Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik


korpusi; 2—qopqog‘i; 3—qistirma; 4—zaryadi; 5—tubi; 6—qo‘shimcha detonator; 7—qotirish uchun dastak teshigi



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə53/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104
10-sinf chyot

korpusi; 2—qopqog‘i; 3—qistirma; 4—zaryadi; 5—tubi; 6—qo‘shimcha detonator; 7—qotirish uchun dastak teshigi.

  1. rasm. MVCH-62 portlatgich:

a—portlatgichning jangovar holatdagi kesimi; b—portlatgichni transport holatiga o‘tkazish uchun kalit; 1—konus shaklidagi asosi; 2—qalqoncha; 3—qo‘riqlagich o‘rtasi chekini o‘rnatish uchun joy; 4—tugmacha; 5—ijrochi disk; 6—rezba; 7—korpusi;

8—qopqoq; 9—M-1 kapsul-detonatorning zarbdor mexanizmi bilan; 10—detonator (portlatgich modda); 11—kesishgan chek.

0‘rnatilgan joydan mina chiqariladi va u tuproq qatlamlaridan tozalanadi, buyumning shikastlangan joylari ko‘zdan kechiriladi:

  • tuzatilgan (sozlangan) minalar o‘rab joylashtiriladi;

  • MVCH-62 portlatgichni jangovar holatida transportda olib ketish zarur;

  • rezinali qalpoqcha oldingi krandan chiqariladi;

  • kalit bilan oldingi kran soat strelkasi yo‘nalishida uch-to‘rt aylanasiga buraladi, shuningdek, boshlovchi tugmacha yuqoriga ko‘tarilishi shart;

  • kalitni boshlang‘ich holatiga burab qaytariladi va uni ichidan chiqariladi;

  • rezinkali qalpoqcha kiygiziladi;

  • qo‘riqlagich o‘rtasida chekiga boshlovchi tugma kiygizilib, zanjir bilan berkitiladi.

MVCH-62 portlatgich bilan TM-62 rusumli minalarni ko‘chirish va transportda oxirgi shaylash holatida tashishga ruxsat etiladi. Tankka qarshi TM-57 rusumli mina MVZ-57 rusumli portlatgich bilan birga qo‘llaniladi. Minalarning harakatlanish jihati: o‘rnatilgan mina bosilishi bilan uning qopqog‘i shaklini o‘zgartiradi; portlatgichning zarbdor mexanizmi pastga qo‘yib yuboriladi; tiqin KD—MV kapsul-detonatorning parda to‘sig‘iga borib taqaladi; keyingi bosilishda chek qirqiladi; sharikchalar zarbdorni bo‘shatadi; jangovar prujinaning harakatlanishi natijasida zarbdor kapsul- detonatorni cho‘g‘ oldirtirib, uning portlashini yuzaga keltirishi bilan mina portlaydi.

Minalarni o‘rnatish uchun zaruriyat: minalardan tiqin burab olinadi; minalardan qopqog‘i olinganda shakli o‘zgarganligiga ishonch hosil qilinadi; portlatgichdan qalpoqcha burab chiqariladi va mavjud bo‘lgan rezinali qistirma borligiga ishonch hosil qilinib, portlagichni soat mexanizmi kaliti bilan buraladi; minaga portlagich burab kirgiziladi; mina chuqurlikka yoki uning yuqorisiga o‘rnatiladi; mina portlagichi jangovar holatga yuqoriga ko‘tarilishi uchun qo‘riqlagich o‘rta cheki uzugi kalit yordamida ko‘ta- riladi, qo‘riqlagich o‘rta chekini portlagich tugmasidan uzoqlashtiriladi va tugma bosib qo‘yiladi, mina niqoblantiriladi.

Minalarni chiqarib olish zaruriyati: mina chiqarib olish holatida o‘rna- tilganligiga ishonch hosil qilinadi; minalar niqoblangan qatlamdan chiqariladi; portlagich minadan burab olinadi; portlagich jangovar holatdan transportga o‘tkaziladi va burab kirgiziladi.

O‘rnatilgan mina joyidan chiqariladi.

Piyodalarga qarshi minalar

Bu minalar dushmanning tirik kuchlarini shikastlash maqsadida qo‘llaniladi. Ular ikki xil: fugasli va oskolkali bo‘ladi.


Yüklə 319,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin