O‘simliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari-fayllar.org
Yuqumsiz kasalliklar. O‘simliklarning noinfeksion kasalaliklari infeksion kasalliklardan tubdan farq qiladi va ularning o‘ziga xos uchta xususiyati bor: 1) noinfeksion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi mavjud emas, kasallik rivojlanishining sababi esa atrof-muhitning abiotik faktorlaridir; 2) noinfeksion kasalliklarning belgilari o‘simliklarning barchasida birdan paydo bo‘ladi; 3) noinfeksion kasalliklar o‘simlikdan o‘simlikka yuqmaydi.

Infeksion kasalliklar kabi noinfeksion kasalliklar ham hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Ular tufayli hosil 50% va undan ham ko‘proqqa kamayishi mumkin. Noinfeksion kasalliklarning muhim salbiy ta’siri – o‘simliklar zaiflashishidir. Natijada o‘simliklarning patogenlarga chidamliligi pasayadi. Noinfeksion kasallik bilan undan keyin paydo bo‘ladigan infeksion kasallik orasadagi aloqa ulangan kasallik (сопряженное заболевание), deb ataladi.

Noinfeksion kasalliklar paydo bo‘lishining sabablari quyidagilardir. 1) iqlim faktorlari – harorat, yorug‘lik, havo namligi va b. (do‘l, jala, kuchli qor yog‘ishi va muzlashlar, kuchli shamol); 2) noqulay tuproq sharoitlari – namligi, strukturasi, rN, kimyoviy tarkibi – mineral ozuqa moddalari yetishmasligi yoki o‘simlik uchun toksik kimyoviy birikmalar mavjud bo‘lishi va b. 3) mineral ozuqalar va mikroelementlar (N, P, K, Ca, Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Al, Cl) yetishmasligi yoki keragidan ortiq bo‘lishi; 4) mexanik yoki kimyoviy shikastlanish; 4) atrof-muhit va o‘simliklar SO2 , SO3 , HF, SiF4 , HCL, NO, NO2 , ozon va b. bilan ifloslanishi; 5) pestitsidlarni noto‘g‘ri qo‘llash natijasida yatrogen kasalliklar paydo bo‘lishi); 6) nurlanishlar (ionlovchi, masalan, radioaktiv nurlar, ultrabinafsha nurlar va h.k.).