Osnovi Web-texnologiy


Shahar yo‘lovchi transportini ijtimoiy va mantiqiy tizimlarini munosabati



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə67/85
tarix31.12.2021
ölçüsü0,71 Mb.
#113176
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85
Elektron tijorat 2 qism

Shahar yo‘lovchi transportini ijtimoiy va mantiqiy tizimlarini munosabati


Shahar mikrotumanlari yoki yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan yirik uzellardagi korrespondentlar (ya‘ni yo‘lovchilar) tashuvchi yo‘llarni yoki marshrutlarni tashkil etish asoslari bo‘lib, ularning yig‘indisi shahar transport shohobchalarini tashkil etadi. Aytilgan shohobchalarni shahar hududlariga oqilona joylashtirish va turli xildagi shahar transportlari orasida yo‘lovchilar tashish ishini muvofiqlashtirishda marshrutlarni iloji boricha yo‘lovchilar qatnovi uchun zarur bo‘lgan vaqtni tejash, ya‘ni uni minimal bo‘lishi, harakat muntazamligi va tekisligini hisobga olib, marshrutlarni to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday talablarni bajarish uchun harakatni eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha (amalda bor yo‘l va ko‘chalarni hisobga olib), aholi zich yashaydigan va markazni chetki tumanlar bilan birlashtiruvchi hamda turli xil, eng avvalo bor metropoliten transportlari bilan (agar bunday transport bo‘lsa) tutashuvchi marshrutlar tashkil etilishi tavsiya etiladi.

Marshrutlar yo‘nalishi va transport shohobchalarining joylashuvi (konfiguratsiyasi) yo‘lovchilar hosil etuvchi va yo‘lovchilarni ko‘plab qabul etuvchi uzellar shahar hududidagi joylashuvigi bog‘liq bo‘lmay, shaharning transport harakatlari kommunikatsiyalarini joylashuvi (planirovkasi), ko‘chalarning alohida xususiyatlari, ulardagi harakat zichligi va jadalligi kabilarga ham bog‘liqdir.

Amalda bor yirik shaharlardagi yo‘lovchilarga xizmat etish shahar transporti turlari (metro, tramvay, trolleybus va avtobus) ichida eng ko‘p tarqalgani avtobus transportidir. Avtobus transporti ko‘pchilik kichik va o‘rta shaharlarda yagona yo‘lovchilar tashuvchi transport turidir.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin