Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix08.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#131364
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
chig-atoy-ulusida-ilk-boshqaruv-shakli

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
SJIF 2021: 5.423 
257 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
markazga tashib ketayotgan katta miqdordagi soliqlardan ma’lum foizigagina qanoat 
qilishga majbur bo‘lgan chig‘atoyliklarga bu xol yoqmas edi.
Umuman olganda, Mo‘g‘ullar imperiyasida umumsiyosiy vaziyat o‘ta murakkab 
ahvolda bo‘lib, unda hali-hanuz bosqinchilik urushlari olib borilayotgan edi. 
Xususan, Botu 1236-1241 yillarda Sharqiy Yevropaga yurishlarni amalga oshirib 
bo‘lg‘usi Oltin O‘rdaga zamin yaratayotgani alohida ahamiyat kasb etardi. Ayniqsa, 
1248 yilda Hoqon Guyukxonning vafoti va undan so‘ng katta sarxadga ega sulolani 
boshqarishga tajribali, taxtga loyiq davogar yo‘qligi O‘qtoy xonadonini g‘ulg‘ulaga 
solib qo‘ydi. 
Yana bir tarafdan, Botu va Guyukxon o‘rtasida azaldan xusumat va o‘chmas 
adovat xissi mavjud edi
33
. Bu dushmanlik xissi Guyukxonning avlodlariga ham meros 
bo‘lib o‘tgan edi. Mankuxon 648 yilning
safar 
oyida/ may-iyun 1250 yilda 
Guyukxon, uning o‘g‘illari va Chingizxon avlodidan bo‘lganlarni qirqdan ortiq amiri 
ham 2000 yaqin harbiy qo‘mondonlari ustidan g‘alaba qozonib ularni qatl ettirdi va 
taxtni qo‘lga oldi. Shundan so‘ng uning hokimiyati mustahkamlandi va u o‘z davlati 
taxti ustida o‘zini erkin xis etdi
34
.
Fursatni boy bermay o‘z mavqeyidan foydalangan Botuxon Tulu xonadoni 
vakillari bilan til biriktirib Munkexonni (Manguxon) taxtga Hoqon etib ko‘tarish 
masalasini ilgari surdi. Chingiziylar ichida katta og‘a sifatida Botu qurultoyni yig‘ish 
bo‘ynida edi. Ammo u o‘zining sog‘lig‘ini vaj etib qurultoyni Jo‘ji sulolasi poytaxti 
Saroy Berkaga
35
chaqirtirdi. O‘qtoy va Chig‘atoy xonadoni vakillari bunda fitna 
borligini sezib Hoqon saylashni doimgidek, Chingizxonning ona yurtasi Onon va 
Kerulen daryolari xududida amalga oshirilishi lozim deb, e’tiroz bildirdilar. Biroq 
ularsiz ham Botu va Tulu xonadoni ishtirokida Munkexonni Hoqon etib ko‘tardilar. 
Qurultoy natijasi tan olinmasligidan xayiqib Botu nomigagina inisi Berka hamda 
Buqa Timur boshchiligida Kerulen daryosida yana bir qurultoy yig‘di. Bunda ham 
O‘qtoy va Chig‘atoy xonadonlari ishtirok etishni istamadilar. O‘rtada bir yarim yillik 
tortishuvlardan so‘ng va nihoyat Qora-qurumda qurultoy chaqirilib taxtga Munkexon 
(1251-1259) Hoqon etib “saylandi”. 
Shundan keyin O‘qtoy va Chig‘atoy xonadonlari kuch bilan taxtni egallash 
choralarini ko‘rib, turli rejalar tuza boshladilar. Jamol al-Qarshiyda keltirilishicha, 
dastlab Guyukning nasli Munkexonga qarshi harakatlar qilib uning o‘limini 
rejalashtirgan. Toj kiyish marosimida ularning ham qatnashishiga ruxsat bergach, ular 
o‘zlarini go‘yo uning barcha ayyorliklarini, ularga qarshi qilingan jamiyki 
33
Бартольд В.В. Ўша асар. – С. 560.; Бартольд В.В.Статьи из “Энциклопедия ислама” / Чагатай-хан . Т. II., Ч. I. - 
М.: Наука, 1963. – С. 540.
34
Бартольд В.В. Ўша асар. – С. 560-561.
35
Сарой

Боту
давлатининг
Волга
дарёси
бўйида
жойлашган
пойтахти
.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin