Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 281,91 Kb.
səhifə57/65
tarix20.12.2022
ölçüsü281,91 Kb.
#121559
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
2. Ozbekistonda arxiv ishi tarixi.OYBEK RASHIDOV

Tayanch so‘z va iboralar: Qorao‘zak, Kegayli, Beruniy, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot, O‘zarxiv agentligi, “Yosh xivaliklar”, XXSR, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesi, Orol dengizi, “Petro-Aleksandrovskiy shahar maktablari”, “Amudaryo boshqaruv kanselariyasi”.

Q
oQoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv ishi boshqarmasi tizimida qanday ishlar ra


a3m a.4q
5.Qlo. Qoraqolpog‘iston Respublikasi MDA saqlanayotgan fondlar tasnifi haqida mQlog

1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi agoqo
“O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son
oqhs‘
qarori. Lex.uz.

siplz

tropa
olhia




oigo

nl‘gy

mi‘u
Rosir
esiqt tsdo
147

  1. O‘zarxiv agentligi rasmiy sayti. www.archiv.uz.

  2. http://www.karakalpakstan.archive.uz

    1. Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxiv ishi sohasidagi xalqaro hamkorlik


Reja:

  1. O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxivshunos kadrlar tayyorlashning dolzarbligi.

  2. O‘zbekiston arxivchilarning xalqaro aloqalari.

    1. O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxivshunos kadrlar tayyorlashning dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki yillarida arxiv sohasidagi yangi usullar va texnologiyalarni joriy etish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy-uslubiy ishlanmalar yaratish, xamda arxiv xizmatini takomillashtirish ishlari borasida sezilarli kamchiliklar aniqlandi. Sohada malakali kadrlarni etishmasligi, arxiv hujjatlarini sifatli shakllantirish, komplektlash, hisobga olish, saqlash va undan foydalanish ishlarini tashkil etish dolzarb masalaga aylangan edi.

Bugungi kunda respublikamiz arxiv muassasalarida yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan talab juda yuqori. Mamlakatimizning yuzdan ortiq davlat arxivlarida 1500 ta shtat o‘rinlari mavjud bo‘lib, ularning 945 tasi uchun kvalifikatsiya talablari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxasislarni ishga qabul qilish lozim. Lekin 2009 yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra respublika davlat arxivlarida faqat 280 ta oliy ma’lumotli mutaxasis ishlamoqda.
2007-2009-yillarda 122 ta idoralararo shaxsiy tarkib arxivlar va davlat arxivlarining asosiy komplektlash manbasi bo‘lgan 7000 tadan ko‘proq idoraviy arxivlarni ish yuritish va arxiv ishi holati o‘rganildi va ushbu arxivlarda mutaxasis kadrlarga bo‘lgan talab juda katta ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga ushbu arxivlarda va ish yuritish soxasida ishlayotgan xodimlarni ma’lumot darajasidagi kamchiliklar aniqlandi.
Xususan, ko‘pgina vazirlik va idoralardagi ish yuritish tizimiga javobgar bo‘lganlar hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi aniqlandi. Ular ish yuritishning o‘ziga xos tomonlarini shu vazifani
bajarish jarayonida shaxsiy kuzatish jarayonida o‘zlashtirib olishlari ma’lum bo‘ldi. Natijada ushbu bo‘lim xodimlarida ish yuritish madaniyati va uning asosiy tushunchalari haqidagi bilimlar bir necha yil ishlagandan so‘ng paydo bo‘lar ekan.
Hozirgi vaqtda respublikamizdagi yigirmadan ortiq kasb-hunar kollejlarida “Arxivshunoslik va ishyuritish mutaxassisi” kasbi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Ushbu kasb bo‘yicha ta’lim olgan o‘quvchilar quyidagi ixtisosliklarni egallaydilar: arxivarius, hodimlar inspektori, ish yurituvchi-kotiba. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar umumta’lim fanlari bilan bir qatorda umumkasbiy fanlarni ham o‘rganadilar.
Kasb-hunar kollejlarida “Arxivshunoslik va ishyuritish mutaxasisi” bo‘yicha ishchi o‘quv rejasi bilan tanishish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, umumkasbiy va maxsus fanlar asosan 2-3 kurslarda o‘tiladi. Shu bilan birga ushbu fanlar bo‘yicha nazariy darslar kamroq, asosan amaliy darslar o‘tish rejalashtirilgan. Bu esa ushbu yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar egallayotgan yoshlarni bevosita amaliyotda ish olib borishga tayyorlash ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari maxsus fanlarni chuqur o‘zlashtirishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan.
Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari hamda darsliklarini takomillashtirish, mazmunan uzviylashtirish bilan ta’lim uzluksizligini ta’minlash; o‘quv rejalaridagi turdosh fanlarni integratsiyalash orqali o‘quv yuklamalari ko‘lami va hajmini optimallashtirish; kasb-hunar kollejlarida vertual o‘quv-laboratoriya zamonaviy axborot kommunikatsiya, elektron-texnik va masofadan o‘qitish imkonoyatlarini kengaytirish, darslik, qo‘llanma va o‘quv filmlarining elektron turlarini yaratish va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish; uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlari uchun chop etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning mazmuni, dizayni, matbaa sifatini yanada yaxshilash kabi vazifalar ham turibdi.
Yuqori malakali arxiv mutaxassis kadrlarini tayyorlash masalalari O‘zbekiston ta’lim tizimidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda respublikada arxiv kadrlari tayyorlash tizimi yaratilgan.
“Arxivshunoslik” (5220300) bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida, Buxoro Davlat universitetida, Namangan Davlat universitetida tayyorlanmoqda. “Hujjatshunoslik va arxivshunoslik” (5A220301) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha esa O‘zbekiston Milliy Universitetda mutaxassislar tayyorlanmoqda. Shu bilan bir qatorda ushbu boradagi muommolarni hal etishda hozirda arxivda ish olib borayotgan xodimlarda ham zamonaviy bilimlarni shakllantirish, bu borada ularning keng ko‘lamda, ayniqsa qisqa muddatlarda malaka oshirishlarini tashkil etish masalasi dolzarb tus olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda boshqaruv siyosatini takomillashtirish va kadrlarning malakasini oshirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Javaharlal Neru nomli O‘zbek-Hind axborot Texnologiyalari markazining qisqa muddatli o‘quv qursi tashkil etildi. Bu o‘quv kursida turli arxivlardan kelgan arxivchi xodimlar malakalarini oshirdilar.
Bu haqida xorijlik tadqiqotchi Antonina Burton quyidagi fikrlarni keltiradi: “mustaqillik yillarida xorijdgi tadqiqotchilar ham O‘zbekistondagi nodir hujjatlarni o‘rganish va tadqiq etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, O‘zbekistonda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan, ilk chet ellik tarixchilarga, sovet davridan keyingi davrni ko‘zdan kechirish, o‘sha paytdagi ruhiyatni o‘rganish vazifasi qo‘yilgan. Mustamlaka davrdan keyingi yangicha nazariyalar bilan tanishib chiqqan g‘arb tarixchilari Markaziy Osiyoga dunyo miqyosidagi imperial tizim sifatida qaray boshlashdi va mustamlakachilik siyosati mahalliy madaniyat hamda jamiyat hayotida kuchli bosim ostida kiritilganini ochib tashlashdi. Bir necha o‘n yillar davomida berkitib qo‘yilgan arxivlarda ishlash juda quvonchli edi. Ammo, shu bilan birgalikda ularni qayta yopib qo‘yishdan qo‘rquv hissi bo‘lgan tarixchilar uchun u yerda ishlash ko‘plab imtiyozlarni yaratdi. Shuningdek, arxiv hujjatlari ustida olib borilayotgan tadqiqotlar dolzarb o‘zgarishlar sharoitida mamlakatning mavjut holatini yoritishdan ko‘ra oldingi tuzum ruhiyatini ochishni nazarda tutardi”
(Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-P.54.).
“O‘zbekistonda arxivlarning ochilishi bir tomondan g‘arb tarixshunosligi va sobiq Ittifoq arxivi orasida, boshqa tomondan esa xorijiy tarixchilar hamda ularning o‘zbek hamkasblari orasida “aloqa ko‘prigi” ning yaratilishiga imkon yaratdi. O‘z tajribalarimni ilmiy izlanishlar olib borayotgan 9 nafar olimning natijalari bilan uyg‘unlashtirganimda shu narsaga amin bo‘ldimki, odamlar bilan kutilmagan uchrashuvlar, rasmiy marosimlar arxiv hujjatlarining ijtimoiy-siyosiy, hattoki intelektual ahamiyatini ochib berishda ba’zan yordam bergan bo‘lsa, ba’zan esa to‘sqinlik qildi. Chunki, o‘sha davrning tarixnavislari tuzum siyosatini tarix zarvaraqlariga yozayotgan paytda uni balandparvoz gaplar bilan buzganida O‘zbekistonning bugungi nufuzi haqida o‘ylashmagan albatta” (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-P.54.).


    1. Yüklə 281,91 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin