Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarining bugungi kundagi ahamiyati.
Abdulla Qahhorning koʻplab satirik hikoyalari hozirgi davr bilan chambarchas bogʻliq. Hikoyalardagi satirik qahramonlarga oʻxshsh insonlarni hozirgi kunda ham topishimiz mumkin. Ma’salan “SAN’ATKOR” satirik hikoyasini oladigan boʻlsak unda San’atkorning qanchalik nodon va notovonligi aks ettirilgan.Bugungi kunda ham ba’zi sa’natkorlarga qiyoslab ham koʻrishimiz mumkin .Hozirgi kunda ba’zi bir san’atkorlar qoʻshiq kuylasa ham kuyga solsa ham lekin aytayotgan soʻzlarining ma’no – mazmunini tushuna olmaydi. Ba’zi soʻzlarni ma’nolarini anglamagan holda soʻzlarni xato qoʻllashi kuzatilmoqda.
Abdulla Qahhorning “Boshsiz odam” satirik hikoyasi. Boshsiz odamlar bugungi kundagi ba’zi bir ongi boʻla turib oʻz fikriga ega boʻlmagan boshqa odamlarning yoʻl –yoʻriqlariga ergashib ketadigan insonlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Inson hayotida oʻz fikriga ega boʻlishi shart. Insonlar fikri bilan yashab boʻlmaydi.
“Adabiyot muallimi”satirik hikoyasida hozirgi davrga aloqasi bor. Oʻsha davrdagi bilimsiz muallimlar hozirgi kunda ham uchratishimiz mumkin. Boqijon Boqiyev kabi muallimlarni hozirgi hayotimizda koʻrishimiz mumkin.Oʻz kasbini yaxshi bilmagan lekin vaziyatdan chiqib ketish uchun turli gaplarni aytib vaziyatlardan chiqishga harakat qiladi. Jamiyatimizda ham shunday muallimlar bor. Oʻquvchilar savol berganda oʻzlari ham javobini bilishmasa oʻquvchilarga oʻzlarining topib kelinglar yoki shuni ham bilmaysizlarmi deb oʻzini ba’zida bilimsizligini bildirib qoʻyishadi. Shuning uchun inson qanday sohada oʻqishidan qat’iy nazar oʻz kasbini yaxshi oʻzlashtira olishi shart shunda insonlar balki oʻquvchilar oldida uyalib qolishmaydi. Har bir kasbiga sidqidildan yondashishi lozim.
Abdulla Qahhorning yana bir hikoyasi bu “Mayiz yemagan xotin” Undagi bosh qahramon Norqoʻziga oʻxshash gʻiybatchi inson hozirgi kunda ham talaygina.
Bilib-bilmay isonlarni gʻiybat qilish gunohligini bilsalarda ba’zida bu ishdan qaytmaydilar. Shuni ham bilish kerakki bu dunyo qaytar dunyodur. Norqoʻzi shuncha gʻiybat qilggani uchun oʻz ayolidan qaytadi. Inson hayotida ba’zi keraksiz narsalarga vaqtini ajratgandan koʻra avallo oʻzini tahlil qilishni va oilasiga koʻpro e’tibor berishi lozim.
Xulosa.
XX asr oʻzbek adabiyoti boy va murakkab tarixiy davrni boshidan kechirdi. Bu davrning ikki jihati e’tiborni tortadi. Birinchidan, jadidchilik bayrogʻini koʻtarib chiqqan oʻzbek adabiyoti shoʻrolar davrida yangi siyosiy mafkura bilan yashirin kurashga kirishdi. 20-yillardan eʻtiboran oʻzbek adabiyotida jadidchilik gʻoyalari va unga asoslangan asarlar taqdiri fojiali tugadi. Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidov, Fitrat. Abdulla Avloniy singari jadid adiblarining asarlari mafkuraga singishib ketmadi. Aksincha, shoʻro adabiyoti esa jadid adabiyotini keskin inkor qilishdan ish boshladi. Oʻz mavqeiyni tiklab olgan shoʻro mafkurasi yangi oʻzbek adabiyotining buyuk salaflari Fitrat, Abdulla Qodiriy, Choʻlponlarni jisman mavh etdi. Bunday adiblarning soxta tarjimai hollarini yozdirdi.
Ikkinchidan, bu adabiyot oʻzining yangi davr siyosatiga bosh egib, tuzumni madh etadigan adiblarini dunyoga keltirdi. Gʻ.Gʻulom, Oybek, A.Qahhor, H.Olimjon singari adiblarning hayoti va ijodida oʻsha davr mafkurasi asosiy oʻrinda turdi. Bu, albatta, oʻz navbatida oʻzbek adabiyotining dunyo taraqqiyoti bilan hamqadam ravishda rivojlanishiga salbiy taʻsir koʻrsatdi.
Biz, avvalo, shoʻro davrida ijodkor biografiyasini oʻrganish muammolarini kuzatishga, buning obektiv subektiv va omillarini aniqlashga harakat qildik.
Maqsadimiz aynan shu muammolarning mohiyatini anglash va ilmiy asosli xulosaga kelish edi. Bunda biz dastlab biografiya yaratishdagi nazariy-ilmiy tomonlarning ekanligiga yechimi nimada toʻxtalar ekanmiz, oʻzbek adabiyotshunosligida biografik metod, biografik janr va adabiy portret singari adabiy istilohlarning zamiridagi maqsad va ular haqida yetarlicha ilmiy manbalarning yukligini aytib oʻtishdir.
Adabiyotshunoslikda ijodkor tarjimai holi biografik metod asosida oʻrganiladi. Bu metodga asoslangan ijodkor biografiyasi har tomonlama, yaʻni uni oʻrab turgan muhitdan kelib chiqqan xolda moddiy-maʻnaviy, siyosiy-ijtimoiy hayot mujassamligida yaratilishi nazarda tutiladi. Ushbu usulga koʻra, dastavval, yozuvchining kundalik hayoti va birinchi oʻrinda ahamiyat qaratiladi. odatlariga, uning ruhiyatiga.
Mazkur metodni nazariy va ilmiy jixatdan gʻarb olimlari A.Morua, Sh.Sent Bev oʻz asarlarida yoritdilar. Ularning adabiy portretlarida, asarlarida ijodkor tarjimai holini yaratishning nazariy amaliy muammolari atroflicha oʻrganildi. Rus va adabiyotshunoslari ham biografik metod borasida ayrim oʻziga xos izlanishlar olib bordilar.
Oʻzbek adabiyotshunosligida biografik metod muammolari ham nazariy jihatdan, ham amaliy jihatdan yetarlicha oʻrganilmadi. Natijada, XX asr adabiyotida yozuvchi tarjimai holini maʻlumotnoma tuzish holatiga kelib qoldi.
Oʻzbek adabiyotida yozuvchi tarjimai holining yaratilishidagi tajribalar Alisher Navoiy zamoniga borib taqaladi. Alisher Navoiyning bu yoʻnalishdagi ishlari bugungi Oʻzbek adabiyotshunoslari uchun ham asos boʻlib xizmat qilmoqda. Shuningdek, Xondamirning Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Makorimul- axlok" asari ham eng yaxshi biografik asarlar namunasi deyish mumkin. Adabiyotshunos Izzat Sultonning Alisher Navoiy tarjimai holini tasvir etuvchi "Navoiyning kalb daftari" asari ham shu yoʻnalishdagi goʻzal izlanishdir.
Biroq, shoʻro davrida ijodkor biografiyasini yaratishda muammolar mavjud edi. Bunda mafkuraviy talablarning taʻsiri kuchli boʻldi. Shu bois oʻzbek adabiyotshunosligida biografiya yaratishning nazariy talqini zaruriy XOL. ILMIY tadqiqodata tortilishi. Oʻzbek adabiyotshunosligida ijodkor biografiyasining oʻrganish muammolari haqida muhokama yuritar ekanmiz, bunda biz jahon adabiyotshunosligida ijodkor biografiyasining oʻrganilishi masalalariga ham toʻxtaldik va ayrim oʻrinlarda qiyoslash yoʻlidan borishni lozim topdik. Darhaqiqat, jahon adabiyotshunosligi bu borada bizdan ancha ilgarilab ketgan. Aytish kerakki, gʻarb olimlarining biografiya yaratishdagi ilmiy va amaliy yutuqlaridan oʻrganish katta ahamiyat kasb etadi.
