Bilimlar: Maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan turli ruhiy kamchiliklarini aniqlash, tekshirish metodikalarini o‘rgatish. O‘quv mashg‘ulotlarini turli shakllarda suhbat, amaliy ish, bahs-munozara, ilg‘or pedagogik innavatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘tkazish.
Ko‘nikma: Bu kursni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashlari lozim: maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan turli ruhiy kamchiliklarini aniqlash, tekshirish metodikalarini bilish, malaka va ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida qo‘llash; turli ko‘rinishdagi mashg‘ulotlarni (amaliy mashg‘ulotlar) yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish. Shuningdek, o‘quvchilar maxsus psixologiya bo‘yicha o‘quv uslubiy materiallarini ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
Malaka:
- nuqsonli bolalar psixologiyasi asosida turli yosh guruhidagi bolalarga individual munosabatda bo’lish;
- mavzular asosida mustaqil izlanish – axborot vositalaridan kommunikatsion texnologiyalari internet saytlari, ommaviy axborot vositalaridan (gazeta, jurnal, teleko’rsatuvlar, qo’shimcha adabiyotlar, uslubiy tavsiyalardan); foydalana olish malakasi;
- amaliyotda elementar tajribalar o’tkazish vs natijalarni tahlil qila olish malakalariga ega bo’lishlari kerak.
Fаnning o’quv rеjаdаgi bоshqа fаnlаr bilаn bоg’liqligi, uslubiy jihаtdаn uzviyligi vа kеtmа-kеtligi
Mахsus psiхоlоgiya fаni umumkаsbiy fаnlаrdаn аnаtоmiya, fiziоlоgiya vа gigiyеnа, mаktаbgаchа tа’lim pеdаgоgikаsi, umumtа’lim fаnlаridаn оilа psiхоlоgiyasi, mахsus fаnlаrdаn: kоrrеksiоn ishlаr mеtоdikаsi, dеfеktоlоgiya аsоslаri, mаktаbgаchа yoshdаgi bоlаlаr nutqini o’stirish nаzаriyasi vа mеtоdikаsi, bоlаlаr аdаbiyoti, lоgоpеdiya, mаktаbgаchа tа’lim yoshidаgi bоlаlаrning mаtеmаtik tushunchаlаrini rivоjlаntirish nаzаriyasi vа mеtоdikаsi, rаsm, buyumlаr yasаsh vа tаsviriy fаоliyat mеtоdikаsi kаbi fаnlаr bilаn o’zаrо bоg’lаngаn.
Fаnni o’qitishdа fоydаlаnilаdigаn zаmоnаviy ахbоrоt vа pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr
O’qituvchi mа’lumоtlаrni to’plаshi, tаnlаshi vа qаytа ishlаshi, nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrini ko’rib chiqishi, o’rgаnilgаn ахbоrоtlаrdаn pеdаgоgik fаоliyatdа fоydаlаnishi lоzim. U shundаginа o’quvchining bilish fаоliyatini fаоllаshtirа оlаdi. Nаtijаdа ulаrning nаzаriy bilimi, аmаliy ko’nikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntirаdi.
O’quvchilаrning ushbu fаnni sаmаrаli o’zlаshtirishlаridа zаmоnаviy pеdаgоgik tехnоlоgiya mеtоdlаridаn fоydаlаnish, yangi infоrmаtsiоn-pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrni tаdbiq qilish, multimеdiya tizimidаn fоydаlаnish, dаrslаrni o’quvchi shахsigа yo’nаltirilgаn hоldа tаshkil еtish muhim аhаmiyatgа еgа.
Dаrslаrni tаshkil еtishdа “Аqliy hujum”, “BBB-tехnоlоgiyasi”, “Chаrхpаlаk”, “Bumеrаng”, “Klаstеr”, “Nilufаr guli”, “Хulоsаlаsh” kаbi mеtоdlаrni, “Blits-o’yin”, “Bеshinchisi оrtiqchа”, “O’rgimchаk to’ri”, “Qоrа quti”, “Issiq kаrtоshkа” kаbi o’yini tехnоlоgiya mеtоdlаrini qo’llаsh lоzim. O’quvchilаrning dаrs jаrаyonidаgi аmаliy vа mustаqil fаоliyatlаri nаtijаsini bаhоlаshdа tеst-tоpshiriq, оg’zаki vа yozmа nаzоrаtning tехnоlоgiyali usullаrini qo’llаsh, o’z-o’zini vа guruhining ishini хоlisоnа vа izоhli bаhоlаshni tаshkil еtish zаrur.
O’quv-tаrbiyaviy jаrаyonni tаshkil qilishning mоhiyatini аnglаb еtish, bоshqаruv psiхоlоgiyasini bilish, o’quv jаrаyonigа tааlluqli qоnun vа qоnuniyatlаrini bilishi, dаrs jаrаyoni, dаrs tiplаri vа o’quvchilаr fаоliyatini tаshkil еtishni bilish, o’qitishning mеtоd vа shаkllаrini tаnlаsh, tа’lim jаrаyonigа qo’llаsh mаlаkаlаri, nаzоrаt shаkllаri vа o’qitish vоsitаlаrini tаnlаsh vа fоydаlаnish, o’quv-tаrbiyaviy jаrаyonini lоyihаlаsh mаlаkаlаri mаvjudligi hаr bir pеdаgоg uchun zаrurdir.
Fanning mazmuni
Kursning metodologik mazmunini O‘zbekiston Respublikasning ta’lim sohasidagi siyosati kadrlar tayyorlash milliy modeli; XXI asr maxsus pedagogika obrazi; O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va Respublika xukumatining me’yoriy hujjatlari; Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, maxsus ta’limning hozirgi davrda ustuvor yo‘nalishlari, umumiy va maxsus pedagogika – logopediya fanlarining yutuqlari tashkil etadi.
№
|
Fanning bo’limlari va mavzular nomi
|
Umumiy yukalama, soat
|
Hammasi
|
Darslar turi boyicha soatlar taqsimoti
(Auditoriya yuklamalari)
|
Mustaqil ish
|
Jami
|
Nazariy (ma’ruza)
|
Amaliy
|
Labaratoriya ishi
|
Seminar
|
Kurs ishi (loyixasi)
|
1.
|
Maxsus psixologiyaning umumiy masalalari
|
10
|
6
|
2
|
2
|
|
2
|
|
4
|
2.
|
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar psixologiyasining (surdopsixologiya) asoslari
|
8
|
6
|
2
|
2
|
|
2
|
|
2
|
3.
|
Ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar psixologiyasining (tiflopsixologiya) asoslari
|
8
|
6
|
2
|
2
|
|
2
|
|
2
|
4.
|
Aqli zaif bolalar psixologiyasining (oligofrenopsixologiya) asoslari
|
8
|
6
|
2
|
2
|
|
2
|
|
2
|
5.
|
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar psixologiyasining (logopsixologiya) asoslari
|
10
|
6
|
2
|
2
|
|
2
|
|
4
|
Jami:
|
44
|
30
|
10
|
10
|
|
10
|
|
14
|
ASOSIY QISM
Maxsus psixologiyaning umumiy masalalari
Maxsus psixologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. Maxsus psixologiya haqida tushuncha va uning muammolari. Maxsus psixologiyaning bir bo’limi sifatida. Maxsus psixologiyani rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tashxis qilishdagi o’rni.
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar psixologiyasining (surdopsixologiya) asoslari
Maktabgacha surdopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Eshitishning buzilish sabablari. Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar ruhiyatini o’rganish metodlari. Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar ruhiy jarayonlarining o’ziga xosligi.
Korishida nuqsoni bo’lgan bolalar psixologiyasining (tiflopsixologiya) asoslari
Maktabgacha tiflopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ruhiyatini o’rganish metodlari. Maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ruhiy jarayonlarining o’ziga xosligi. Tiflopsixologiya fanining defektologlar uchun ahamiyati.
Aqli zaif bolalar psixologiyasining (oligofrenopsixologiya) asoslari
Maktabgacha oligofrenopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolaning ruhiy rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. Aqli zaif bolalarda idrok va tafakkur qilishning o’ziga xosligi. Aqli zaif bolalarda nutq va muloqatning rivojlanishining o’ziga xosligi.
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar psixologiyasining (logopsixologiya) asoslari
Logopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Logopsixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopsixologiya fanining tamoyillari va metodlari. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar bilish faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari.
Amaliy mashg’ulotlar
Maxsus psixologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. Maxsus psixologiya haqida tushuncha va unning muammolari. Maxsus psixologiyaning bir bo’limi sifatida. Maxsus psixologiyani rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tashxis qilishdagi o’rni.
Maktabgacha surdopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Eshitishning buzilish sabablari. Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar ruhiyatini o’rganish metodlari. Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar ruhiy jarayonlarining o’ziga xosligi. Maktabgacha tarbiya maxsus muassasalarida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’yin faoliyatida shaxslararo munosabatini kuzating. Mashg’ulotlarda eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni bilish faoliyatini kuzating.
Maktabgacha tiflopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ruhiyatini o’rganish metodlari. Maktabgacha yoshdagi ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalar ruhiy jarayonlarining o’ziga xosligi. Tiflopsixologiya fanining defektologlar uchun ahamiyati. Maktabgacha tarbiya maxsus muassasalarida ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’yin faoliyatida shaxslararo munosabatini kuzating. Mashg’ulotlarda ko’rishida nuqsoni bo’lgan bolalarni bilish faoliyatini kuzating.
Maktabgacha oligofrenopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolaning ruhiy rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. Aqli zaif bolalarda idrok va tafakkur qilishning o’ziga xosligi. Aqli zaif bolalarda nutq va muloqatning rivojlanishining o’ziga xosligi. Maktabgacha tarbiya maxsus muassasalarida aqli zaif bolalarni o’yin faoliyatida shaxslararo munosabatini kuzating. Mashg’ulotlarda aqli zaif bolalarni bilish faoliyatini kuzating.
Logopsixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Logopsixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopsixologiya fanining tamoyillari va metodlari. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar bilish faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari. Maktabgacha tarbiya maxsus muassasalarida nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’yin faoliyatida shaxslararo munosabatini va nutqiy muloqatini kuzating. Mashg’ulotlarda nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni bilish faoliyatini kuzating.
Mustaqil ishlarga ko‘rsatmalar
O‘qituvchi mustaqil ish soatlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rar ekan, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganishlari uchun o‘quv materiallarini tanlaydi, o‘quv faoliyati, maqsadi, vazifasi, natijasi va uning baholash mezonini belgilaydi. O‘qituvchilar o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlarni o‘z vaqtida yig‘ib, baholab, ularning eng yaxshi natijalarini metod xonaga topshiradilar. O‘quvchilarning joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat ishlarini baholash jarayonida ularni fanlardan nazariy va amaliy bajargan mustaqil ishlarining natijalarini hisobga olgan holda baholanadilar. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini baholash tartibi, asosan har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha o‘quvchilarga fanning chuqur o‘zlashtirishni ta’minlashlari uchun nazariy va amaliy jihatdan mustaqil ishlar berish va natijalarini baholash bo‘yicha alohida qayd jurnali yuritadi, hamda har 45 kunda guruh o‘quvchilarining mustaqil ish natijalari fan kafedralarida muhokama qilinib, natijalar umumlashtiriladi. Har 45 kunda mustaqil ish natijalari o‘rganilib, metod xonada “monitoringi” chiqarib qo‘yiladi. O‘quvchilarda o‘z bilimini tekshirish malakasini rivojlantirish maqsadida uyda kitob bilan ishlash orqali darsda olingan bilimlarini mustahkamlash, qo‘shimcha adabiyot, ro‘znoma, jurnallardan yangiliklarni o‘rganish, o‘quvchilarning o‘quv materiali mazmunini tushunish uchush ularni reja asosida o‘qish, korreksion-rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar, konspekt yozish kabi amaliy ishlarga o‘rgatiladi. O‘quvchilarni mashg‘ulotga jalb qilish uchun mustaqil soatni noan’anaviy usullarda va har xil o‘yinlardan foydalangan holda tashkil etiladi. Mustaqil soatlarda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorlikda ishlaydi.
Mustaqil ish uchun mavzular
1. Maxsus psixologiya fanining ilmiy-metodologik asoslari va boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
2. Shaxsning rivojlanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyati.
3. Bolaning psixik jihatdan kamol topib borishining asosiy bosqichlari.
4. Sharq mutafakkirlarining bola tarbiyasi haqidagi g’oyalari.
5. Maxsus psixologiya fanining metodlari.
6. Maxsus ta’lim xizmatining hozirgi zamon tizimi.
7. Turli nutq nuqsoniga ega bo’lgan shaxslarning psixik rivojlanish xususiyatlarini o’rganish;
8. Nutq nuqsonlarining differensial diagnostik metodlari.
9. Muloqot jarayonining ijtimoiy-psixologik moslashuvi.
10. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda xotiraning buzilishi va uni korreksiyalash usullari.
11. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda diqqatning buzilishi va uni korreksiyalash usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risi»dagi Qonuni\Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.., T., «Sharq» nashriyoti 1997 y.
2. «Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur».\Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.., T.: «Sharq» nashriyoti 1997 y.
3. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T:. O’zbekiston. 1992 y.
4. Vohidov M.V.Psixologiya. T.:, 1981 y.
5. G’oziev E.G.Psixologiya. T.: 1994 y.
6. Logopediya (pod. Red. L.S.Volkova) M.: «Vlados», 1999 г.
7. МаstyukovaY.M. Spetsialnaya psixologiya. M.: 1996 г.
8. Mo’minova L.R., Ayupova M.Y. Logopediya. T.: 1993 y.
9. Muminova L.R. Bolalarni logopedik tekshirish va o’qitish. T.: «O’qituvchi», 1992 y.
10. Shomaxmudova R., L.Mo’minova. Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish. T.: 1995 y.
11. Doshkol’noy vospitanie detey s problemami intelektual’nogo razvitiya: Xrestomatiya. SPb., 1999
12. Lubovskiy V.I Psixologicheskiy problem diagnostiki anomal’nogo razvitiya detey. – М.:1989.
13. V.I.Yaubovskiy :Spetsialnaya psixologiya” M. ,,Akademiya”, 2005 y.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB –HUNAR TA’LIMI MARKAZI
Ro’yxatga olindi
№ KMD 3141701-2.19
2012 yil 15 аvgust
|
|
Vazirlikning 2012 yil
15 avgustdagi 332-1-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BOSHLANG’ICH KOMPYUTER SAVODXONLIGI FANIDAN O’QUV DASTURI
Fan dasturi oliy va o‘rta maxsus . kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi. (16.07.2012 y. № 1 sonli)
Tuzuvchilar:
|
Rahmatullayeva Lutfiya G’affarovna
|
–
|
Toshkent pedagogika kolleji katta o`qituvchisi
|
|
|
|
|
|
Niyozov Abduraxmon Rahmatovich
|
–
|
Toshkent pedagogika kolleji o`qituvchisi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
Mehmonov Rustam Yusuf o’g’li
|
–
|
Nizomiy nomli pedagogika universiteti “Informatika va TAТ” kafedrasi katta o’qituvchisi
|
|
|
|
|
|
Fatxullayeva Mavluda Abdusamatovna
|
–
|
Chilonzor tumani 265-bog’cha mudirasi
|
Toshkent -2012
Kirish
Hozirgi vaqtda kompyutеr savodi, kompyutеr tеxnologiyalarini bilish zamon talabidir. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning «Kеlgusida kompyutеrlashtirish va axborot-kommunikatsion tеxnologiyalarni joriy etish» haqidagi qarorida shunday dеyiladi: «Kompyutеrlashtirish va axborot tеxnologiyalarini xalq xo’jaligi, boshqaruv, fan taraqqiyoti, tadbirkorlik va talim sohasida qo’llash eng muhim vazifalardan biridir”. (Xalq so’zi. 2002 yil 1 iyun №114)
“Maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang’ich kompyutеr savodxonligi” prеdmеti maktabgacha ta'lim muassasalari pеdagoglari uchun mo’ljallangan bo’lib, ularga kompyuterdan foydalanish usullari, kompyuterning qo’shimcha imkoniyatlari, kompyutеrdagi dasturlardan foydalanib didaktik o’yinlar yaratish, internet tarmog’idan foydalanish, turli o’yinlar yordamida bolalarda kompyutеrda ishlash ko’nikmalarini hosil qilish usullarini o’rgatadi.
“Kompyuter olami bilan tanishtirish” bo’limida asosan bolalarga kompyuter haqidagi boshlang’ich bilimlar beriladi. Bolalar kompyuter haqida tasavvurga ega bo’ladilar.
“Maxsus bilimlar” bo’limida, asosan, amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. Chunki kompyuter bilan ishlaganda tarbiyachi ma’lumotlarni bir kompyuterdan boshqasiga ko’chirish, kerakli dasturlar bilan ishlay olish usullarini bilishi zarur.
“Didaktik o’yinlar” bo’limida maktabgacha ta’lim muassasasida o’tkaziladigan matematika, ingliz tili, rasm, nutq o’stirish mashg’ulotlari uchun didaktik o’yinlarning umumiy sxemasi tuzilib, kompyuterda yaratiladi. Bu mavzular bo’lajak tarbiyachi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki didaktik o’yinlar bolalarning ongini rivojlantirishga, dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Didaktik o’yinlar orqali bolaning tevarak atrof haqidagi tasavvurlarini oshirishga yordam beradi.
Ma’lumki bolalar kompyuter o’yinlariga katta qiziqish bilan qaraydilar. Tarbiyachi kompyuter o’yinlarining turlari, ularning bola tarbiyasida salbiy va ijobiy tomonlarini yaxshi bilmog’i lozim. Bu bo’limda o’quvchilar o’yinlarning turlari, klassifikatsiyasi, ularni o’ynash usullari haqida ma’umot oladilar.
Internet bilan ishlashni bilish har bir kishi uchun zamon talabidir. Chunki internet tarmog’i orqali turli mavzuga oid ma’lumotlarni olish mumkin. Bu esa bo’lajak tarbiyachilar uchun muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi internet orqali bolalarga mos ma’lumotlarni olishi va uni mashg’ulot o’tish jarayonida foydalanishi mumkin. “Internet bilan ishlash” bo’limida o’quvchilar internet tafmog’idan ma’lumotlarni ko’chirish, Web - sahifalar bilan ishlash, elektron pochta orqali ma’lumotlarni jo’natish va qabul qilish ma’lumotiga ega bo’ladilar.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi: Maktabgacha ta'lim muassaslarida turli yosh guruhlarida kompyutеr bo’yicha mashg’ulotlar o’tishda kerakli bilimlarni berishdan iborat.
O’quvchilarga maktabgacha ta’lim muassasalarida turli yosh guruhlarida kompyutеr bo’yicha mashg’ulotlar o’tishda kerakli bilimlarni berish, bolalarning aqliy faolligini rivojlantirishda turli mantiqiy o’yinlardan foydalanish, mustaqillik, aqliy malaka va ko’nikmalarni egallab olishlari va maktabda muvaffaqiyatli o’qishlari uchun zamin yaratish fanning asosiy maqsadidir.
Fanning vazifasi: Maktabgacha ta`lim muassasalari yoshidagi bolalarga ta`lim berish jarayonini takomillashtirish, bo`lajak tarbiyachining ilmiy va uslubiy ta`minlanganligini, uning kasbiy tayyorgarligini oshirish;
“Maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang’ich kompyutеr savodxonligi” prеdmеtining vazifasi maktabgacha ta'lim muassaslarida turli guruhlarda kompyutеr bo’yicha mashg’ulotlar o’tishga tayyorgarlikni o’rgatishdan iborat
Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
Bilimlar: Kompyutеrdagi mavjud dasturlardan foydalanib, bolalarning yoshiga mos matеriallar tayyorlay olish, bog’chada o’tiladigan turli mashg’ulotlar uchun didaktik o’yinlar yarata olish, elеktron darsliklardan foydalana olish, intеrnеt tarmog’idan kasbiy sohaga mos ma'lumotlarni topa olish.
Ko’nikma: Kompyutеr o’yinlari, didaktik o’yinlar yordamida bolalarda kompyutеrda ishlash ko’nikmalarini hosil qilish.
Quyidagi ko’nikmalar rivojlantiriladi: kompyutеrdagi mavjud dasturlardan foydalanib, bolalarning yoshiga mos matеriallar tayyorlay olish, bog’chada o’tiladigan turli mashg’ulotlar uchun didaktik o’yinlar yarata olish, elеktron darsliklardan foydalana olish, intеrnеt tarmog’idan kasbiy sohaga mos ma'lumotlarni olib foydalana olish. Mazkur dastur pedagogika kollejlarining “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishidagi o’quvchilar uchun tayyorlangan bo’lib, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang’ich kompyutеr savodxonligi” bo’yicha materiallarni o’z ichiga oladi.
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi.
Ilk bolalar bog’chasida kompiyuter savodxonligi tushunchalarni rivojlantirish fani mutaxasislik fani hisoblanib u 5-6 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish maxsus fanlardan (“Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”, “Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi”, “Tasviriy faoliyat”, ) fanlariga bog`lab olib boriladi. Ta`lim oluvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko`nikmalarini rivojlantirish uchun o`quv materiallari turli usullarda taqdim etiladi. Ta`lim jarayonida o`qitishning an`anaviy va interfaol usullaridan foydalanganda ular izchil va ketma-ketlikda qo`llanishi lozim, bunda ta`lim metodlari va texnologiyalari mavzuning didaktik vazifasi hamda o`quv materialining mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |