Mavzu: Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirish va oʻstirish.
Mundarija
Kirish 2
I Bob. Boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirishning asosiy usul va vositalari 5
1.1. Nutq tushunchasi, nutq oʻstirish metodikasi, uning ahamiyati 5
1.2. Oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirish usullari 9
1.3. Ona tili va oʻqish savodxonligi – boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutqiy kompetentligini rivojlantiruvchi muhim manba 13
II Bob. Boshlan g‘ich sinf oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirishda innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanish 20
2.1. Matn va hikoyani tahlil qilish orqali oʻquvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirish va oʻstirish . 20
2.2. Oʻquvchilar nutqini oʻstirishda xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan foydalanish 27
2.3. Boshlang‘ich sinf oʻquvchilari nutqini oʻstirishda mustaqil ishlarning oʻrni va ahamiyati 35
Xulosa 41
Foydalanilgan adabiyotlar 43
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari boʻlmish yoshlarga innovatsion, ilg‘or usullar va metodlarni qoʻllab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta’lim berish hamda oʻquvchilarning ta’limdagi sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻg‘risida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻg‘risida”gi PF-4947-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6apreldagi «Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻg‘risida»gi 187-sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻg‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar oʻquvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga zamin hozirlaydi1. “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” vazifasi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarining mustaqil fikrlash salohiyatini kengaytirish tub islohotlar zamirida rivojlanayotgan davlatimizda faol, izlanuvchan va zamon bilan hamnafas boʻlishni taqozo etadi.
Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fikrlash,fikrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiynazariy tomoni lug‘atlarda, darslik va oʻquv va metodik qoʻllanmalarda izoh berib, atroflicha yoritilgan.
Forobiyning fikricha, qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday soʻrash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, ya’ni substansiya va aksidensiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchisi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli soʻzlarni va nutqni qanday tuzishni oʻrgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni oʻrgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilinmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima toʻg‘ri va nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”.
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish va shu asnoda barkamol avlodni kamol toptirish masalasi dolzarb va ustuvor vazifa sifatida e’tirof etilmoqda. Zero, Kofi Annan ta’biri bilan aytganda, “Ta’lim har bir jamiyatda, har bir oilada taraqqiyot zaminidir”2.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”3 degan da’vatlari ta’limning sifatli va samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.