Yozuvchi Abdulla Qahhor tarjimai holini oʻrganish ham muammolardan xoli emas. Ayonki, shoʻro adabiy tanqidchiligida uning ijodini oʻrganish jarayoni qizgʻin bordi. Bunda adibning adabiyotimiz xazinasiga chinakam hissa boʻlib qoʻshilgan badiiy boy merosi, uning ijodi xalq maʻnaviyatini boyitishi, komil insonni tarbiyalashdagi muhim ahamiyati oʻrganildi.
Biroq, Abdulla Qahhor tarjimai holini oʻrganish shoʻro davrida bir tomonlama olib borildi. Unda sovet tuzumining cheksiz yerdami bot-bot ezildi va asarlarining ilmiy talqiniga ham shu ruh singdirildi. Ammo, uning tarjimai holidagi ayrim holatlar oʻrganilmadi:
a) yozuvchi biografiyasining yaratilishida uning shaxsiy hayoti va oilaviy munosabatlari, shuningdek, shaxsini oʻrganish anchayin eʻtibordan chetda qoldi
b) yozuvchi biografiyasida uning hayotining ayrim fasllari, xususan, 20-30-yillardagi kechgan turmush tarzini yozish bir yoqlamalik bilan amalga oshirildi:
v) aynan shu yillardagi ijodi ham siyosiy gʻoya talab etgan alfozda talqin etildi;
g) yozuvchi biografiyasi yozilganida uning ruhiy kechinmalariga umuman oʻrin berilmadi va bu holat asarlariga qay tarzda kirib borganligi haqida yozish odat tusiga kirmadi;
d) yozuvchi biografiyasida ijodining koʻp qirralari ilmiy talqin qilingan, biroq bu uning ijodi butkul toʻliq oʻrganildi, degani emas. Yozuvchining adabiy jamoatchilikka nomaʻlum boʻlgan "Tashvish", "Zilzila", tugallanmagan "Goʻzal" kabi asarlarning ilmiy tadqiqot doirasiga tortilgani bunga dalil boʻladi.
Aytish kerakki, Abdulla Qahhor tarjimai xolini oʻrganishda, uning tugʻilgan joyi masalasi aniq bir yechimini topmagan. Negaki, Abdulla Qahhorning oʻzi hamda uning ijodini oʻrgangan bir guruh adabiyotshunoslar Qoʻqonning Koʻmir bozori mahallasida tugʻilganini aytadilar. Biroq adabiyotshunos O. Sharafiddinov "Abdulla Qahhor" nomli kitobida yozuvchini Leninobod viloyatining (Tojikiston Respublikasi) AShT qishlogʻida tugʻilgan deb yozadi. Shu qishloqlik Nasibjon Amoniy ham O.Sharafiddinovning fikriga qoʻshiladi.
Tadqiqotda yozuvchining tugʻilgan joyi yuzasidan fikr yuritishimizning boisi shuki, unda bu masala Abdulla Qahhor tarjimai holini oʻrganishdagi muammoli jihatlardan biri ekanligini isbot etishdir.
Yozuvchining bolalik, oʻquvchilik va talabalik davrida yozgan qoʻshiqlar, turli fanlardan tutilgan konspekt daftarlari nafaqat yozuvchi tarjimai holini toʻldiradi, balki Abdulla Qahhorning adabiyot dunyosi bilan qadamlar sifatida ham e’tiborlidir.
Dastlabki Abdulla Qahhor ijodi shoʻro davri mafkurasidagi va munosabatlar, asosan, “manfiy” va “musbat” tarzda namoyon boʻldi. Ayniqsa, yozuvchining 30-yillarga boʻlgan munosabati ikki xil yoʻnalishda kechgani uning asarlarida koʻrinadi. “Sarob” romanida yozuvchining davrga gʻoyaviy xayrixohligi sezilsa, uning “Tashvish” pyesasi va “Zilzila” qissasida 30-40-yillardagi voqealarga qarashda oʻsha davr mafkurasining ayrim nuqtalaridan bir qadar chekinish borligi ham kuzatiladi.
Yozuvchi asarlarining ijodiy biografiyasini oʻrganishga qaratildi. Shu bois adibning “Anor”, “Bemor”, “Tashvish”, “Zilzila”, “Sarob”, “Muhabbat”, “Oʻtmishdan ertaklar” asarlarini biografik asarlar galereyasi deyish mumkin. Chunki bu asarlar yozuvchining hayoti va ijodini, uning ruhiy olamini oʻrganishda ahamiyatlidir. “Bemor” va “Anor” hikoyalarini yozishga undagan ichki tuygʻu uning bolaligida kechgan ogʻir turmush tarzi hamda onasi Rohatoy opa hayoti bilan bogʻlik ekanini va oʻsha voqealarning yolgʻiz shohidi boʻlgan yosh Abdulla ruhiyatiga salbiy taʻsir etgan. Bizningcha, bu hikoyalarning jozibasi ham aynan yosh Abdulla ruhiyatining anglashilib turganidadir.
