Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti 304-guruh talabasi Valijonova Umida Olimjon qizining


Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarining oʻziga xosligi



Yüklə 73,21 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2022
ölçüsü73,21 Kb.
#121024
1   2   3   4   5
Umidaxon (2) (1)

Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarining oʻziga xosligi.
Abdulla Qahhorning oʻttizinchi yillaridagi hajviy hikoyalarida insonning qadr-qimmatini pastga uradigan turli-tuman nuqsonlar har xil illatlar badiiy jihatdan teranlik bilan atroflicha tadqiq qilingan.
Masalan “Bek”, “Ogʻaynilar”, Iikki yorti bir butun”, “Munofiq” kabi hikoyalarda Abdulla Qahhor laganbardorlik, xushomadgoʻylik munofiqlik kabi illatlarni qattiq qoralaydi. Bu illatlar hamisha jamiyatga zararli odamlarning oʻzaro munosabatlariga rahna soluvchi illatlar boʻlib kelgan, ammo muayyan sharoitda bu illatlar ayniqsa munofiqlik odamlar boshiga son-sanoqsiz kulfatlar ham sabab boʻlgan.Abdulla Qahhor “Munofiq”hikoyasida shunday shaxsning kishini ijirgʻantiruvchi obrazni yaratgan.Kattakon ketmon nusxa shapka kiygan yengli kamar bogʻlab yuradigan Nizomiddinov xalq dushmanlarini fosh qilish bahonasida kurakda turmaydigan dalillarni roʻkach qilib halol odamlarga tuhmat yogʻdirdi, ularga siyosiy ayblar qoʻyadi.Biri shuning uchun dushmanki, “oʻrtoq Buzrukov oʻgʻlining otini Marks qoʻyganda kulgan”. Ikkinchisi shuning uchun dushmanki,”bir mushtumzoʻrdan echki sotib olgan”. Yana bir chol “sakkizinchi mart kechasi boʻshagan limonad shishalarini uyiga olib ketgan”. Nizomiddinov boshqalarga tuhmat yogʻdirish yoʻli bilan ularni qoʻrqitib olishga intiladi hamma undan choʻchisa shunda uning oshigʻi olchi, biror mushugini pisht deyolmaydi. Holbuki, Nizomiddinovning oʻzi munofiqqina emas, u oʻta ketgan laganbardar-xushomadgoʻyligi shu darajadaki boshligʻini kuldirish uchun qovunga piyoz qoʻshib yeydi.
Xullas, hikoyada munofiqlik e’tiqodsizlik bilan qoʻshilib ketganda jamiyat uchun xavfli illatga aylangani yaxshi koʻrsatilgan.Bulardan tashqari madaniyatsizlik, ongsizlik,nodonlik , manmanlik kabi qusurlar “Adabiyot muallimi”,”San’atkor”, “Oʻjar”, “Ayb kimda” kabi hikoyalarida yaxshi ochilgan.Bu hikoyalar oʻzbek sovet hajviyotining eng nodir namunalari boʻlib qoldi.

Abdulla Qahhor hajviyotining eng muhim xususiyati shundaki, avtor qaysi bir illatni tanqid obyekti qilib olmasin, odamlardagi qaysi bir salbiy xususiyatni fosh etmasin, buning hammasini bir maqsadga-oʻzbek xalqining hayotida sotsialistik tuzum tufayli yuz bergan ma’naviy oʻzgarishlarni ijtimoiy-madaniy siljishlarni tasdiqlash va rivojlanishimizga toʻgʻanoq boʻlgan dogʻlarni yoʻqotish maqsadiga boʻysundiradi.Yangi hayot, yangicha madaniyat , yangi axloq va yangi psixologiya egalari Abdulla Qahhorning hamma hajviy hikoyalarida salbiy qahramonlarining salbiyligini yanada chuqurroq ta’qidlaydigan fon vazifasini bajaradi.Ayrim hikoyalarida salbiy qahramonlar yangi hayot va yangi odamlar bilan bevosita toʻqnashuvda fosh boʻladilar. Masalan “Mirza”hikoyasida “Inobatli Mirzo” deb don chiqargan, bir vaqtlar Nikolay zamonasida shirkatlarda mirzalik qilgan keyinchalik odamlarga ariza, duoyi salom yozib berib yurib, tirikchiligini oʻtkazgan.Boqi mirza yangi hayot bilan toʻqnashadi.Turgan shaharida mirzolik bilan kuni oʻtmay qolgach bshqa shaharga uzoq qarindoshinikiga boradi, ammo ma’lum boʻladiki bu yerda ham mirzodan boshqa savodsiz odam yoʻq ekan. Yangi hayot mirzolarni bir chetga surib qoʻyib mislsiz sur’at bilan oʻsib ketibdi.


“Jonfigʻon” bilan “Qizlar” hikoyasida ham xuddi shunday manzarani koʻramz. “Qizlar” hikoyasidagi Nurmatjonning otasi katta eshon oʻtgan. Zamonlar oʻzgarib, eshonlarning qadri ketgach, Nurmatjon zamonga moslashib bir amallab tirikchiligini oʻtkazadi. Familiyasini domovoyga “Toshxoʻjayev”deb emas, “Toshev” deb yozdiradi. Oʻzi xotin-qizlarning ochilishiga, ishlashiga oʻlgiday qarshi, lekin ishlaydigan xotin olishga rozi, negaki zamon unga boqmayapti. Hamma qizlar oila qurish masalalaridan zarracha havotir olmay bir oʻqishga, yana bir ishga kirib ketyapti.Bunaqaa ahvolda”ishlagan xotinni olmayman” deb oʻtiraversa boʻlmaydi gadoy arazlasa, toʻrvasiga zarar.Shundoq boʻlgandan keyin Nurmatjon ishlaydigan xotin olishning rivoyatini ham topadi-“husn chinni tovoq qazisi bilan boʻlsa yana ham yaxshi”. Shunisi qiziqki, bu rivoyat masalani yana Nurmatjon foydasiga hal qiladi. Hullas, zamonga moslashib olgan Nurmatjon hayot haqida odamlar toʻgʻrisida hamon eski tasavvurlar bilan yashaydi, toʻgʻrirogʻi u tasavvurlardan vos kechib hayotga sogʻlom fikr bilan nazar tashlashni, uyqudan uygʻonishni istamaydi. U bir zamonlar otasiga nazir qilingan. Karomatxon bilan Adolatxonni zamon oʻziniki hisoblab ularga uylanish rejalarini tuzadi.Holbuki,qizlar buni uxlab tushida ham koʻrmagan. Ularning biri zavod direktori, ikkinchisi-ximik injener. Yangi hayot Nurmatjonning oʻzini ham davolarini ham oʻta kulguli ahvolga solib qoʻygan.


“Oʻjar”, “Adabiyot muallimi”, “San’atkor kabi hikoyalarida yangi hayotning qudratli oqimi oʻziga xos yoʻl bilan ochilgan. Masalan “San’atkor”da oʻzini benih- oya “Ma’daniy”deb biladigan, aslida esa oʻzi aytadigan ashulaning ma’nosini tushunmaydigan chalasavod va madaniyatsiz artist fosh qilinadi.Hikoyada bir epizodik obraz bor-u san’atkorning uy xizmatchisi, lekin u martabasi san’atkornikiday yuqori emasligi bor yoʻgʻi oddiy bir uy xizmatchisi ekaniga qaramay savodsizlikni tugatish kursida oʻqiydi binobarin qandaydir maqsad oliyjanob niyatlar bilan yashaydi. Zamon shu oddiy odamning oʻsishi uchun yangi ufqlarga kiritilishi uchum hamma sharoitni yaratib bergan .Hikoyada uy xizmatchisi bilan san`atkor bevosita taqqoslanmaydi ,ammo oʻrtadagi qisqagina dialogga qarab kitobxonning oʻzi ular toʻg`risida teran hukum chiqarib oladi .


“xizmatchi daftar –qalam keltirib, san’arkorning oldiga qoʻydi:-“J”ning kattasi qanday yozilar edi? Domlamiz bir kuni koʻrsatgan edi ,esimda qolmabdi.
San`atkorning jaxli chiqdi :
-Endi “J”ga keldingizmi? Barjon deganda yoziladi.Kechagi Barjon og`zi ochiq qolibdi,gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat.Siz ham dunyoga kelib kulturniy boʻlsangiz-chi!:Burningiz terladi,arting tabir jayoiz koʻrilsa…
San`atkor oʻrnidan turib yotoqqa kirib ketdi.
-Yotasizmi?-dedi xizmatchi nargi uyidan.
-Kichigini yozib qattiqroq oʻqing.
Bu parchadan oʻz ustida ishlayotgan, ilimga intilayotgan xizmatchi qarshisida “kulturniy“likning birdan bir belgisi deb “boʻlsa”,”ta`bir joiz koʻrilsa”kabi iboralarni qoʻllashni tushunadigan,aslida esa ma`naviy dunyosi oʻta g`arib,hatto chala savod san’atkorning qiyofasi toʻla ochilgan.
Shu tariqa Abdulla Qahhor hajviy hikoyalarida turli-tuman ijtimoiy illatlarni ishonarli satirik tiplarda mujassamlashtirar ekan, shu illatlarni qoralash qusurlarni rad etish bilan cheklanmaydi.U ayni chog’da yangi hayotning qudratli qadamini ham tasdiqlaydi. Bu qadam hayotda turli shakillarda tulicha koʻrinishlar namoyon boʻladi.Adib ularni oʻz hikoyalarida shunday biro mil qilib oladiki, uning yordamida salbiy kuchlarning zamiridagi kulgi toʻla-toʻkis ifodalanadi.
Adulla Qahhorning hajviy hikoyalarida satirik harakterlar juda hayotiy boʻlib yorqin va qabariq chizilgandir.Toʻg`ri yozuvchi hech qaysi hikoyada qahramon xarakterini butun tarixi bilan koʻrsatmaydi,uning takomil jarayoni bilan tanishtirmaydi.Shuningdek,qahramonlar psixologiyasini chizganda, aniqrog`i,ularning xatti-xarakatini psixologik jihatdan dalilaganda muallif biror oʻrinda ortiqcha tafsilot nooʻrin cheklanishlarga yoʻl qo’ymaydi.U asosan biror konkret detal yordamida yoxud bitta –ikkita xarakat orqali xarakterni ochadi,xatto xarakter chiziladi.Abdulla Qahhor kamdan kam xollardagina (masalan “Bek”hikoyasida)qahramon xarakterini bayon qilish ta’rif –tavsif yordamida ochadi asosan esa ular bevosita harakatda koʻrsatiladi.
Adib yaratgan satirik obrazlarda portret ham muhim oʻrin tutadi.U ayniqsa psixologik portretdan keng foydalanadi biz yuqorida “Munofiq” hikoyasiga ma`lum darajada toʻxtab oʻtdik.Endi shu hikoyada qahramom portereti chizilganiga ahamyaat beraylik:”U kattakon ketmon nusxa shapkasini stulga qoʻyib bir quchoq material bilan minbarga chiqdi:enlik qamarini tortib bog`lab,”mana endi soʻzlash payti keldi “,deganday majlis axliga bir nazar tashladi-yu soʻz boshladi.
-Oʻrtoqlar!Trotsitkiychi – buxarinchi bandidlar,burjiya millatchilarni…
Ketdi…
Sirasini aytganda bu parchani ham aytganda tugal deb boʻlmaydi. U tepa kalmi yo sochi jingalakmi, yuzini ajin bosganmi yo hali silliq, qip-qizilmi, burni qoshi , quloqlari qanaqa, gavdasi miqtimi,ozg`inmi –hikoyada bularning hech qaysi tilga olinmaydi. Bundan keyin hikoya davomida xam uning tashqi qiyofasi haqida biron narsa demaydi. Biroq shunga qaramay ,oʻquvchi Nizomiddinovning qiyofasini koʻz oldiga keltiradi. Uning qanaqa odamligi haqida tugal tasavvur xosil qiladi.Yozuvchi qahramon portretini toʻla chizishni maqsad qilib qoʻymagan-mukammal va batafsil portretni hikoya koʻtara olmas ham edi.Shuning uchun u kitobxon diqqatini Nizomiddinov qiyofasidagi ikkita narsaga –uning “ketmon nusxa shapkasi”-yu, “enlik kama”ga jalb qiladi. Shunisi muhimki ,shapka ham kamar ham faqat obrazni jonlantirish uchun, uning quyofasiga konkretlik baxsh etish uchun xizmat qilmaydi. Ayni choqda bu detallar satirik tipning ijtimoiy mohiyatini ta’kidlovchi muhim vosita hamdir.Gap shundaki, 30-yillarning oʻrtalarida ketmon nusxa shapka ,koʻkragida ikkita choʻntakli ,qaytarma yoqqalik gimnasterka,nimasi bilandir galifega oʻxshab ketadigan yarmi xarbiycha shim,xrom etik ancha modaga kirgan edi.
Biroq muayyan toifadagi odamlar bu libosdan gʻarazli maqsadlarda foydalanganlar.Ular bu libos yordamida oʻzlarini sotsiallistik tuzumning oʻta jonkuyar ximoyachisi qilib koʻrsatishga kaltabinliklarini e’tiqodsizlik munofiqliklarini yashirishga urinishgan.
Abdulla Qhhor hikoyada Nizomiddinovning tashqi qiyofasidagi ikkita detalni ta’kidlash orqali uning harakteridagi ana shu jihatlarga ishora qilyapti.Shunisi e’tiborga loyiqki, “Munofiq “ hikoyasida ham , boshqa hajviy hikoyalarda ham adib janr talablariga qat’iy amal qiladi –biron oʻrinda portret chizishda batafsilikka berilmay ,eng muhim detallar orqaligina qahramonning qiyofasini ochadi.Tabiiyki, yozuvchi shunday ixcham portretning oʻzi bilan kifoyalansa , obraz yetarli darajada ochilmay qolishi mumkin edi.
Shuning uchun u hikoya davomida Nizomiddinovning nutqini ham berib boradi.Natijada nutqiy harakteristika qahramonning kim ekanini toʻla koʻrsatadi-da,uning mohiyatini ochishda muhim badiiy vositaga aylanadi. U balandparvoz gaplarni yoqtiradi.Hamma narsaga siyosiy tus berishga harakat qiladi, qiziq gaplar bilan oʻzining demagogligini niqoblaydi.
Satirik harakter yaratishdagi bunday prinsip “Adabiyot muallimi”, “Oʻjar “, “Sa’natkor “kabi hikoyalarida ham yetakchi oʻrin tutadi.
Abdulla Qahhor hikoyalarining muvafaqqiyatini ta’minlagan muhim omillarda yana biri – xar qaysi hikoya sujeti va kompozitsiyasini shu hikoyaning gʻoyaviy mazmuniga moslab ishlagandir . Biron hikoyada ortiqcha bayon , nooʻrin tafsilot keraksiz detal yoʻq. Voqealar kitob bilan rivojlanadi uning oqimida hech qanday suniylik , zoʻrma –zoʻrakilik sezilmaydi .
Har qaysi hikoya ikki –uch epizoddan ixcham lavhadan tashkil topgan boʻladi.
30- yillarning oʻrtalaridan boshlab , hikoyalar sujetini ishlashda Abdulla Qahhor Chexov tajribalaridan samarali foydalanadi ; u ham koʻp hikoyalarida voqeani eng keskin nuqtadan boshlaydi va biron oʻrinda dramatizmni susaytirmagan xolda voqeani nihoyasiga yetkazadi. Ayni chog’da koʻpgina hikoyalar kompozitsion qurilishida yozuvchi xalq ijodidan birinchi navbatda latifalardan foydalangani koʻrinadi. Ma’lumki latifalar koʻpincha bir-ikki lavhadan iborat boʻladi-yu , keyin biron jumlada ifodalangan yechim bilan tugaydi . Xuddi shu yechimda latifaning asosiy asosiy magʻizi hikmati ifodalangan boʻladi.Abdulla Qahhorning koʻpgina hajviy hikoyalari ana shunaqa kutilmagan yechimga ega.
Nihoyat, Abdulla Qahhor hikoyalarining tili puxta ishlanganini, g’oyat rangdor va shirali ekanini qayd qilmoq kerak. Toʻgʻri, bu mavzu aloxida tadqiq qilishga arziydigan, batafsil taxlil kirib, chuqur umumlashmalar chiqarish uchun yetarli material beradigan mavzu. Mavridi kelganda adibning badiiy til bobidagi mahorati masalasiga kengroq toʻxtarmiz. Hozircha esa hikoyalarning tili haqida bir-ikkita umumiyroq mulohaza bilan cheklanamiz. Maʻlumki, realistik metod adabiyotning asosiy materiali boʻlmish tildan ham realistik prinsiplar asosida foydalanishni taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, xalqning jonli tilidan uzoq, kitobiy, balandparvoz va sun’iy til bilan hayotiy va haqqoniy xarakterlar chizib bo’maydi, ularning ichki dunyosini, psixologiyasini aniq ifodalash qiyin, nuqtai xarakteristikalar gʻayritabiiy adi. Abdulla Qahhor 30-yillardagi ijodi davomida, ayniqsa, ustoz Chexovning maktabida tahsil koʻrib chiqqandan keyin asarlarida tilning hayotiyligiga intildi. Buni ijodning yetakchi prinsiplaridan biri darajasiga koʻtardi va bu prinsipga izchillik bilan amal qildi.

Abdulla Qahhor hikoyalarining tili sodda va tabiiy. Biroq bu soddalik shunchaki junlik emas, aksincha u juda katta mehnat evaziga qoʻlga kiritiladi. Hikoyalarda avtor nutqi xuddi xalqning jonli tiliday ravon oqadi. Buning ustiga har bir jumla fikrni gʻoyat tiniq ifodalashga xizmat kiladi. Ammo tilda soddalik va tabiiylik bilangina yuksak badiiylikka erishib boʻlmaydi. Shuning uchun adib tilda ham puxta obrazlilikka intiladi. Bu obrazlilik badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanish evaziga maydonga keladi. Yozuvchi xalq maqollari va materiallarini ham, turli ideomatik birikmalaridan ham keng foydalanadi. Personajlar nutqini ishlashda ham yozuvchi qahramon aytayotgan har bir jumlani uning psixologik xolatiga, madaniy saviyasiga, bilimiga, xarakteriga mos qilib tuzadi. Bularning xammasi asar mazmunini oʻquvchiga yetkazibgina qolmaydi, balki jonli, konkret manzaralar yaratadi, qaxramonlarning ichki dunyosini ochishga yordam beradi. Oʻquvchida muayyan emotsional holat uygʻotadi va unga hadsiz estetik zavq bagʻishlaydi.


Adib 1935-yilda yozgan “Mayiz yemagan xotin” hikoyasida xotin-qizlarning tengligi, ozodligi, erlari bilan barobar ishlashi mavzusi yorqin bir badiiy shaklda ochiladi. Shu ilgʻor gʻoyaga tish-tirnogʻi bilan qarshi turgan mulla Norqoʻzi paranjisini ochgan xotin-qizlar shaʼniga ertayu-kech boʻhton toʻqiydi.
Uyda “yetti qavat parda” ichida oʻtiradigan oʻz xotini mulla Norqoʻziga farishta boʻlib koʻrinadi. Ammo hikoya davomida bu “farishta”ning oʻtaketgan buzuq ayol ekanligi fosh boʻladi. Oʻynash yigiti paranji yopinib kirib, birga tunar ekanu, mulla Norqoʻzi erkaklarga hatto ovozini ham eshittirmaydigan bu ikki “farishta”ni behayolardan qoʻriqlab, ayvonda poyloqchilik qilib oʻtirar ekan. Zaifona kiyingan ikkinchi “farishta”ni esa oʻz xotini gunoh ustida tutib oladi. Janjal boʻladi, mahalla-kuydan odam yigʻiladi. Shu oʻrinda tajribasiz yozuvchi boʻlsa voqeani majlisga aylantirib, ilgʻor xotin-qizlarni soʻzga chiqarishi mumkin edi. Mulla Norqoʻziga oʻxshash eskilik tarafdorlarining shaʼniga gazeta maqolalarida ham aytish mumkin boʻlgan rasmiy gaplarni koʻplab aytishi mumkin edi. Ammo A.Qahhor bunday qilmaydi. U asarida aytmoqchi boʻlgan fikrini yorqin obrazlar holiga keltirib, xarakterlar mantigʻiga singdirib aytadi. Mana oʻsha hikoyaning kulminatsion nuqtasi:

Erini mulla Norqoʻzining uyidan topib olgan xotin: “Voydod, xaloyiq, bu qanday erkakki, xotinini birovga qoʻshib qoʻyib, oʻzi eshik poylab yotadi!” deb dod soladi. Mulla Norqoʻzi qoʻshmachi emas, u xotinini farishta deb oʻylab Mulla Norqoʻzi yana hech narsa deya olmaydi. Eski eʼtiqod uning oʻzini sharmandali bir ahvolga solib qoʻygan. Shu payt devor ustida turgan oʻn ikki yoshlardagi qizcha «devordan kesak koʻchirib olib mulla Norqoʻziga oʻqtaldi:


-Oʻl, oʻl, turqing qursin! Boshingga solaymi shu bilan! mahallada sasib, oʻquvchi qizlarga kun bermaysanu, oʻzing notoʻgʻri ish qilasan!


Mulla Norqoʻzi ortiq chiday olmadi. Devor ortidan qizga qarab oʻshqirdi:


-Sen gapirma! Senga kim qoʻyipti gapirishni! Usta Mavlonning oʻgʻlidan bir hovuch mayiz olganingni oʻz koʻzim bilan koʻrganman!


Hamma kulib yubordi. Tomdan kimdir qichqirdi:


-Ha, bu kishining xotini mayiz yemagan».


Xalq tilining qudratidan, boyliklaridan mahorat bilan foydalangan yozuvchi moʻjiza yaratishi mumkinligi bu misolda yaqqol koʻrinib turibdi. Mulla Norqoʻzining uyiga kirib dod solgan xotin ham, keksa chol ham, oʻquvchi qiz ham, mulla Norqoʻzining oʻzi ham bu yerda faqat bir ogʻizdan gapiradilar. Lekin shu qisqa gaplarda ularning ruhiy holatlari, har birining oʻziga xos tili va dili, saviyasi va pozitsiyasi, yoshi va jinsi yaqqol koʻrinib turadi.


Mulla Norqoʻzini qoʻshmachilikda ayblayotgan xotin “Voydod, bu qanday erkak!” deganda biz erini oʻzga ayol bilan tutib olgan ayol kishining alamini, gʻazabini yonishini sezamiz. “Sadqai odam keting-e, xotin qilish qoʻlingizdan kelmasa taloq qiling!”degan gaplar ham yetmish yashar moʻysafidaga juda mos, uning dilida borini, feʼlini, e’tiqodini aniq ifodalaydi. Oʻquvchi qizchani devordan kesak koʻchirib olib, yomon koʻrgan odamiga oʻqtalishi ham, “mahallada sasib, oʻquvchi qizlarga kun bermaysanu, oʻzing notoʻgʻri ish qilasan” deyishi ham uning tabiatiga, yoshiga juda munosib. “Oʻzing notoʻgʻri ish qilasan” degan ibora kishiga zavq beradi. Qizchaning chindan ham yangi maktab tarbiyasini olayotganiga bizni ishontiradi. Otdan tushsa ham egardan tushmayotgan mulla Norqoʻzi bu qizchaga oʻshqirib, unga birovning oʻgʻli bir hovuch mayiz berganini aytganda, odamlar gur etib kulib yuboradi. Oʻzi qoʻshmachining ahvoliga tushib turgan kishining yangi zamon ayollariga qarab aytgan gaplari endi chindan ham kulguli tus oladi. Demak, yozuvchi gʻoyani ritorik soʻzlar orqali emas, toʻlaqonli real xarakterlar orqali ifodaladi.


Shu tariqa A.Qahhorning mahorati tufayli mulla Norqoʻzi va uning “farishta”lari kulgu bilan maʼnan oʻldiriladi. Hikoyada koʻrsatilgan maʼnaviy gʻalaba mulla Norqoʻzilarni jismoniy oʻldirib erishiladigan gʻalabadan ming marta afzal.

A.Qahhor barcha oʻlik, chirigan narsalarni masxaralab, tanqid qiladi, ularni inkor etadi. Shu bilan birga, ilgʻor gʻoyalarni, zamonning talab va vazifalarini, xalqning istak va niyatlarini tasdiqlaydi va targʻib qiladi. U yomonga oʻz idealini, davr pafosini qarshi qoʻyadi va bu pafosning afzalligini, kelajagini va gʻalaba qilishi muqarrarligini ochib beradi, oʻz asarlariniig mazmuniga kulgisini, masxarasini singdirib yuborish bilan, kulgining ijobiy xususiyatini tasdiqlaydi. “Sanʻatkor”, “Adabiyot muallimi”, “Oʻjar” va boshqa hikoyalarini koʻzdan kechirsak, avtor kulgisi va masxarasining baquvvat kuchi doim sezilib turadi. Bu hikoyalarida avtor salbiy obrazlar qilmishlari ustidan barala kulish bilan ijobiy idealni oldinga suradi, uning gʻalabasiga yoʻl ochadi, afzalligini tasdiqlaydi.


Abdulla Qahhorning ilgʻor idealni ijobiy qahramonlar orqali berishi ham diqqatga sazovordir. Uning barcha ijobiy qahramonlari satirik shaxslar ustidan kuladi, ularni
“Adabiyot muallimi”da Hamida, “Sanʻatkor”da traktorchi, “Oʻjar”da Suyar, “Munofiq”da chol, “Qizlar”da kampir, “Jonfigʻon”da Malohatxon, “Bek”da
Muharir yomon ,chirigan narsalarni sarqitlarni qoralovchi , ilg’or yaxshi narsalarni targ’ib qiluvchi sifatida namoyon bo’ladilar.Bu hikoyalarda targ’ib qilish orqali tasdiqlash darajasi, priyomlari turlichadir. “Adabiyot muallimi”da savol-javob formasida ijobiy ideal tasdiqlansa, “Oʻjar”, “Qizlar”da faktlar keltirish, toʻgʻrini egriga qarama-qarshi qoʻyish, “Sanʻatkor”, “Munofiq”, “Jonfigʻon”da, nuqson va kamchiliklarga bevosita qarshi chiqish, ularga qarshi kurashish orqali kulgi keltirib chiqariladi, uning tasdiqlovchi roli oldinga suriladi.
Avtor turli yoʻllar bilan kulgining hayotdagidek quvvatini adabiyotga olib kirishga urindi. Uning ijtimoiy quvvatini baland koʻtarmoqchi boʻladi.

Sa’natkor ijtimoiy kulgini, xalq kulgisini illatlar ustidan qanchalik yuqori koʻtarsa, uning tasdiqlovchi roli ham shunchalik oshadi. Buni ayniqsa, butun satirik asarlaridan qizil ip kabi oʻtadigan avtor kulgisida yaqqol koʻramiz. Lekin kulgining tasdiqlanishini ijobiy qahramonlar orqali berishga kelganimizda, bu narsaning yetarli ochilmaganligi koʻzga tashlanadi. Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarida kulgili personajlar puxta chizilgan, ular asosli ravishda tanqid qilinadilar. Ammo, ularga qarshi qoʻyilgan, oʻzlarida kulgining tasdiqlovchilik funksiyasini gavdalantirish lozim boʻlgan ijobiy qahramonlar boʻshroq chiqqan. Bu esa, kulgining tasdiqlovchi kuchini boʻshashtirgan. Abdulla Qahhor satirasining xarakterli xususiyati shundaki, uyada kulgining inkor etuvchilik ruhi, tanqid darajasi kuchli berilgan, tasdiqlovchi xarakteri esa, sustroq chiqib qolgan. Bunday nuqson ayniqsa “Qanotsiz chittak”, “Ikki yorti — bir butun”, “Mayiz yemagan xotin” hikoyalariga xos.Umuman olganda A. Qahhor kulgining qudratini oʻz asarlarida ifoda eta olgan. Bular hammasi adibimizning rus klassiklari tradisiyalariga toʻgʻri yondashganligini, ulardan toʻgʻri foydalanganligini koʻrsatadi.


Buning natijasida A. Qahhor mashqdan oʻtib, hikoyachilik kasbini egalladi, keyinchalik mohir, novator novellist, ajoyib talant egasi boʻlib yetishdi. Bu davrda
uning oʻziga xos takomillashgan stili, boshqa yozuvchilardan ajralib turadigan loʻnda, ixcham, siqiq, individual ijodiy tili tashkil topdi va rivojlandi.
Adibimiz hikoya janrida shuhrat qozondi. Salmoqli ijodi bilan hikoya janrini oldingi janrlar qatoridan oʻrin egallashiga muhim hissa qoʻshdi. 20-yillarda endigina boshlangan hikoya janri, 30-yillarga kelib toʻla ravishda rivojlandi va yuqori pogʻonaga koʻtariladi.
Oʻzbek sovet novella janrini yuqori pogʻonaga koʻtarishda hech qaysi bir oʻzbek yozuvchisi A. Qahhorday koʻp ter toʻkkan emas. U, bor kuchi va talanti bilan novella sohasida ijod etdi. Gʻafur Gʻulom, A. Qodiriy, Oydin, P. Tursun, H. Shamslar esa, unga joʻr boʻldilar va baralla ovoz bilan birga kuyladilar. Abdulla Qahhor ulkan hikoyanavis boʻlib yetishdi, oʻzbek adabiyotida novellachilikning asoschilaridan biri boʻlib qoldi. Abdulla Qahhor hikoya janrida juda katta muvaffaqiyat ‎qozongan.‎

Uning har bir hikoyasi ixchamligi, ta’sirchanligi, tasvirning ‎hayotiy va tabiiyligi, tili oʻtkir, shirali va jozibaliligi bilan oʻziga ‎xos.


Ushbu kitobdagi hikoyalarda odamlar orasida uchrab turadigan ‎illatlar, oʻtmishda hukm surgan ijtimoiy adolatsizlik, oʻsha davrdagi ‎ayrim amaldorlarning kirdikorlari ba’zan hajv yoʻli bilan, ba’zan esa ‎oʻquvchi qalbini larzaga solarli voqealar asosida tasvirlangan.‎

Kishilarning dard-u quvonchlari, orzu-armonlari umuman, ‎hayotning ogʻriqli nuqtalarini teran nigohi ila tasvirlagan yozuvchi ‎asarlarini oʻqib, soʻzning qudratini yana bir bor his etadi inson. Yozuvchi Abdulla Qahhorning “Adabiyot muallifi” degan hikoyasi bor. Adib oʻz davridagi mazkur fan oʻqituvchilarida uchraydigan illatni tanqid qiladi. Saltikov Shedrinni ikki yozuvchi deb biladigan adabiyot oʻqituvchisi qay tarzda maktab oʻquvchilariga saboq berishi mumkinligi adibni qiynagan. Afsuski, bizning davrimizda ham eng mashhur asarlarni oʻqimagan, zamonaviy nasr va nazmdan tamoman bexabar, faqat darslikdagi badiiy parchani oʻquvchiga naridan-beri sharhlab dars oʻtadigan adabiyot oʻqituvchilari yoʻq emas. Ulardan voz kechish davri keldi. Farzandlarimizga adabiyot ilmini yuqori darajada oʻrgata berishi zarur.


Ular nutqidagi (oʻzgalar nutqi) frazeologik iboralar kitobxon tasavvurlarini boyitishga, obrazli mushohadalar hosil qilishga yordam beradi. Berilgan iboralar Niso buvi holatini mukammal koʻrsatishdan tashqari, obrazni navbatdagi intrigaga tayyorlaydi. Niso buvi Abdurahmon bilan birga toʻqqiz yil yashasa-da, uni oʻz eri sifatida tan olmaydi. Abdurahmon Niso buviga er sifatida hech qanday mehr koʻrsatmaydi, qizlarini esa “Razzoq yamoqchining qizlari” sifatida biladi. Roviy nutqida berilgan “er bilan maslahatsiz” jumlasi Niso buvi va Abdurahmon munosabatlarini konkretlashtiradi. Niso buvi Abdurahmon bilan “majburiyat” asosida yashaganligi uchun ham muallif tomonidan “er bilan” jumlasi keltiriladi. Adib har bir soʻzga badiiy -estetik vazifa yuklaydi. Har bir soʻz obraz xarakter mantigʻidan va muallif niyatidan kelib chiqib ifodalanadi. Roviy nutqida birgina egalik qoʻshimchasi “i”ning berilmasligi Abdurahmon-xotinlik rishtalari yoʻqligini koʻrsatadi. Demak, muallif ijodida nafaqat soʻz, jumla, hattoki birgina tovush va qoʻshimcha ham badiiy-estetik funktsiya bajarishini hikoya matnida kuzatdik. Matndagi har bir qoʻshimcha va jumla asar struktursida kontseptual ahamiyatga ega ekanligi koʻzga tashlanadi.


Abdulla Qahhorning “Boshsiz odam” hikoyasidagi muallif pozitsiyasi va roviy funktsiyasi haqida soʻz yurtiladi. Hikoyada real voqelikni badiiy voqelikka aylantirishdagi muallif mahorati, tasviriy vositalar: oʻxshatish, qiyoslash, kinoya kabi badiiy tasvir vositalardan foydalanish mahorati, yozuvchining soʻz qoʻllash mahorati, hikoya strukturasidagi roviy funktsiyasi, oʻquvchi va kitobxon munosabatlarini amalga oshirishdagi uning vazifasi, oʻzgalarning kiritma luqmalari, ularning asar strukturasidagi oʻrni va ahamiyati, hikoya janrida roviyning betaraf, tarafkashlik pozitsiyasi, obrazlar haqidagi ma’lumotni kitobxonga asosli va tez yetkazish usulining xarakterlar shakllanishidagi muhimligi masalasi, kitobxon kutgan voqealarning syujetda roʻy bermasligi, kitobxonning fabulani bilishga boʻlgan qiziqishini topa bilish, tasvirda qoʻllanilgan kontrast usulining muhimligi, uni matnda ishonarlililigini ta’minlash kabilar haqida fikr yuritiladi va ilmiy xulosalar chiqariladi.
Abdulla Qahhorning.”Boshsiz odam” hikoyasi badiiy jihatdan mukammal asarlaridan biri sanaladi. Hikoya roviy nutqi bilan boshlanib, unda Niso buvi haqida ma’lumot keltiriladi. Muallif tasvir bayonida aniq ma'lumotlar keltirish bilan birga, ikkilanish, gumonsirash tendentsiyasilarini ham berib boradi. Syujetning keyingi qismlarida ikkilanish ohangi kuchayib boradi. Roviy nutqida: Bunga hamma ham hayron qoldi. Bu toʻgʻrida ba'zilar: Niso buvi ilgari ham usta Abdurahmon bilan don olishib yurar ekan,- degan gapni qilishdi, ba'zilar: “Bechora nima qilsin ikkita bolasi bor, usta Abdurahmonning ham oʻlgan xotinidan oʻgʻli bor. Vaqti kelganda tili qisilmaydigan ish qilibdi-da,” deyishdi.

Yuqoridagi roviy nutqida metaforik matn qoʻllanilib,u oʻzgalar gapi tarkibida berilib, syujet davomida matnning asl ma'nosi ochilib boradi. Niso buvi haqidagi ma'lumotdagi noaniqlik, gumonsirash, ikkilanish tendentsiyalari sekin-asta oʻquvchiga ham yuqadi. Oʻzgalarning Niso buvi haqidagi aytgan gaplari obraz toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni yanada toʻldiradi, aniqlik kiritadi. Bu kabi kiritma luqmalar roviy berayotgan ma’lumotni toʻldirish bilan birga, qahramon xarakterini shakllantirishga ham yordam beradi. Roviy ma'lumotlaridan koʻngli toʻlmay, ikkilanib turgan oʻquvchi oʻzgalar gapidan soʻng aniq ma'lumot oladi. Qahramon haqidagi ma'lumotni tez va asosli yetkazishga harakat qilayotgan roviyga oʻzgalar tomonidan aytilgan bu kabi xabar yordam beradi. Roviy nutqida berilgan frazeologik iboralar nutqni aniq, loʻnda, ta'sirchanligini ta’min etadi. Masalan, “Niso buvi don olishib yurar ekan. Vaqti kelganida tili qisilmaydigan ish qilibdi-da” kabilar shular jumlasidandir. Keltirilgan kiritma ma'lumotlar yozuvchining “Mayiz yemagan xotin”, “Toʻyda aza” hikoyalarida ham uchraydi. “Uning xotini mayiz yemagan,” degan oʻzganing gapida juda katta tagma’no yashiringan boʻlib, metaforik matn hisoblanadi Aslida soʻz xotinning mayiz yemaganligi xususida emas, uning axloqan buzuqligi haqida ketadi. “Toʻyda aza”dagi “Qarigan chogʻida xoʻrozqand yalamay, domla ham oʻlsin” degan luqma ham shular jumlasidandir. Hikoyalarda keltirilgan oʻzgalar luqmasi syujetdagi voqealarni rivojlantiradi, roviy nutqini asoslaydi, obrazlar xarakterini shakllantiradi.


