilan birga Nyuton xalqalarining radiuslari o’lchanadi. O’tuvchi yorug’likda Nyuton halqalarini 24-rasmda tasvirlangan sxema asosida hosil qilish mumkin:
24-rasm
Bu yerda, M-yorug’lik manbai, K- kondensor, F-yorug’lik filtri. NH- Nyuton halqalari hosil qiluvchi qurilma. L-linza, E-ekran.
Laboratoriya ishini bajarish uchun okulyar- mikrometrning ishlash prinsipi bilan tanishing va uning bo’limlari haqiqiy qiymatini aniqlab oling. Okulyar-mikrometrlar odatda optik ko’rish trubalarining mikroskop va boshqa turli optik o’lchov asboblarining o’rniga o’rnatiladi. Okulyar-mikrometr buyum tasvirining kattaligini o’lchash imkonini beradi. Okulyar-mikrometrning fokal tekisligida 8 ta 1 mm li shkala joylashgan. Bu tekislikda mikrometr barabaniga bog’langan K krest va P bishtrix belgili siljuvchi plastinka ham joylashgan. Baraban aylantirilsa, K krest va P bishtrixli belgi 8 ta qo’zg’almas shkalaga nisbatan siljiydi. Baraban vintining qadami 1 mm bo’lib, baraban to’la bir marta aylanganda P va K krest shkalada bir bo’limga siljiydi. Barabandagi shkala esa mm ning yuzdan bir (0,01) bo’laklarini o’lchash imkonini beradi.
25-rasm
25-rasmda P disk 5- va 6-bo’limlar orasida turibdi. Demak, 5 ga baraban shkalasining ko’rsatishini qo’shib qo’yish kerak. M:5+0,85=5,85 mm. Lekin okulyar-mikrometrdan foydalanish uchun uning bo’limlari haqiqiy kattaligini bilib olish kerak. Buning uchun ob’ektiv-mikrometr deb ataluvchi 0,01 oralikda aniq bo’laklarga bo’lingan maxsus shkalali plastinkadan foydalaniladi. Ob’ektiv-mikrometr mikroskopning buyum stoliga o’rnatiladi va u orqali qarab, ob’ektiv va okulyar-mikrometrlar shkalalari parallel qilib, ustma- ust qilib tushirib olinadi. Shkalalarning paralaktiv siljishi ro’y bermasligi uchun ko’zni chap va o’ng tomonga asta-sekin tebratib ko’riladi. Agar shkalalar bir-biriga nisbatan siljimasa, o’lchashni bajarish mumkin. Faraz qilaylik, okulyar-mikrometrni Z bo’limiga ob’ektiv-mikrometrning har biri 0,01 mm dan bo’lgan n ta bo’limi to’g’ri kelsin. U holda okulyar-mikrometr bitta bo’limining haqiqiy kattaligi A quyidagiga teng bo’ladi:
Ob’ektiv-mikrometr bo’lmagan hollarda okulyar mikrometr bo’limining haqiqiy qiymatini davri 0,01 mm bo’lgan difraksion panjara yordamida aniqlash mumkin. Lekin bu usulda A aniqlanganda nisbiy hatolik biroz kattaroq bo’ladi. Demak, Nyuton halqalarini ikki xil usulda, qaytuvchi va o’tuvchi yorug’likda kuzatish mumkin. Bu laboratoriya ishida har ikki usuldan foydalanamiz.
2r>
Dostları ilə paylaş: |