O’quv-uslubiy majmua та’lim sohasi: 230000 Iqtisod Mutaxassislik


  2-mavzu Korxonalarning strategik rivojlanishida tadbirkorlik



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə48/137
tarix08.11.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#131404
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137
Toshkent moliya instituti korxonalarni rivojlantirish strategiya-hozir.org

47 
2-mavzu Korxonalarning strategik rivojlanishida tadbirkorlik 
tuzilmalarining 
iqtisodiy barqarorligi
2.1.2015-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari.
2.2.Korxonaning iqtisodiy barqarorligi. Iqtisodiy barqarorlik va samaradorlik.
2.3.Korxona rivojlanishida tadbirkorlik faoliyati va tashabbuskorligining iqtisodiy
ahamiyati.
2.4.Korxonada tadbirkorlik muhitini shakllantirish asosida uni rivojlantirish yo‘llari.

2.1. 2015-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlari. 

Iqtisodiyotni barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda sanoatning o‘rni va ahamiyati.


Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, etakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari
(vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi;
mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari
ishlab chiqariladi; er osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va
hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar.
Sanoat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat
qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash,
sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida sanoatning tarixiy roli
beqiyosdir. SHu sababli uning rivoji va samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning
mavqei shunchalik kuchli bo‘ladi va aholi turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi.
Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli beqiyosdir.
Ma’lumki, istiqlol yillarida iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimiz
iqtisodiyotida barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga erishilmoqda. Bunda sanoat sohasini
rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar, yirik loyiha hamda dasturlarning amaliyotga tatbiq
etilayotgani muhim ahamiyat kasb etayotir. Davlatimiz rahbarining joriy yil 15 yanvarda
Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida so‘zlagan ma’ruzasida iqtisodiyotni tarkibiy
o‘zgartirish, avvalambor sanoatda tub tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish hisobidan
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash eng ustuvor vazifa sifatida
ta’kidlangan edi. SHu ma’noda 2016 yil va keyingi yillarda mamlakatimizni istiqbolli
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida iqtisodiyotni, shu
jumladan, sanoatni tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirish, o‘z navbatida,
mamlakatimizning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirishga olib keladi.
Bozor o‘zgarishlari jarayonlarining tahlili, islohotlar olib borilgan yillar mobaynida
sanoatda sezilarli tarkibiy o‘zgarishlar yuz berganligidan dalolat beradi. Bu o‘zgarishlar
avvalo, davlat mustaqilligi va dahlsizligini ta’minlashga, iqtisodiy, shu bilan bir qatorda
energetika va oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashga, boy tabiiy iqtisodiy salohiyatdan
oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan edi.
Mustaqillik yillarida sanoat tarmog‘ining rivojlanishi natijalarining tahlili ko‘plab
ishlab chiqarish korxonalari bozor sharoitiga moslashganligini va davlat ko‘magi yordamida
yuqori samarali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda sanoat rivojlanayotgan tarmoq hisoblanib, unda yuzdan ortiq sanoat
mahsulotlariishlab chiqarilmoqda. Bunday ulkan ishlab chiqarish salohiyati mustaqillik





48 
yillarida tubdano‘zgardi va ma’lum turdagi mahsulotlar bo‘yicha har qanday xorijda ishlab
chiqarilgan mahsulotlarbilan bemalol raqobatlasha oladi. Ham ichki, ham tashqi bozorga
asosiy sanoat mahsulotlariniishlab chiqarishda sanoat tarmoqlarida yuz bergan tarkibiy
o‘zgarishlar hisobiga erishildi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan
Vazirlar
Mahkamasi
majlisidagi
ma’ruzasida
“Mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish borasida boshlangan tizimli
islohotlarni, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat va qishloq xo‘jaligida tub tarkibiy
o‘zgarishlarni so‘zsiz davom ettirish, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal
rivojlantirish va bu soha vakillari manfaatlarini himoya qilish, makroiqtisodiy
mutanosiblikni ta’minlash 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishiga aylanishi zarur.”
2
deb ta’kidlab o‘tdilar.
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy
va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoq strukturasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi umumiy
hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari bilan
o‘lchanadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin