bu yerda, Bx — nishon balandligi; BU — minglarda berilgan burchak. Otish paytidagi olov va tovush bo‘yicha.
Tovush meteorologiya sharoitlariga bog‘liq holda soniyasiga 330—340 m tezlikda tarqaladi (yoki taxminan 1 km.ni 3 soniyada bosib o‘tadi). Yorug‘lik tarqalishi esa o‘ta tez (soniyasiga 300000 km).
Misol. O‘q ochish tovushi otish paytidagi olovdan to‘qqiz soniyadan keyin razvedkachiga yetib keladi. O‘q uzilgan qurolgacha bo‘lgan masofani toping:
S=VT; 330-9 = 2970 m,
bu yerda, S — uzoqligi; V — tezligi; T — vaqt. Chiziqli olchamlar bo yicha (chizg ich yordamida).
Buning uchun millimetrli bo‘lakchalariga ega chizg‘ich olinadi va uni ko‘zlar oldida cho‘zilgan qo‘l masofasida (ko‘zdan taxminan 60 sm uzoqlikdan) ushlanadi, aniqlanishi kerak bo‘lgan masofaga, oriyentir (nishon)ga shu chizg‘ichning necha millimetri uzunligi (balandligi, kengligi) bo‘yicha to‘g‘ri kelganligi aniqlanadi. Predmetning ma’lum bo‘lgan santimetrdagi kattaligi o‘lchashlarda hosil bo‘lgan millimetr sonlarga bo‘linadi va natijada, doimiy son oltiga ko‘paytiriladi.
Misol. Agar 6 m balandlikdagi telegraf simyog‘ochi o‘lchash paytida chizg‘ich bo‘yicha 8 millimetrni egallasa, ungacha bo‘lgan masofa (600:8)^6=450 m. Predmetlarning ko rinish darajasi bo yicha.
Dushman joylashgan yerni, uning harakatlanishi va ungacha bo‘lgan masofani tovushlar yordamida taxminan aniqlash mumkin.
Durbin shkalasi burchaklarining bahosi mingdan beshga teng —0—05, durbin shkalasining ikki burchagi mingdan o‘nga teng —0—10.
Uzoqlikni olchash
Durbinning burchak o‘lchash turi yordamida joydan predmet (nishon)gacha bo‘lgan uzoqlikni o‘lchash mumkin, qachonki, o‘sha predmet (nishon)ning yoki shu nishon oldida turgan predmetning o‘lchamlari ma’lum bo‘lsa.
Uzoqlikni o‘lchash uchun: Predmet (nishon)ning balandligi yoki kengligi burchagi burchak o‘lchovida o‘lchanadi.
Predmet (nishon)ning metrlarda ko‘rsa- tilgan o‘lchamlari soni burchak o‘lchovi bo‘laklariga bo‘linadi.