«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga
keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash
bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham
zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy ob’ektlarning katta qismini hamda moddiy va ma’naviy
ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Agar
«Iqtisodiyot» fanining normativ jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini
ta’minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning
rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi.
SHu bilan birga «Iqtisodiyot» fani barcha hayotiy muhim savollarga tayyor javob
bermaydi, chunki iqtisodiyot ishlab chiqarish, boshqaruv, tartibga solish, bashorat qilish
sohasi sifatida oddiy fan tushunchasidan ko‘ra, murakkabroq kategoriyani anglatadi. U
faqatgina ilmiy vosita bo‘lib, iqtisodiy voqelikni anglash usuli xizmatini o‘taydi. Iqtisodiyot
iqtisodiy fanning o‘ziga xos sinov maydoni, asossidir. Iqtisodiyotning rivojlanish
tendensiyalari va qonunlarini ilmiy jihatdan o‘rganish, «Iqtisodiyot» fani va uning alohida
tarmoqlarining muhim vazifasi hisoblanadi.
Bozor munosabatlariga asoslanilgan hozirgi davrda iqtisodiyotni ko‘tarish uchun bu
va boshqa imkoniyatlar avvallardagiidek faqatgina davlatning qo‘lida mujassamlangan
emas, balki iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘inini tashkil qiluvchi xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar - korxona, firma, kombinat va boshqa ishlab chiqarish strukturasi
vakillariga ham katta imkoniyatlar berilgan.
1.2. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimida tutgan o‘rni hamda boshqa o‘quv fanlari bilan bog‘liqligi.
«Korxonalarning rivojlanish strategiyasi” xuddi boshqa fanlar kabi birinchi
o‘rinda o‘rganish funksiyasini bajaradi. Uning mahsulot ishlab chiqarish moddiy-texnika
resurslarini sarf qilishni talab qilishi bilan, xodimlar mehnati ularga haq to‘lash va
rag‘batlantirishning boshqa shakllari bilan, daromad hajmi esa xarajatlar miqdori va bahoni
shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shma korxonalarda sodir etiluvchi hodisa va
jarayonlarni o‘rganishi va izohlashi mo‘ljallangan. Bunda gap qandaydir omillarni oddiy
tarzda konstatatsiya qilish haqidagina emas, balki korxonalar iqtisodiy hayotining
mohiyatini anglash, ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash yo‘llarini tanlash, baholash va
tahlil qilish, eng muhim iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish va modellashtirish haqida
ham boradi.
Mazkur fanning tadqiqotlari ob’ekti bu kichik, o‘rta va yirik korxonalar bo‘lib, ular
turli mulk shakliga ega bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar
to‘g‘risida” gi qonuni asosida tashkil qilinadi. Hozirgi kunda iqtisodiy faoliyatning, moddiy
ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi hamda mamlakat iqtisodiy
salohiyatini mustahkamlashning asosiy og‘irligi aynan korxonalar “elkasi” ga
yuklatilmoqda.
Korxona iqtisodiyotning bir bo‘g‘ini bo‘lib, unda eng malakali kadrlar
mujassamlangan hamda samarali boshqaruv - menedjment qo‘llanib, resurslardan oqilona
foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalari hal qilinadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda