O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə51/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

I bosqich
II bosqich
III bosqich
9.5-rasm. Ko‘chmas mulk obyektining hayotiylik bosqichlari.



156
bosqich ba’zi ko‘chmas mulk obyektlarining sotilishi bo‘yicha


bitimlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Mulk majmuyining tugatilishi – bu erkin raqobat muhitida ishlab
chiqarish me’yoriy-huquqiy holatlariga mos ravishda bankrotga
uchragan tashkilot mulki (ko‘chmas mulki ham)ning savdoga
qo‘yilishi va boshqa sotish mexanizmlaridir.
Mulkdor nuqtayi nazaridan, ko‘chmas mulk obyektlarining mulk
sifatidagi hayoti davomiyligi har bir yangi mulkdor egalik qilishni
boshlagan vaqtdan to shu obyektning iqtisodiy yoki jismoniy
foydalilik muddati tugaguniga qadar ko‘p marotaba takrorlanadi.
Uchlik kategoriyasining (moddiy (jismoniy), huquqiy (yuridik) va
iqtisodiy) birligidan kelib chiqib, ko‘chmas mulk obyekti hayot
siklini uch bosqichga bo‘lish mumkin (9.5-rasm).
Har bir bosqich mulkdorning aniq tadbirlari va harakatlarini o‘z
ichiga qamrab oladi.
9.5. KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARINING ESKIRISHI
Ko‘chmas mulk obyekti hayot sikli aniq qonuniyatlarga bo‘ysunadi
1

hamda iqtisodiy va jismoniy hayot muddatlarini qamrab oladi.


1. Ko‘chmas mulkning iqtisodiy hayoti muddati, obyekt
daromad manbayi sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan davr vaqtini
belgilaydi. Obyektni yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan
xarajatlar obyekt qiymatini oshirishdan to‘xtaganda (ya’ni qilingan
xarajat u keltiradigan daromaddan kam bo‘lganda) iqtisodiy hayot
muddati tugaydi.
2. Jismoniy hayotning tipik muddati – ko‘chmas mulk obyektining
buzib tashlangungacha yaroqli holda mavjud bo‘lishining real
davridir. U me’yoriy hujjatlar bilan aniqlanadi. Ko‘chmas mulk
obyektlarining jismoniy va iqtisodiy hayot muddatlari obyektiv
xarakterga ega, uni boshqarish mumkin, ammo undan voz kechib
bo‘lmaydi.
1
Харисон Г. Оценка недвижимости. – М.: РОО, 1994.



157
Baholash sanasi


Yaxshilanishlar bino
qiymatga qo‘yilmalar
kiritmay qo‘yadi
Bino
buziladi
Hayot vaqti
Samarali
yosh**
Bino qurilgan
Xronologik yosh
Iqtisodiy hayotning
qolgan muddati*
Iqtisodiy hayot muddati*
O‘zgarishi hisobiga
uzayishi mumkin
Jismoniy hayotning
tipik muddati
*Rekonstruksiya, qayta jihozlash (qayta qurish), modernizatsiya yoki
sharoitlarning yaxshilanishi.
**Binoning haqiqiy yoshidan katta bo‘lishi mumkin.
9.6-rasm. Bino va inshootlarning hayot muddati.
3. Mulk hayot davri – obyekt mavjud bo‘lib, unda yashash yoki
ishlash mumkin bo‘lgan vaqt bo‘lagidir.
Ko‘chmas mulk obyekti hayot davri nuqtayi nazaridan quyidagi
muddatlar farqlanadi:
1. Samarali yosh, tashqi ko‘rinish, texnik holat kabi
ko‘rsatkichlarga bog‘liq obyekt yoshini ko‘rsatadi.
2. Xronologik (haqiqiy) yosh, obyektning ishga tushgan paytidan
boshlab ekspluatatsiyada bo‘lish davriga mos keladi.
3. Iqtisodiy hayotning qolgan muddati, ekspert-baholovchi
tomonidan obyektni baholash maqsadida ishlatiladi va baholash
sanasidan to obyektning iqtisodiy hayoti tugagungacha bo‘lgan
davrni qamrab oladi.