30-yillarda adabiyot va ziyolilar boshiga kelgan mudhish voqealar Abdulla Qahhorning hayoti va ijodida katta burilish yasadi:
a) Abdulla Qahhor shoʻro davrini madx etishga oʻzida majburiylik xissini sezdi va shu ruhda asarlar yozish bilan mashgʻul boʻldi;
b) yozuvchi davr bilan hisoblashishga majbur boʻldi, lekin oʻz vijdoni oldida javob berishni ham unutmadi. Uning “Tashvish” dramasi. “Zilzila” qissasi vijdon daʻvatiga javoban yozilgan boʻlsa, ajab emas. Yozuvchi ijodiy laboratoriyasi bilan tanishish ham Abdulla Qahhor ijodining oʻziga xos jihatlarini ochib berdi. Xususan, uning xarakter yaratishdagi mahorati, xarakter rivoji, evolyutsiyasi - uning “Tashvish” dramasidagi Suxsurov obrazi va “Tobutdan tovush” dramasidagi Suxsurov obrazlarining qiyosiy ko’rinishi bor. Demak, yozuvchi “Tashvish” pyesasini yozish jarayonida oʻzining tajribasizligini anglab yetgan va asaridan u darajada ko’ngli toʻlmagan. Soʻngra, ijodiy kamollikka erishgan adib yana shu mavzuga qaytdi. 60-yillarda badiiy mukammal “Tobutdan tovush” dramasini yozdi. Yozuvchiga tajribasizlik ortidan dunyoga kelgan “Tashvish” asari badiiy puxta “Tobutdan tovush” drammasining yuzaga kelishiga asos boʻldi desak oʻrinlidir.
Tugallanmay qolgan “Go’zal” hikoyasidagi voqealar va motivlar kuchishi esa “Muhabbat” qissasida koʻrinadi. “Goʻzal”dagi Goʻzal obrazining “Muhabbat” qissasidagi Muhayyoga aylanishi kuzatilib, yozuvchining ijodga, soʻzga, qolaversa, badiiy detalning oʻrni – oʻrnida ishlatilishiga katta ahamiyat berganini sezish mumkin. Yozuvchi uchun ijod qilish odatiy holat deb qabul qilsak, unda badiiy detal tasviriga ham shu nuqtai nazardan yondoshiladi. Biroq Abdulla Qahhor uchun ijod qilish va badiiy detalning oʻrni juda qimmatlidir. Bunga uning “Goʻzal” “Muhabbat” va asarlaridagi xarakter va motivlar kuchishi yaqqol misol boʻladi.
Xullas, Abdulla Qahhor shaxsiga va ijodiga boʻlgan munosabatimiz keskin hukm chiqarish emas, balki Abdulla Qahhordek ulugʻ bir yozuvchining siyosiy mafkura tazyiqida shaxs sifatida majburan sindirilganligi achinarli hol ekanligini aytishdir. Lekin uning talanti davrning iddaosidan zoʻr chiqdi. Iste’dod siesat degan katta kuchni yengib chiqqanligini eʻtirof etish payti keldi.
“Oʻgʻri” hikoyasida oʻzgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Uning “Otning oʻlimi itning bayrami “ maqoli epigraf qilib olingan.”Dehqonning kuyi kuysa kuysin, hoʻkizi yoʻqolmasin. Bir qop somon, oʻn-oʻn beshta xoda, bir arava qamish uy , hoʻkiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qoʻyish kerak boʻladi”-kabi misralar shu hikoyadan olingan.
“Mayiz yemagan xotin” hikoyasida yozuvchi yangi zamondagi oʻzgarishlarni koʻrolmaydigan, paranjini tashlagan qizaloqdan tortib har bir keksa ayolgacha gumonsirab qaraydigan, ular haqida kurakda turmaydigan gʻiybat gapni tarqatishdan or qilmaydigan mulla Norqoʻzining hajviy qiyofasini yaratgan.
Dostları ilə paylaş: |