O'rolov dilbek xolmat o`G`li polimer asosli kompozitsion materiallar xossalari va ularni olinish xususiyatlari


Dissertasiya ishining dolzarbligi



Yüklə 428,09 Kb.
səhifə3/13
tarix09.08.2022
ölçüsü428,09 Kb.
#117508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1т (1)

Dissertasiya ishining dolzarbligi: Kompozision materiallarni yaratishdan maqsad dastlabki komponentalar xossalari va xarakteristikalaridan farq qiluvchi, yangi berilgan xossali va xarakteristikali materiallar olish uchun o'xshash yoki turli komponentalarni birlashtirishdir. Olingan km larning ko'pgina xossalari avvalgi komponentalar xossalaridan ancha yuqori bo'ladi. Bunday tur materiallarning hosil bo'lishi bilan har bir aniq qo'llanish sohasi uchun zarur bo'lgan kompozitlar xossalarini selektiv tanlash imkoni yuzaga keladi. Ham tejamli, ham qulay bo'lgan km lar bugungi kunda har yerda –o'yinchoqlar ishlab chiqarishdan tortib, kosmik apparatlarda qo'llanilmoqda.
Birinchi avlod polimer kompozision material (PKM) lar dastlabki polimerga qaraganida yuqori darajali xossalarga ega dispers zarralar bilan to'ldirilgan izotrop materiallardir. Bunday PKM larning mukammallashuvi nanoo'lchamli to'ldiruvchilarni qo'llash bilan bog'liq bo'lib, bunda kompozisiyalar hattoki kichik xajmli to'ldiruvchi kiritilganida ham qimmatli ekspluatasion kompleksga ega bo'ladi.
Shakllantirish texnologiyasiga bog'liq holda polimer kompozit xossalari qiymati bir necha marta farq qilishi mumkin. Texnologiyaning tanlanishi buyum konstruktsiyasi, uni ekspluatasiya qilish sharoitlari, tayyorlash xajmi va mavjud ishlab chiqarish resurslariga bog'liq.
Texnologik jarayonning noto'g'ri tashkillashtirilishi, dastlabki komponentalarning qoniqarsiz tayyorlanishi, texnologik tartiblarga (presslash bosimi, jarayonning davomiyligi va temperaturasi, mahsulot va material tayyorlash bo'yicha ko'rsatma) rioya qilinmaslik va ko'pgina boshqa sabablar tayyor buyum xossalarini o'zgartirib yuboradi. Shuning uchun buyum konstruktsiyasi va uni ekspluatasiya qilish shartlarini hisobga olgan holda texnologik jarayonni tuzish bilan birga uni amalga oshirishda ham texnologik tartibga amal qilish kerak. Shu maqsadda jarayonning barcha bosqichlarida tayyorlanayotgan buyum texnologik parametrlari va xossalari nazorati amalga oshirib turilishi zarur.
Bugungi kunda polimerning inson faoliyatidagi roli juda yuqori bo'lib, bunday materiallarning iste'mol qilinish darajasiga qarab xulosa chiqarish mumkin. 1995 yildayoq plastmassa iste'moli dunyo bo'yicha aholi boshiga 19,7 kg ni tashkil etgan.

Yüklə 428,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin