O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə1/35
tarix20.05.2018
ölçüsü3,17 Mb.
#50998
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB–HUNAR TA’LIMI MARKAZI




«MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYACHISI»

kasbi bo’yicha

O’QUV DASTURLARI TO’PLAMI


Tayyorlov yo’nalishi:

Maktabgacha ta’lim






Kodi: 3141700








Каsbi:

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi





Kodi: 3141701








Ixtisosliklari:
1. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi




2. Ixtisoslashtirilgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi




3. Oilaviy tarbiyachi


Toshkent -2012

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB–HUNAR TA’LIMI MARKAZI


Ro’yxatga olindi

№ KMD 3141701-2.01

2012 yil 15 аvgust





Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan


MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGIKASI

FANIDAN O’QUV DASTURI

Fan dasturlari Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012 yil 24 iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.


Fan dasturi Toshkent pedagogika kollejida ishlab chiqildi bilim sohasi bo’yicha sho’ba kelishuvidan o’tkazildi (16.07.2012 y. № 1 sonli).


Tuzuvchilar:

Tadjieva Muxabbat Xaydaraliyevna



Toshkent pedagogika kolleji direktori, pedagogika fanlari nomzodi
















Abdullaeva Guli Bahodirovna



Toshkent pedagogika kolleji, katta o’qituvchisi

























Taqrizchilar:

Sharipova Dilora Jumaniyazovna



Nizomiy nomli TDPU professori, pedagogika fanlari doktori
















Rustamova Mavluda Erkinovna



MMXQTMORO’MM Monitoring va marketing bo’limi boshlig’i


Kirish

O`zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta'lim tarbiya bеrishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog`lom har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta'limiga tayyorlashdan iboratdir.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyachi tayorlashda “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fanining o’qitilishi muhim o’rin tutadi. Fan texnikani tez suratlarda takomillashuvi hozirgi pedagogilar oldiga ulkan vazifalarni qo’yadi. Maktabgacha ta’lim pеdagogikasi fanini o`rgatish o`quvchilarda kasbga nisbatan qat'iy barqaror qiziqishni uyg`otish, bolalarga g`amxo`rlik, chin muhabbat va diqqat bilan munosabatda bo`lishlarini qo`llay olish, ularga bolalar bilan ishlash bo`yicha amaliy, pеdagogik tushunchalariga ega bo`lishini ta'minlaydi, bunda bo’lajak tarbiyachilar MTM tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablari”, “Bolajon” tayanch dasturi,”Bola xuquqlari to’g’risidagi konvensiya”va “Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” asosida bilim berib boradilar. Dasturning maqsadi dolzarb pеdagogik muammolarning nazariy asoslarini ochib bеrish va bo`lajak tarbiyachi va oila tarbiyachilarini turli faoliyat jarayonida bola shaxsini rivojlantirishga harakat qilish, jismoniy, ruhiy sog`liqlarini saqlash va mustahkamlashga, pеdagogik jarayon tamoyillari va maqsadlarini insonparvarlashtirish, dеmokratlashtirishga qaratilgan.
Fanning maqsad va vazifalari

Fanning maqsadi: Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani pedagogika kollejlari o’quvchilariga maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, yetuk barkamol shaxs qilib tarbiyalash qonuniyatlarini o’rganisga xizmat qiladi. Shu bilan birga u bo’lajak maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va oilada bolalar tarbiyachilari uchun maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berib, o’quvchilarda pedagoglik kasbiga nisbatan qiziqishlarini shakllanishiga yo’l ochib beradi.

Fanning vazifasi: Maktabgacha ta’lim sohasidagi pedagogik muammolarni hal qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim olish ehtiyojini, maktabga borish hisiyotini shakllantirish, bolalar tarbiyasida mustaqil fikrlashga o’rgatuvchi ilg’or metodlarni qollash, yuksak odob, ma’naviy- axloqiy tushunchalarni mentalitetimiz asosida o’rgatishdan iborat.

Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirish, bolajak tarbiyachining ilmiy va uslubiy taminlanganligini, uning kasbiy tayyorgarligini oshirish.



Fan bo’yicha o’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar.

Bilimlar: Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablarini bilish;Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim,bola.shaxsini barkamol qilib tarbiyalash; Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan ta’lim – tarbiya ishlarini olib borish; Ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish; Bolalarning rivojlanishidagi ruhiy qonuniyatlarini bilish; Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jamoada tarbiyalash yo’llarini bilish.

Ko’nikmalar: Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan ishlashda ta’lim metodlari va usullarini bilish. Maktabgacha ta’lim – tarbiya dasturi bilan ishlash. Axloq normalari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada ota – onalar va bolalar bilan ishlash hamda pedagoglarda o’z – o’zini tarbiyalash ko’nikmalarini hosil qilish.
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va

ketma-ketligi.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani mutahassislik fani hisoblanib u olti semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi”, maxsus fanlardan “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi”,“Ilk matematik tushunchalarni rivojlantirish metodikasi”, “Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi”, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Bolalar adabiyoti”, “Musiqa” fanlariga bog’lab olib boriladi.Ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish uchun o’quv materiallari turli usullarda taq- dim etiladi.Ta’lim jarayonida o’qitishning an’anaviy va interfaol usullaridan foyda- lanilganda ular izchil va ketma ketlikda qo’llanilishi lozim, bunda ta’lim metodlari va texnologiyalari mavzuning didaktik vazifasi hamda o’quv materialining maz-

munidan kelib chiqgan holda tanlanadi.
Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik

texnologiyalar.

Fanni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarni qo’lashda fanni o’zlashtirish uchun omil bo’ladigan zamonaviy axborot texnologiyalarning ahamiyati va o’rni benihoyadir. O’quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida axborot texnologiyalardan foydalanish o’quvchilaqrning kasbiy tayyorgarligini oshirish va kasbiy ko’nikmalarini rivojlantirishda ham muhim hisoblanadi.

Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun dars oqilona tashkil etilishi, pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishi o’rganilib, ta’lim jarayonida faolligi mutassil ta’minlanishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochib berishda har bir uslubdan o’z o’rnida foydalanish, ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Fanni o’qitishda “Case studu” “SWOT”, “Klaster”, “Sinkveen”, “CHarxpalak” ,”FSMU”,“BBB”, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “Romashka metodi”, “Baliq skeleti”, “Baxs munozara”, “Davra suhbati”,”Blits-o’yin”,”Ven diogrammasi” kabi texnologiyalardan, shuningdek, audio-, video-, kompyuter texnikasidan foydalaniladi.

Baholash-ta’lim jarayoninig ma’lum bosqichida o’quv maqsadlarga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlari va aqliy layoqatini baholashda og’zaki va yozma baholash topshiriq shakllaridan foydalaniladi.

Test usuli, reyting tizimi, o’quvchining bilim va ko’nikmalarini egallah jarayonini nazorat qilishdan esa pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholashda foydalaniladi.

Baholash “5” balli tizimda amalga oshiriladi.

“Qoniqarsiz” - 55%dan past

“Qoniqarli” - 55%-69%

“Yaxshi” - 70%-84%



“A’lo” - 85%-100%
Baholash mezonlari




Mezonlar

2

3

4

5

1

Mazmun













2

Guruh faolligi













3

Dizayn













4

Taqdimot













Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin