D. Abdikarimova. Bank kreditlari garov ta’minotini baholash.
Monografiya. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2016-yil. 168-b.
2
MBMS №1 «Baholashning umumiy tushunchasi va baholash tamoyillari»,
MBMS №2 «Bozor qiymati baholashning bazaviy qiymati sifatida», MBMS №3
«Bozor qiymatidan farqli baholash bazalari», MBMS №4 «Moliyaviy hisobot
va aralash hujjatlashtirish uchun baholash», MBMS №5 «Ssuda, zaklad va qarz
majburiyatli munosabatlarda baholash» standartlari.
173
mol-mulklar bo‘yicha ijro harakatlarini yuritish maqsadida baholash
tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra mol-mulkni muddatidan oldin
sotish jarayonida boshlang‘ich qiymat sifatida likvidatsion qiymat
foydalanishi belgilab qo‘yildi va bu qiymat baholovchi tomonidan
bozor qiymatiga asoslangan holda aniqlanadi. 2008-yilda bozor
qiymatini baholash elementlari harbiy texnikalarni baholash
jarayonlarida foydalanishga ham joriy etildi va MBMS №6 «Harbiy-
texnik mulklarni baholash» qabul qilindi (Adliya vazirligidan
16.02.2008-yil № 1769-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).
Baholash faoliyati rivojlanishining birinchi o‘n yilligining
mantiqiy yakuni sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini
oshirish to‘g‘risida»gi 2008-yil 24-aprelda PQ-843-sonli Qarorining
qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu qarorda: «Qayd etib o‘tilsinki,
respublikada baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur
qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgan, uni faol rivojlantirish uchun
iqtisodiy rag‘batlantirish vositalari yaratilgan, litsenziyalar berish
tartibi sezilarli darajada soddalashtirilgan. Ayni vaqtda baholovchi
tashkilotlarning amaliy faoliyati o‘sib borayotgan zamonaviy
talablarni qoniqtirmayapti. Baholash ishlari bir qator hollarda yuzaki
va past professional darajada o‘tkazilmoqda, xususiylashtiriladigan
obyektlarning haqiqiy qiymati va ko‘rsatiladigan xizmatlarning
sifati xolisona baholanishi uchun baholovchi tashkilotlarning zarur
darajadagi mas’uliyati ta’minlab berilmayapti»
1
, deya ta’kidlab
o‘tildi.
Mazkur qaror qabul qilinishi natijasida mamlakatimiz baholash
jarayonida tashkiliy-huquqiy jihatdan jiddiy o‘zgartirishlar
amalga oshirildi. Xususan, «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi, O‘zbekiston Respublikasi
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Baholovchi tashkilotlar
faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun
ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida»gi 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-
sonli qarori. http://www.lex.uz/
174
Vazirlar Mahkamasining «Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning
haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash
haqida»gi 2008-yil 28-iyuldagi 161-sonli qarori qabul qilindi,
Adliya vazirligidan 05.09.2008-yilda 1851-son bilan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan «Baholovchiga malaka sertifikatini berish to‘g‘risida»gi
tartib, Adliya vazirligidan 1851-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan
«Baholovchilar faoliyati sifatini aniqlashdagi ichki qoidalar
to‘g‘risidagi tartib» 7-sonli mulkni baholashning milliy standartlari
tasdiqlandi.
Bundan tashqari, 2009-yil 21-dekabrda Vazirlar Mahkamasining
«Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdialash,
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nozomni
tasdiqlash haqida»gi 322-sonli qarori va Adliya vazirligidan 2009-
yil 8-mayda 1953-son bilan ro‘yxatga olingan «Intellektual mulk
qiymatini baholash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi tartiblari
qabul qilindi.
2009-yilda MBMS № 8 «Xususiylashtirish maqsadlarida
mulk qiymatini baholash» Adliya vazirligida 28.10.2009-yilda
2025-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan; MBMS № 9 «Biznes
qiymatini baholash» Adliya vazirligida 28.10.2009-yilda 2026-
son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan; MBMS № 10 «Ko‘chmas mulk
qiymatini baholash» Adliya vazirligida 28.10.2009-yilda 2044-
son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan; MBMS № 11 «Davlat turar joy
fondini xususiylashtirish maqsadida baholash» Adliya vazirligida
19.10.2011-yilda 2279-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan; MBMS
№ 12 Ko‘chmas mulk qiymatini soliqqa tortish maqsadida
yalpi baholash» Adliya vazirligida 08.05.2012-yilda 2359-son
bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan; MBMS № 13 «Intellektual mulk
obyektlarini baholash» Adliya vazirligida 18.06.2012-yilda 2371-
son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan milliy standartlar qabul qilindi
1
.
1
O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘mak-
lashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlari asosida
tayyorlandi (www.gki.uz).
175
Hozirgi kunda MBMS № 14 «Ko‘char mulk obyektlarini baholash»
standartini qabul qilish ustida ishlar olib borilmoqda.
Albatta, O‘zbekistonda biznesni baholash instituti shakllanishining
birinchi bosqichida baholashga bo‘lgan talab yuqori darajada
bo‘lmaganligi, shuningdek, malakali va tajribali mutaxassislarning
yetishmasligi tashkiliy-huquqiy bazaning zaifligi bilan izohlanadi.
Shunga qaramasdan, moddiy va nomoddiy aktivlar hamda mulklarni
baholashning o‘sha davrda amal qilgan tartibi uning iste’molchilari
talablarini qondirganligi bilan xarakterlidir. O‘z navbatida,
iqtisodiyotda bozor munosabatlari amal qilgan sharoitda yuqori
malakali va tajribali baholovchi-ekspertlarning faoliyat yuritishi
juda muhim hisoblanadi, aks holda bozorda iqtisodiy munosabatga
kirishayotgan sotuvchi yoki sotib oluvchi moliyaviy jihatdan katta
talafot ko‘rishi mumkin.
Mamlakatimizda baholash institutini tashkil etish va baholash
munosabatlari rivojlanishining keyingi bosqichlarida 1999-yil
19-avgustda qabul qilingan «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Qonunning 4-moddasida O‘zbekistonda baholovchi tashkilotlar
faoliyatini litsenziyalash tartibini O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yilgan O‘zbekiston
Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va
raqobatni rivoj
lantirish davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklab
qo‘yilgan.
O‘zbekistonda mazkur qonunda belgilab qo‘yilganidek,
baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini
beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Baholovchi tashkilotlarning qator huquq va majburiyatlari
mavjud bo‘lib, xususan, buyurtmachi yoki boshqa manfaatdor
shaxslar ularning faoliyatiga aralashishi mumkin emas. Baholash
tashkiloti litsenziya olish uchun quyidagi shartlarni bajarishi
zarur. Xususan:
176
– tashkil etilayotgan baholash tashkilotining rahbari baholash
huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lishi;
– tashkilotning shtat birligida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan
baholovchilar qonunchilikda belgilangan shtatdagi eng kam soni
2–4 ta ta’minlangan bo‘lishi;
– zarur summadagi ustav fondini shakllantirgan bo‘lishi;
–
baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligi
sug‘urtalanganligi bo‘yicha sug‘urta polisining mavjud bo‘lishi;
– baholash sertifikatiga ega bo‘lgan baholovchi faqat bitta
baholovchi tashkilotning muassisi bo‘lishi lozimligi kabi talablar
belgilab qo‘yilgan.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan baholash tashkilotlari
uyushmasi xalqaro baholash uyushmalari va fondlari bilan o‘zaro
aloqasini yo‘lga qo‘yishi, bu soha bo‘yicha xalqaro amaliyotda
ro‘y berayotgan samarali tajribalarini milliy amaliyotda joriy etishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Fikrimizcha, mamlakatimizda baholash standartlari bilan bog‘liq
ishlarning yuqoridagi tartibda amalga oshirilishi, birinchidan,
baholash standartlarining amaliy izchilligini ta’minlasa, ikkinchidan,
ushbu munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlarning manfaatlarini
himoya qilishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |