Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish. Logistikada tizimli yondashish xo‘jalik yurituvchi subyektlarni o‘zaro bog‘liq tizimostilar kompleksi - ishlab chiqarish, sotish va xarid qilish bo‘linmalari sifatida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. Ular tashqi muhitdan olinadigan va uzatiladigan ma’lumotlar asosida boshqariladi. Logistik tizimlarning faoliyati murakkab “asos-natija” aloqalarining ham tizimlar ichida, ham tashqi muhit bilan munosobatlarida vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda tizimlar faoliyatining umumiy maqsadlarini hisobga olmasdan, alohida qarorlar qabul qilish yetarli emas yoki xato bo‘lishi mumkin. Masalan, korxonaning boshqaruv bo‘limi shakarni qog‘oz paketlarga joylashtirish haqida qaror qabul qiladi. Qoplarga qadoqlangan shakarni tashishga, yuklashga va boshqa texnologik amallarni bajarishga moslashtirilgan umuman tovar harakati tizimi bu qarorga qanday munosabatda bo‘ladi.
Tizimli yondashishga binoan ishlab chiqaruvchi korxonada shakarni qadoqlash haqidagi qarorlar transport va savdo-sotiq tashkilotlarining talablarini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur va maqsadi moddiy oqimni optimallashtirishdan iborat bolishi kerak.