Қорин чурралари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix19.10.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#118423
növüРеферат
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
орин чурралари (1)

CHOV CHURRALARI. 
Chov churralari qolgan churralarga qaraganda ko‟p uchraydi. Umumiy xirurgik kasalliklar 
bilan statsionarda davolanganlarning 8-18 % -ni qorin churralari tashkil qilsa, shundan 75-80%-ni 
chov churralari tashkil qiladi. Yosh bolalarda chov churralari yanada ko‟proq uchrab, hamma qorin 
churralarining 92-95%-ni tashkil qiladi. 
Asosan erkak kishilar chov churralari bilan xastalanadi. Buning asosiy sababi, ayollarda chov 
kanali yoriqsimon shaklga ega bo‟lib, mushak va pay qavatlari bilan yaxshi mahkamlangan hamda 
biroz erkaklarga nisbatan uzun va tor bo‟ladi. 
T.F.Lavrovaning oxirgi ma‟lumotlari va bizning kuzatuvlarimizda ham chov churrasi 73-75% 
erkaklarda va 25-27% ayollarda uchraydi. Yosh bolalarda o'g'il va qiz bolalarga nisbatan 8:1 tashkil 
qiladi. Chov churralari hamma yoshdagi kishilarda uchrab, ularning farqi asosan patogenetik 
rivojlanish mexanizmi va xirurgik davolashdadir. 
Anatomik jihatdan chov churralari qiyshiq va to'g'ri turlariga bo‟linadi. 
Ana shunday klassik turlaridan tashqari, ularning har xil variantlarda uchrashi katta amaliy 
ahamiyatga ega bo‟lib, ular juda kam uchraydi. Bu qiyshiq chov churrasining to‟g‟ri kanali bilan, 
qorin biroz oldi, qorin devorlari orasida, osilib turuvchi, chov atrofi, siydik pufagi usti va 
kombinatsiyalashgan holatlaridir. 
Churraning bu turlarining alohida xususiyati shundan iboratki ular klinik og'ir kechadi, ko‟p har 
xil asoratlar va retsidiv berishlari xavfi yuksakdir.
Shuning uchun ularni «to'g'ri» va «qiyshiq» churralar deb atashda nafaqat texnik jihatdan, 
vaholanki og'ir klinik vaziyat chiqishi sababli davolash usulini, og'riqsizlantirish, operatsiyadan 
oldingi tayyorlash hajmini va operatsiyadan keyingi davolash taktikalarini aniqlashdek og'ir 
muammolar tug'ilishi ko'zda tutiladi.
Chov churralari to‟g‟ri, qiyshiq va intraperitoneal turlarga bo‟linadi. Chov kanalining ichki 
teshigi hisoblangan lateral chuqurcha orqali chiqadigan churra – qiyshiq chov churrasi, medial 
chuqurcha orqali chiqadigan churralar – to’g’ri chov churrasi, deyiladi. Churra medial chuqurchadan 
chov kanalining tashqi teshigi orqali bevosita teri ostiga chiqadi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Churraning paydo bo„lishi bosqichlari 


Intraperitoneal churralar – qiyshiq chov churralarining bir ko'rinishi bo‟lib, ularda churra 
xaltasi qorin devori qavatlari orasida joylashadi va churra bo‟rtmasi mutlaqo ko'rinmasligi mumkin. 
Rivojlanish bosqichi bo'yicha boshlang‟ich, kanal va to'liq chov churralariga bo‟linadi. To'liq 
qiyshik chov churralari kattalashib, yorg'oqqa tushadi (chov-yorg'oq churralari). 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin