O‘lchamlariga ko‘ra yuklar: gabaritdagi, ya‘ni avtomobilning standart kuzovida tashilishi mumkin bo‘lgan yuklar; nogabarit yuklarga bo‘linadi. Nogabarit yuklarga balandligi 2,5m, eni 2,0 m va uzunligi 3,5 m (uzun o‘lchovli yuklardan tashqari)dan ortiq o‘lchamli yuklar kiradi. Uzun o‘lchamli yuklarga uzunligi kuzov uzunligiga qo‘shimcha uning uchdan bir qismi va undan ham uzun yuklar kiradi.
Nogabarit yuklar faqatgina davlat avtomobil nazorati (DAN) ruxsatiga binoan va qizil chiroq (belgi) o‘rnatilgan holda tashilishlari mumkin.