1-mashq. Qaytayotgan yorug’likda hosil bo’luvchi Nyuton halqalari yordamida linzaning egrilik radiusi va yorug’likning to’lqin uzunligini aniqlash
Kerakli asbob va materiallar: okulyar-mikrometr, ob’ektiv-mikrometr, parallel shaffof plastinka, OPAK illyuminatori, yoritgich, bir tomoni qabariq yassi linza.
ISHNING BAJARILISH TARTIBI
1. 24-rasmda tasvirlangan optik sxemani yig’ing va D darcha qarshisiga yorug’lik manbaini o’rnating.
2. Maxsus filtr yordamida biror spektr chizig’ini hosil qiling.
3. Nyuton halqalarini hosil qiluvchi maxsus qurilmani mikroskop stolchasiga o’rnating. Agar Nyuton halqalari bo’lmasa yoki markazda yorug’ dog’ bo’lsa, asbobning linzasini va yassi plastinkani yaxshilab changdan tozalang.
4. Hosil bo’lgan halqalarni ko’rish maydonida markazdan boshlab o’ng va chapga sanab chiqing, aniq ko’rinuvchi halqalarning juftlarini tanlang, halqalar markazining ko’rish maydoni markazida yotishiga erishing.
5. Okulyar-mikrometr krestini, avvalo, chapdan biror qorong’i halqa ustiga to’g’rilang va natijani yozib oling. Shu usulda markaz tomon siljitib borib, 19-18 va hokazo oltita halqaning vaziyatlarini yozib oling.
6. Markaziy dog’lar o’ng tomonida ham shu usulda o’lchashlar bajaring va halqalarning radiuslarini aniqlang.
7. Filtrdan o’tgan yorug’lik to’lqin uzunligi ni bilgan holda (9-24) formuladan R ni hisoblang. Halqalar juftini Z20-Z10, Z18-Z9 va hokazo kabi olish maqsadga muvofikdir. Bunda aniqlik ancha yuqori bo’ladi.
8. Linza egrilik radiusining o’rtacha qiymati R ni toping. Natijalarni 14-jadvalga yozib oling.
14-jadval
№
|
m
|
N
|
rm, mm
|
rn, mm
|
λ, 108 sm
|
R, sm
|
9. Yorug’lik filtrini boshqasi bilan almashtiring va 5-6 punktlardagi o’lchashlarni bajaring.
10. Olingan natijalar asosida r ni bilgan holda yorug’likning to’lqin uzunligini (9-24) formula yordamida toping.
11. Olingan natijalarni 15-jadvalga yozing.
15-jadval
№
|
m
|
N
|
rm, mm
|
rn, mm
|
R, sm
|
λ, 108 sm
|
12. Hatoliklarni hisoblang va o’z-o’zini sinash savollariga javob bering.
Dostları ilə paylaş: |