Siz o‘quvchilardan ular “marketingga oid aloqalar” atamasini qanday tushunishlari haqida o‘ylab ko‘rishlarini so‘rashdan boshlashingiz mumkin.
O‘quvchilardan navbatdagi “Marketingga oid aloqalar va ularning mijozlar hamda tashkilotga ta’siri” mavzusini muhokama qilishlarini so‘rang. Marketingga oid aloqalar va ularning turli tashkilotlarda qo‘llanilishi borasidagi muhokamani qo‘llab-quvvatlash uchun o‘quvchilarning misollaridan foydalaning.
Mijozlarning e’tiborlarini jalb etish, ularda o‘zaro bog‘liqlik, idrok etish va sodiqlik hislarini shakllantirish uchun brendlarni targ‘ib qilish va rivojlantirishdagi marketingga oid aloqalarning tutgan o‘rni haqida guruhda muhokama o‘tkazing.
O‘quvchilardan bolalar uchun reklama va “pester power” (bolaning ota-onasidan biror nimani sotib olib berishlarini so‘ray olish qobiliyati), sotuvlar chog‘ida bosim o‘tkazish usullari, “greenwash” (halokatli faoliyatni yashirish, sir saqlash yoki kamaytirib ko‘rsatish maqsadida atrof-muhitga nisbatan yolg‘on yoki chalkashtiruvchi do‘stona munosabat) va maxfiylik kabi marketingga oid aloqalardagi axloqiy masalalarga doir o‘zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashish uchun kichik guruhlarda ish olib borishlarini so‘rang.
|