O‘quv jarayonlarini tashkil etish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida



Yüklə 121,12 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix04.12.2023
ölçüsü121,12 Kb.
#138189
2 buyruq MMTV



0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Ta’lim tashkilotlarida 2022-2023-o‘quv yilining uchinchi choragida
o‘quv jarayonlarini tashkil etish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni
belgilash to‘g‘risida
Respublika bo‘yicha joriy yilning 10-yanvaridan boshlab havo haroratining 
keskin pasayishi davrida ta’lim tashkilotlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
issiqlik va elektr ta’minotidagi uzilishlami hamda ta’lim tashkilotlari 
tarbiyalanuvchi va o‘quvchilari o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin 
ko‘payishini oldini olish, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2023-yil 5-yanvardagi 1-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar 
ijrosini ta’minlash maqsadida 
buyuraman:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-yanvardagi 
havo haroratini keskin sovishi natijasida ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchi
o‘quvchi va talabalari ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi 
1-sonli (5.01.2023-y. 1-07/1-2045-son) yig‘ilish bayonida (keyingi o‘rinlarda 
- Bayon) belgilangan topshiriqlar ijro uchun qabul qilinsin.
2. Bayon bilan:
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
“Ta’lim 
to‘g‘risida”gi 
Qonunining 
27-moddasida belgilangan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim 
sohasidagi vakolatlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan maktabgacha, 
umumta’lim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlarida qishki 
ta’tilni uzaytirish;
hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, zaruriyatga ko‘ra, 
kichik yoshdagi bolalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida 
mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘1 qo‘ymaslik 
uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilish 
vakolati berilganligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar 
va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan nodavlat umumta’lim tashkilotlariga 
qishki ta’tilni uzaytirish hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 
navbatdan tashqari ta’til e’lon qilish tavsiya etilganligi;
beriladigan qo‘shimcha ta’til kunlari davomida ta’lim tashkilotlarida faoliyat 
yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar va boshqa xodimlar, 
jumladan, mehnatiga soatbay haq toTanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi 
toTovlari saqlangan holda toTab borilishi inobatga olinsin.


3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 
140-son qaroriga muvofiq, qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun
etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim 
vazirlari, Toshkent shahar xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim bosh boshqarmalari, 
viloyatlar xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshliqlari hamda 
Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligining hududiy bo‘linmalari (keyingi 
o‘rinlarda - hududiy boshqarmalar) rahbarlariga:
hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 
qarori bilan umumta’lim maktablarida qishki ta’tilni uzaytirish, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til berish;
umumta’lim maktablarida qishki ta’til uzaytirilishi munosabati bilan 
rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda 
tig‘izlashtirib o‘qitilishini ta’minlagan holda toTiq amalga oshirish;
beriladigan qo‘shimcha ta’til kunlari davomida ta’lim tashkilotlarida faoliyat 
yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar va boshqa xodimlar, 
jumladan, mehnatiga soatbay haq toTanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi 
toTovlari 
(shtatlar jadvali va tarifikatsiya ro ‘yxatida belgilangan barcha to ‘lovlar,
jumladan, q o ‘shimcha to ‘lov va ustama haqlar)
saqlangan holda toTab borilishini 
ta’minlash;
oziq-ovqat ta’minoti mavjud ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda 
qo‘shimcha va navbatdan tashqari ta’til belgilanganligi munosabati bilan oziq-ovqat 
yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan mahsulotlar yetkazib berishni ushbu 
tashkilotlarda ta’lim jarayonlari qayta yoTga qo‘yilgandan boshlab ta’minlab borish 
vazifalari yuklatilsin.
5. A.Avloniy nomidagi pedagoglami kasbiy rivojlantirish va yangi 
metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Maktabgacha ta’lim muassasalari 
rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, 
Pedagoglami yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari rahbarlari ob-havo 
sharoitlarini inobatga olgan holda, zaruriyatga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan qishki 
ta’til uzaytirilgan hududlarda tinglovchilaming sogTigini himoyalash maqsadida 
maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi malaka oshirish kurslarini ta’til davri 
tugaganidan so‘ng tashkil etsin.
6. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish 
boshqarmasi (A.Kamalov), Maktabdan tashqari ta’lim, sport va turizmni tashkil 
etish boshqarmasi (S.Qirg‘izboyev), Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli 
o‘quvchilar bilan ishlash departamenti (U.Raxmonov) hududiy boshqarmalar bilan 
birgalikda qishki ta’til kunlari:
mamlakat ertangi kuni, uning egasi bo‘lmish yosh avlod ma’naviy olami, 
rostgo‘ylik, mulohazakorlik, adolatpeshalik, mantiqiy fikrlay olish fazilatlarini 
rivojlantirish uchun kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish;


o‘quvchilar o‘rtasida “mening mahallam” video chellenjlarini tashkil etish;
fanlarga oid turli onlayn, intellektual viktorinalar o‘tkazish;
0 ‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining hududiy telekanallari bilan 
hamkorlikda “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida onlayn ko‘rik tanlovlami 
tashkil etish hamda mamlakatimiz mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblar 
to‘g‘risida eshittirish, suhbat va ko‘rsatuvlami tashkil etish choralarini ko‘rsin.
7. Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boiimi 
(L.Rustamova) ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til uzaytirilganligini ommaviy 
axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali 
yoritib borsin.
8. Devonxona (D.Isxakova) ushbu buyruqni bir kun muddatda vazirlikning 
markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy boshqarmalarga 
yetkazilishini ta’minlasin.
9. 
Mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 6-yanvardagi “Ta’lim 
tashkilotlarida qishki ta’tilni uzaytirish to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Vazir
X.Umarova
Toshkent sh., 
2023-yil “^ 0 ” 
-^ c u i
-son

Yüklə 121,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin