O’simlik nomi: Dorivor rozmarin - Розмарин лекарственный - Rosmarinus officinalis L.
(Yasnotkadaoshlar - Яснотковые - Lamiaceae)
Hayotiy shakli (bioforma): Doim yashil buta.
Botanik tavsif:
bo`yi 1,5- 2 metrgacha yetadi. Barglari cho‘ziq, to‘mtoq uchli, ostki qismi dag‘al tuklar bilan qoplangan.
Barglari poyda 5-6 tadan to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan, uzunligi 3-3,5 sm, eni 1,5-2 mm. Gullari qisqa gulbandli. Gultojibarglari
ko‘k-binafsha rangli. Gulbandida 5-8 ta gular shingil to’pgulga yig’ilgan. Mevasi yong‘oqcha.
Kimyoviy
tarkibi:
ushbu
o’simlining
barglari
tarkibida
efir
moyi,
uning
tarkibida
esa
50
%
gacha
pinen,
kamfen,
sineol,
barneol
va
kamfora,
rozmarisin,
ursol
va
kislotalari
va alkaloidlar, yer ustki qismi tarkibida efir moyi (yosh poya va gullarida 1,2% gacha) mavjud.
Ishlatilishi:
A)
Xalq tabobatida: Ushbu o’simlik barglaridan tayyorlangan damlama sharq tabobatida yurak qon tomir tizimini
yaxshilovchi, xotirani kuchaytiruvchi va yallig’lanishda davolovchi (qadimgi Yunonistonda) hamda tana qarishini oldini
oluvchi vosita sifatida foydalanilgan. Shuningdek, ushbu o’simlikdan Xitoy davlatida bosh og`rig`ini davolovchi vosita
siifatida foydalanilgan.
B)
Rasmiy tibbiyotda: Ushbu o’simlikning yer ustki qismi va barglaridan tayyorlangan spirtli ajratma (nastoyka)
bosh og`rig`i, shamollash, oshqozon-ichak kasalliklarini davolovchi va tetiklashtiruvchi hamda quvvat bag‘ishlovchi vosita
sifatida ishlatiladi. Shuningdek, bosh, qorin va muskullar og`rig`ida, revmatizm, radikulit va fibromialogiyada, spazma,
oshqozon buzulganda, qon bosim oshishini oldini olishda, mikrob va zambirug`larga qarishi kurashishda va antioksidant
vositasini bajarib, miyyadagi qarilik belgilari paydo bo`lishini susaytiradi.
Xom ashyosi: Yer ustki qismi (o’ti), barglari va yosh poyalari.
Ontogenez:
1. Gullash davri: Gullash davri 2 bosqichda: birinchisi mart-may oylarida, so’ng aprel oyida ommaviy gullash
kuzatiladi. Ikkinchisi esa sentyabrning ikkinchi yarmidan boshlab noyabr oyiga qadar ommaviy gullash kuzatiladi.
2. Mevalash davri: o’simlikning mevalari may-iyun va oktyabr-noyabr oylarida pishib yetiladi.
3. Xom ashyoni yetilish davri: o’simlik xom ashyosi qiyg’os (o’simlik 75% gullagan payt) gullagan vaqtda yetiladi.
4. Xom ashyoni yig`ish davri: o’simlik xom ashyosi aprel va oktyabr yig’ib olinadi.
5. Davlat standarti: Ushbu o’simlik O`zbekiston Respublikasi Davlat Farmakopiyasiga kiritilmagan.
Geografik tarqalishi: Ushbu o’simlikning vatani O’rta yer dengizi floristik voxasidir. Yevropa va Afrika davlatlarida
qadimdan ekib o’stirilgan. Bugungi kunda Ispaniya, Fransiya, Jazoir, Tunis, Yugoslaviya va Hindistonda katta masshtabda
plantatsiya holida o’stiriladi.
Iqlim omillariga tasiri:
1. Mezofit o’simlik;
2. Uzun kunli o’simlik;
3. Yorug’sevar (Geliofit) o’simlik.
Tuproq omillariga tasiri:
1. Qumoq tuproqlar;
2. Mayda tosh- qumli tuproqlar;
3. Bo’z va tipik bo’z tuproqlar;
4. Namlik o’rtacha bo’lgan tuproqlarda o’sadi.
Topografik omillarga ta`siri:
Respublikada tabiiy uchrash joyi (mintaqa): Respublikada o`simlik tabiiy holda uchramaydi. O`zbekistonda uchbu
o’simlik madaniylashtirilgan, ziravor va manzarali o’simlik sifatida (cho’l, adir va tog’ mintaqalarda) o`simlik sifatida ekib
o`stiriladi. Quruq iqlim mintaqada o`smaydi.
Respublikada tabiiy uchrash joyi (hudud): ushbu o’simlik respublikning barcha viloyatlarida ekib o`stiriladi
(respublikaga Qirim davlatidan introduksiya qilingan).
Adabiyotlar.
1. H. Xolmatov, Oʻ. Axmedov. Farmokgnoziya. “Tibbiyot” nashri.: T, 1997 y. 183 b.
2. Oʻ. Axmedov, A. Ergashev, A. Abzalov, M. Yulchiyeva, D. Mustafakulov. - Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish
texnologiyasi va ekologiyasi. “Tafakkur boʻstoni” nashri.: T, 2018 y. 192 b.
3. Мурдахаев Ю. М. - Культура лекарственных растений в Узбекистане. Т.: Изд-во мед. лит. им. Абу Али ибн
Сино, 1999 г.
4. Мурдахаев Ю. - Восточный базар: Лекарства и пряности. New York: Printed in USA. 2001 г. 19-38 С.
Veb saytlar.
1
. www.avitsenna.uz
2. www.library.ziyonet.uz
3. www.plantarum.ru
4. www.flora.uz
5. www.floruz.uz
O`rmon xo`jaligi va landshaft dizayn fakulteti
Dorivor o`simliklar kafedrasi 71-guruh talabasi
Valiyev Sahobiddin Salohiddin o`
g`li
Dostları ilə paylaş: |