O'rolov dilbek xolmat o`G`li polimer asosli kompozitsion materiallar xossalari va ularni olinish xususiyatlari


Tadqiqot ob’ektining olinishi va tadqiqot uslublari



Yüklə 428,09 Kb.
səhifə11/13
tarix09.08.2022
ölçüsü428,09 Kb.
#117508
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1т (1)

2.2. Tadqiqot ob’ektining olinishi va tadqiqot uslublari
Tadqiqot ob'ektining olinishi. O'lchashlar uchun ikki xil kompozit tayyorlandi. Biri – tarkibida nanonikel zarrachalari bo'lgan metall-polimer kompozit. Ikkinchisi – tarkibida mikro - nikel zarrachalari bo'lgan metall-polimer kompozitdir. Ikala holatda ham polimer matrisa sifatida markasi S1 bo'lgan fenilon va markasi DB 102 bo'lgan poliarilatdan foydalanildi.
Nikel nanozarrachalari bo'lgan polimer kompozitlari polietilen va polipropilenda nanozarrachalar sintezi [2-3] ga analog ravishda nikel formiatini temperaturaga chidamli polimerlarda termik ajratish yo'li bilan tayyorlandi. Nikel formiati kukunini eritilgan polimerga (100g dimetilformamid erituvchiga 4G polimer nisbatida qo'shib eritilgan)qo'shib aralashtirildi. Yaxshilab aralashtirilgich aralashmadagi erituvchi butkul yo'qotilgunga qadar termik ishlov berildi. Bug'lanish paytida nikel formiati zarrachalarining agregasiyasini oldini olish uchun ultradispergator UZDN-1 (tebranishlar chastotasi 22 kHz, nurlanish 0,3 Vt) hosil qiladigan ultratovush yordamida aralashmaga ishlov berib turish qo'llanildi. Erituvchini bug'latish natijasida olingan aralashmani undan erituvchi qoldiqlarini butunlay yo'qotish uchun vakuumda 373 K temperaturada 1 soat davomida ushlab turildi. So'ngra temperatura 573 K ga ko'tarilib, 5 soat davomida shu temperaturada ushlab turiladiki, bu nikel formiatining parchalanishi natijasida tarkibida nano nikel zarrachalari bo'lgan kompozit hosil bo'lishiga olib keldi. Kompozitlardagi nano nikel zarrachalarining o'lchamini aniqlash uchun krm -1 turidagi kichik burchakli rentgen kamerasidan foydalanildi. Bu usul bilan olingan kompozitlardagi nano nikel zarrachalarining diametri 30 nm dan oshmasligi aniqlandi.
Tarkibida mikro - nikel zarrachalari bo'lgan kompozitni nikel kukunini polimer bilan planetar tegirmonda 7 soat davomida aralashtirish orqali olindi. Tajribada foydalanilgan nikel kukuni nikel formiatini vakuumda, 573 K temperaturada 3 soat davomida termik ajratish yo'li orqali olindi. Ushbu kukundagi mikro - nikel zarrachalarining disametri 1 mkm dan 3 mkm gacha oraliqda edi. Buni BS 242 E (Tesla) mikroskopida, yorituvchi elektron mikraskopiya usuli yordamida aniqlandi. Ikkala hollarda ham nikelning kontsentrasiyasi Ni (V1), boshlang'ich metall tarkibli (aralashmadagi) birikmadagi nikel kontsentrasiyasidan kelib chiqib hisoblangan.
Elektr o'lchash ishlarini bajarish uchun dastlabki kukunsimon namunalardan issiq preslash usuli bilan diametri 15 mm va qalinligi 2 mm bo'lgan tabletkalar tayyorlandi.

2.2.1-rasm. Yorituvchi elektron mikroskopda olingan Nining mikrodispers zarralari taqsimlanishi diagrammasi (2b–zarralar diametrlari)




Yüklə 428,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin