Kelib tushishning xavfsizligini ta’minlash tamoyili. Bu tamoyilda logistikaning tamoyili sifatida shunday tashkiliy iqtisodiy sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutadiki, resurslar bilan uzluksiz ta’minlanishi va tayyor mahsulotni yetkazib berish muddatlarining so‘zsiz bajarilishining ta’minlab berilishi zarur. Kelib tushishning xavfsizligini ta’minlash tamoyili Tovar harakatining barcha bosqichlarini sinxronlashtirish, kelib tushish va yuk tashishni boshqarish bo‘yicha faoliyatlarni birbiriga moslashtirish, ishlab chiqarish va zaxiralarini tashkil etish zarurligini ko‘zda tutadi.