158
Ko‘chmas mulk obyektining (yerdan tashqari) jismoniy hayoti


muddatining davomiyligi, iqtisodiy va samarali yoshi tabiat
qonunlari kuchiga ega, ya’ni eskirishiga bog‘liqdir. Eskirishning
uch turi mavjud: jismoniy, ma’naviy va tashqi (iqtisodiy).
Jismoniy eskirish – bu ekspluatatsiya jarayonida va atrof-muhit
ta’siri ostida obyektning eskirishi bilan belgilanadigan uning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yomonlashuvidir. Tiklanadigan, ya’ni
obyektni jismoniy qayta tiklash mumkin bo‘lgan va bu harakat
iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan eskirish hamda tiklanmay digan,
ya’ni ko‘chmas mulk obyektini jismoniy tiklash o‘zini oqlamay-
digan darajada eskirishlar farqlanadi. Jismoniy eskirishning kelib
chiqish sabablari turlicha bo‘lishi mumkin: 1-tur jismoniy eskirishga
obyektning normal ekspluatatsiyasi natijasida eskirishi va 2-tur
jismoniy eskirishga tabiiy ofatlar, avariyalar, obyekt ekspluatatsiyasi
qoidalarining buzilishi natijasida eskirish kiradi. Shuni nazarda
tutish kerakki, ko‘chmas mulk obyektini ekspluatatsiya qilish
jarayonida uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari doimiy ravishda
yomonlashib boradi, lekin obyekt texnik ko‘rsatkichlarining bir
onda yomonlashishi ham ro‘y berishi mumkin (elektr o‘tkazgichning
uzilishi, yong‘in va h.k.).
Odatda, jismoniy eskirishning barcha turlari yomon oqibatlarga
olib keladi. Birinchidan, ko‘chmas mulk obyektlari va boshqa texnik
qurilmalarning alohida iste’mol va ekspluatatsion ko‘rsatkichlari
yomonlashadi. Ikkinchidan, ko‘chmas mulk obyektining yoshi
ortgan sari ta’mirlash chastotasi ham ortadi, ta’mirlash ishlari esa
tobora murakkablashib boradi.
Ma’naviy (vazifaviy) eskirish – bu funksional foydalilik nuqtayi
nazaridan obyektning zamonaviy talablarga mos kelmasligidir.
Bunda ko‘chmas mulk obyektining ayrim xususiyatlari uning
iste’mol jozibadorligini kamaytiradi. Eskirishning bu turi
binoning eskirgan arxitekturasi, tarhi, muhandislik ta’minoti
kabilarda namoyon bo‘ladi va amaliyotda bu ma’naviy eskirish
deb ataladi.



159
Ma’naviy eskirish vazifaviy va texnologik eskirish turlariga


bo‘linadi. Vazifaviy eskirish – bu yangi ko‘chmas mulk
obyektlarining mavjudlariga nisbatan vazifaviy imkoniyatlarining
kengayishi natijasida sodir bo‘ladi. Vazifaviy eskirish natijasida
nisbatan eski qurilgan ko‘chmas mulk obyektlari arxitektura,
dizayn, tarh, muhandislik ta’minoti kabi jihatlardan mulkdorlarining
kelgusida qo‘yadigan talablariga javob bermasligi natijasida yuzaga
keladi va bunday obyektlar o‘z-o‘zidan arzonroq bo‘lib qoladi.
Texnologik eskirish – bu yangi konstruksiyalar, texnologiyalar
va materiallarni yaratish sohasidagi ilmiy-texnik rivojlanishning
natijasi bo‘lib, u ko‘chmas mulk obyektlarini qurish tannarxi va
ekspluatatsiya xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Huddi
jismoniy eskirish kabi, ma’naviy eskirish ham tiklanadigan va
tiklanmaydigan bo‘lishi mumkin.
Misol uchun, suv va gaz o‘lchagichlarini, santexnika
uskunalarini almashtirish mumkin, qurilma javonlar, pol
qoplamalarini tuzatish mumkin va h.k. Eskirishni tiklash
ko‘rsatkichiga ta’mirlash xarajatlarini qo‘shilgan qiymat hajmi
bilan solishtirish orqali erishiladi: agar qo‘shilgan qiymat
tiklash xarajatlarini qoplasa, u holda vazifaviy eskirish tiklangan
bo‘lib hisoblanadi. Tiklangan vazifaviy eskirish hajmi baholash
sanasiga binoning yangilangan unsurlari bilan birgalikdagi
potensial qiymatini va uning shu baholash sanasida yangilangan
unsurlarsiz qiymati bilan solishtirish orasidagi farq sifatida
aniqlanadi.
Iqtisodiy eskirish (tashqi muhit ta’siri ostida eskirish) – bu
iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillar ta’siri ostida atrof-muhitning
yomonlashuvi tufayli bino qiymatining pasayishidir. Tashqi
eskirishning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: obyekt
joylashgan hudud nufuzining umumiy pasayishi; hokimiyat yoki
mahalliy ma’muriyat organlarining soliqqa tortish, sug‘urtalash
sohalaridagi harakatlari; mehnat bozori, dam olish, ta’lim va h.k.
sohalardagi boshqa o‘zgarishlar.



160
Ko‘chmas mulk obyekti eskirishi – uni keltirib chiqargan sababdan


qat’i nazar, foydalilik va qiymatning yo‘qotilishi
Jismoniy – ekspluatatsion omillar va tabiiy ta’sirlar oqibatida
jismoniy xususiyatlarning o‘zgarishi.
Tiklanadigan – joriy ta’mirlash xarajatlari bunda obyektga
qo‘shilgan qiymatidan kamroq bo‘ladi.
Tiklanmaydigan – buzilishni tiklash xarajatlari bunda obyektga
qo‘shiladigan qiymatidan ortiq bo‘ladi.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin