O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə50/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

Хоттс Д. Управление инфраструктурами организации. – М.: ОАО
Типо графия «Новости», 2001. C. 597.



152
Ko‘chmas mulk obyekti ekspluatatsiyasi jarayonida kutilmagan


paytlarda ham avariya holatlari kelib chiqishi mumkin, negaki
hech kim yong‘indan, suv bosishidan va boshqa noxushliklar ro‘y
berishidan yoki fors-major holatlari (suv toshqini, yer silkinishi va
h.k.)dan kafolatlanmagan. Binoda ro‘y bergan avariyalarni bartaraf
qilish bo‘yicha ishlarni rejalashtirishning yagona shakli mavjud
emas; har bir aniq hodisada u yoki bu obyekt uchun mas’ul xodim
tayinlanadi va u amalga oshirilishi kerak bo‘lgani ishlar rejasi va
yo‘riqnoma ishlab chiqiladi.
Obyekt qurilishi loyihasiga binoan joylashtirilgan mebel –
ko‘chmas mulk obyektining teng huquqli qismidir, shuning uchun
uni ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlanish profilaktika ishlari rejasiga
asosan amalga oshirilishi lozim.
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Amaliyotda kuzatilishicha,
ko‘pchilik ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari bino va inshootlardan
foydalanishni tashkil etish hamda ta’mirlashga yetarlicha mablag‘
ajratmaydilar. Buning sabablari ko‘p, masalan, doimo vaqtinchalik
amalga oshiriladigan maqsadlarga diqqatni qaratish va bunday
munosabatlar natijasida yuzaga kelgan oqibatni to‘g‘ri baholamaslik
va natijada uning oqibatlarni to‘g‘rilash uchun ketadigan xarajatlar
deyarli har doim xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari qiymatidan
yuqori bo‘lishi.
Xizmat ko‘rsatish – bu ko‘chmas mulk obyektlari eksplua-
tatsiyasining me’yoriy muddatini ta’minlash uchun bajariladigan
ishlar majmuyidan tashkil topadi. Ular obyekt qiymatining o‘sishiga
olib kelmaydi, ammo alohida qismlarning ishdan chiqishi yoki
nurashi (eskirishi)ning oldini oladi. Xizmat ko‘rsatish maqsadlaridan
biri – (resurslar to‘la yemirilishi oqibatida) nosozliklar ro‘y
berishidan oldinroq ogohlantirish.
Ta’mirlash – bu ko‘chmas mulk obyektining buzilishi yoki
eskirishini qayta tiklash va kamchiliklarni bartaraf etish orqali
binoni odatiy foydalanish holatiga keltirish ishlaridir. Ta’mirlashning
maqsadi – jismoniy qayta tiklashdir.



153
Joriy ta’mirlash ishlari mayda va yirik turlarga bo‘linadi. Mayda


ta’mirlash ishlari 1–2 kun davom etadi va ko‘chmas mulk obyektining
normal ekspluatatsiyaviy holatini ta’minlaydi. U obyektning xizmat
muddatini uzaytirmaydi va qiymatini oshirmaydi. Yirik joriy
ta’mirlash ishlari (2 kundan ortiq) ko‘chmas mulk obyektining
xizmat muddatini uzaytiradi, ammo qiymatini oshirmaydi.
O‘zgartirish – bu ko‘chmas mulk obyekti tarkibiga kiruvchi asosiy
fondlarni analoglari bilan almashtirish jarayonidir. O‘zgartirishga
mansub fond bo‘lib, yaroqsiz holga kelgan yoki ma’naviy eskirgan
asosiy fondning o‘rnini bosuvchi asosiy (modifikatsiyalashgan,
takomillashgan, yangi avlod) fondlar xizmat qiladi.
Ko‘chmas mulk obyektiga xizmat qilishning asosiy maqsadi –
bu obyektdan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlashdir; u quyidagi aniq
vazifalarni o‘z ichiga qamrab oladi:
– kundalik tozalashlar (namunaviy ko‘rinishni saqlab turish
uchun);
– ko‘chmas mulk obyektidagi mayda kamchiliklarni o‘z vaqtida
bartaraf qilish;
– hayoti davomiyligining minimal xarajatlari asosida yirik
ta’mirlash ishlarini yo‘lga qo‘yish;
– ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishga sarflanadigan barcha
xarajatlarni qisqartirish hamda optimallashtirish bo‘yicha tadbirlarni
ishlab chiqish;
– ko‘chmas mulk obyektini ta’minlovchi kommunal xizmat-
larning ratsional ishlashi (ishonchlilikni ta’minlashda);
– obyektning xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari xarajatlarini
doimiy nazorat hamda tahlil qilish;
– ishlar bajarilishi grafigini tuzish va ijrosini nazorat qilish;
– ko‘chmas mulk obyekti uskunalarini to‘laligicha va alohida
uskunalar faoliyati to‘g‘risida doimiy ma’lumotlar to‘planishini
ta’minlash.
Amaliyotda ta’mirlash ishlari quyidagilarga bo‘linadi:
– zarurat bo‘yicha ta’mirlash;



154
– davriy ta’mirlash (masalan, har 10 yilda yumshoq tom


qoplamalarini o‘zgartirish);
– uskunalarni profilaktik tekshirish;
– avariya holatida ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish;
– ehtiyojdan kelib chiqib ta’mirlash (oynalarni almashtirish).
Ko‘chmas mulk obyektidan foydalanish ishlari majmuyi bir
qancha xarajatlarni talab qiladi:
– ekspluatatsiyaviy (ko‘chmas mulk obyektining butun foydali
xizmat muddati mobaynida) xarajatlar;
– vazifaviy (obyektni qo‘riqlash, saqlash, ta’mirlash va h.k.
bilan band bo‘lgan personal uchun) xarajatlar;
– kommunal xizmatlar va binoni tozalash uchun xarajatlar;
– ko‘chmas mulk obyektini ta’mirlash va tiklash uchun (agar
ko‘chmas mulk obyektining yoki uning bir qismining xizmat
muddati tugagan bo‘lsa) xarajatlar.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari, ko‘chmas mulk obyektiga
egalik qilish deb ataluvchi, obyektni tasarruf qilish bilan bog‘liq
o‘zgartirishlar va yaxshilanishlarga sarflanuvchi xarajatlar ham
hisobga olinishi lozim.
Obyektni tugatish bosqichi – bu obyekt bilan bog‘liq boshlan-
g‘ich va keyinchalik hosil qilingan funksiyalarini butunlay
yo‘q qilishdir, ya’ni uni buzib tashlash yoki tamomila yangidan
shakllantirish uchun sharoit yaratishdir. Ko‘chmas mulk obyekti
hayoti davomiyligining bu bosqichida uni tugatishga sezilarli
xarajatlar talab qilinadi. Bu xarajatlar ko‘chmas mulk obyektiga
egalik qilishning xotimasi bo‘lib hisoblanadi. Agar ko‘chmas
mulk obyekti tamomila yangi shaklga o‘tayotgan bo‘lsa, u holda
o‘zgartirishga sarflanadigan xarajatlar yangi funksiyaga qaratilgan
egalik xarajatlariga tegishli bo‘ladi.
Ko‘chmas mulk obyekti hayoti davomiyligiga o‘xshash tarzda
mulk majmuyi hayoti davomiyligini ham bosqichlarga bo‘lish
mumkin:
1. Mulk majmuyini shakllantirish (ko‘chmas mulk obyektlari va
ularga bo‘lgan huquqlar bo‘yicha shartnomalar natijalarini qonuniy



155
rasmiylashtirish: oldi-sotdi, ustav kapitaliga qo‘yilma, ijara, lizing


va h.k.).
2. Mulk majmuyini rivojlantirish (yangi qurilish, balansga olish
va h.k.).
3. Mulk majmuyi moslashuvi turli investitsion va rivojlantirish
loyihalari hamda egiluvchan ijara shartlarini amalga oshirish
hisobiga ta’minlanadi. Bu bosqichlarda ekspluatatsiya, ta’mirlash
va ko‘chmas mulk obyektiga xizmat ko‘rsatish hamda sug‘urtalash,
amortizatsion siyosat, buxgalteriya hisobi va mulkni soliqqa tortish
tizimlari bilan o‘zaro aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
1. Ko‘chmas mulk obyektlarining investitsion – qurilish rivojlanish
bosqichi (investitsion faraz, obyektning aniq yo‘nalishi, uning
loyihalanishi, yer o‘lchash, qurilish (rekonstruksiya), foydalanishga
topshirish). Bu bosqich nisbatan murakkab bo‘lib, u ko‘chmas mulk
obyektining samarali ishlashini ta’minlovchi bir qator tarkibiy qismlardan
tashkil topgan.
2. Sotish, ijaraga berish kabilarni inobatga olgan holda ilgari bunyod
etilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning almashinishi. Bu
bosqichda kiritilgan investitsiyalar qaytariladi, daromad ko‘riladi hamda
ma’naviy va jismoniy eskirish boshlanadi.
3. Ko‘chmas mulk obyektlarini boshqarish – ekspluatatsiya, ta’mirlash,
shahar infratuzilmalari va kommunal xo‘jalik tizimlari darajasida saqlab
turish. Bu bosqich nisbatan davomiy va obyekt ekspluatatsiyasining
maqsadga muvofiqligi hamda jismoniy va ma’naviy eskirishlarini bartaraf
qilish xarajatlari o‘lchovi bilan chegaralanib qoladi.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin