Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 255
w www.oriens.uz December 2021 kimda Yaso, bilig va qonunlar haqida to‘liq bilmoqchi bo‘lsa, Chig‘atoyga ergashsin, kim molu-davlatni sevsa O‘qtoyga ergashsin va kimda raiyat bilan bo‘lishni, ilmni, qurol bilan ishlash san’atini o‘rganishni istasa Tuluga ergashsin ”
27
.
Chig‘atoyning qarorgohi Ili daryosi vodiysida edi
28
. Rashididdinning
ma’lumotiga ko‘ra, Chingizxon vafotidan so‘ng Chig‘atoyga 4000 ta askar tekkan.
Ularning boshliqlari o‘z navbatida
barlos (Qorajar No‘yon), jaloyir (Muka No‘yon), qavchin va
orlot qabilalaridan bo‘lgan
29
. Ibn Arabshohning yozishicha
qavchinlar Amudaryo shimoli, Buxoroning sharqiy tomonlarida,
barloslar Qashqadaryo
vohasida,
orlotlar Afg‘oniston shimolida joylashganlar
30
. Keyinchalik Mahmud
Yalavoch ham o‘z siyosati borasida shu qabilalarga suyanib ish ko‘rgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Maqolada arab, fors va boshqa turdagi manbalarga asoslanib tadqiqot olib
boriladi. Jumladan, arab manbalaridan Jamol al-Qarshiyning “Al-Mulhaqot bi-s-
Suroh”, al-Umariyning “Masalik al-absar fiy mamalik al-amsar”, Maqriziyning
“Kitob-al-mavaiz va-l-i’tibar fi zikr al-xitat va al-asar”, Ibn Battutaning
“Sayoxatnoma” asarlari hamda fors manbalaridan Rashid ad-Dinning “Jome’ at-
tavorix” solnomasi va “Shuab-i panjgona” va “Nasabnoma-i muluk” asarlari, Yaqub
al-Haraviyning “Tarixnoma-i Hirot”, Abdulloh Vassofning “Tarixi Vassof”, Abu al-
Qosim al-Qashoniyning “Tarixi O‘ljaytu”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Hafizi
Abruning “Majmu at-tavorix”, Mirzo Ulug‘bekning “Ulusi arba’-yi Chingiziy” va
“Mu’iz al-ansab” asarlari hamda turkiy (chig‘atoy) tildagi “Tavarix-i guzida-i
nusratnoma” asarlari. Shuningdek, mavzuga doir xorijiy va mahalliy tadqiqotlardan
foydalaniladi, tahlil etiladi.
Maqolada Chig‘atoy ulusida dastlabki boshqaruv qanday bo‘lgani xusisidagi
savollarga holislik, yetarli tahlilga qaratilgan tarixiy faktlar va voqealarni baholash
hamda tanqidiy taxlil qilish, qiyoslash, biografik, xronologik, retrospektiv metodlar
asosida xulosalar chiqariladi.