Badiiy matnni tushunarli boʻlishiga monelik qiladigan ortiqcha “shovqin” lardan xalos etadi. Abdurahmon yuborgan sovchi Niso buviga shunday dedi: “Sizda ikkita bola boʻlsa, u kishida bitta bola bor. Bularning yegan-ichgani qayoqqa borar edi. Bular uchun alohida qozon osilarmidi. Siz hammasining onasi, u kishi ota. Usta bolani juda yaxshi koʻradilar.” Adibning aksariyat hikoyalarida uchraydigan oʻzgalarning kiritma luqmalarida ironiya ma’nosi yetakchilik qiladi. Bu kabi kiritmalar hikoya mazmuniga ijobiy ta'sir etadi. “Oʻzga kim, u nima ish bilan shugʻullanadi, ishtirokchilarga uning qanday aloqasi bor?” tarzidagi savollarga javob berishga oʻrin qolmaydi. Kitobxon oʻzgalarning gapini hech ikkilanmay qabul qiladi. Shuning uchun A.Qahhor asarlarida uchraydigan bir kishi, bir xotin singari kiritma obrazlar tilidan berilgan ma'lumotlar asar syujetida muhim sanaladi. Ba'zan keltirilgan kiritma luqmalar asar voqealarini davom ettirishga asos boʻladi. Masalan, matnda keltirilgan sovchi nutqi: “Usta bolani juda yaxshi koʻradilar” jumlasining aksi hikoyaning keyingi qismida, aksincha, Abdurahmon Niso buvining qizlarini jazolashi bilan yakun topadi. Dastlabki voqealardan Abdurahmonni yaxshi inson deb tanib borayotgan oʻquvchi jumla isbotini syujetdan topmagach, unda bu obrazga nisbatan salbiy qarash kuchayadi. Kitobxon kutgan holat yuz bermagach, uning fabulani bilishga boʻlgan istak va qiziqishi yanada ortadi. Tasvirda qoʻllanilgan kontrast usuli muallif tomonidan ataylab kitobxonga ta'sir etish usuli sifatida qoʻllanilgan topilmadir. Yozuvchining juda koʻp asarlarida ishtirok etgan tayyor xarakterlar bu hikoyada ham ishtirok etadi.


Abdulla Qahhorning.”Boshsiz odam” hikoyasi badiiy jihatdan mukammal asarlaridan biri sanaladi. Hikoya roviy nutqi bilan boshlanib, unda Niso buvi haqida ma'lumot keltiriladi. Muallif tasvir bayonida aniq ma'lumotlar keltirish bilan birga, ikkilanish, gumonsirash tendentsiyasilarini ham berib boradi. Syujetning keyingi qismlarida ikkilanish ohangi kuchayib boradi. Roviy nutqida: "Bunga hamma ham hayron qoldi. Bu toʻgʻrida ba'zilar: Niso buvi ilgari ham usta Abdurahmon bilan don olishib yurar ekan, degan gapni qilishdi, ba’zilar: “Bechora nima qilsin ikkita bolasi bor, usta Abdurahmonning ham oʻlgan xotinidan oʻgʻli bor. Vaqti kelganda tili qisilmaydigan ish qilibdi-da,” deyishdi"

Yuqoridagi roviy nutqida metaforik matn qoʻllanilib,u oʻzgalar gapi tarkibida berilib, syujet davomida matnning asl ma’nosi ochilib boradi. Niso buvi haqidagi ma’lumotdagi noaniqlik, gumonsirash, ikkilanish tendentsiyalari sekin-asta oʻquvchiga ham yuqadi. Oʻzgalarning Niso buvi haqidagi aytgan gaplari obraz toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni yanada toʻldiradi, aniqlik kiritadi. Bu kabi kiritma luqmalar roviy berayotgan ma'lumotni toʻldirish bilan birga, qahramon xarakterini shakllantirishga ham yordam beradi. Roviy ma’lumotlaridan koʻngli toʻlmay, ikkilanib turgan oʻquvchi oʻzgalar gapidan soʻng aniq ma’lumot oladi. Qahramon haqidagi ma’lumotni tez va asosli yetkazishga harakat qilayotgan roviyga oʻzgalar tomonidan aytilgan bu kabi xabar yordam beradi. Roviy nutqida berilgan frazeologik iboralar nutqni aniq, loʻnda, ta’sirchanligini ta'min etadi. Masalan, “Niso buvi don olishib yurar ekan. Vaqti kelganida tili qisilmaydigan ish qilibdi-da” kabilar shular jumlasidandir. Keltirilgan kiritma ma’lumotlar yozuvchining “Mayiz yemagan xotin”, “Toʻyda aza” hikoyalarida ham uchraydi. “Uning xotini mayiz yemagan,” degan oʻzganing gapida juda katta tagma’no yashiringan boʻlib, metaforik matn hisoblanadi Aslida soʻz xotinning mayiz yemaganligi xususida emas, uning axloqan buzuqligi haqida ketadi. “Toʻyda aza”dagi “Qarigan chogʻida xoʻrozqand yalamay, domla ham oʻlsin” degan luqma ham shular jumlasidandir. Hikoyalarda keltirilgan oʻzgalar luqmasi syujetdagi voqealarni rivojlantiradi, roviy nutqini asoslaydi, obrazlar xarakterini shakllantiradi.


Badiiy matnni tushunarli boʻlishiga monelik qiladigan ortiqcha “shovqin” lardan xalos etadi. Abdurahmon yuborgan sovchi Niso buviga shunday dedi: “Sizda ikkita bola boʻlsa, u kishida bitta bola bor. Bularning yegan-ichgani qayoqqa borar edi. Bular uchun alohida qozon osilarmidi. Siz hammasining onasi, u kishi ota. Usta bolani juda yaxshi koʻradilar.”Adibning aksariyat hikoyalarida uchraydigan oʻzgalarning kiritma luqmalarida ironiya ma’nosi yetakchilik qiladi. Bu kabi kiritmalar hikoya mazmuniga ijobiy ta'sir etadi. “Oʻzga kim, u nima ish bilan shugʻullanadi, ishtirokchilarga uning qanday aloqasi bor?” - tarzidagi savollarga javob berishga oʻrin qolmaydi. Kitobxon oʻzgalarning gapini hech ikkilanmay qabul qiladi. SHuning uchun Abdulla Qahhor asarlarida uchraydigan bir kishi, bir xotin singari kiritma obrazlar tilidan berilgan ma'lumotlar asar syujetida muhim sanaladi. Ba'zan keltirilgan kiritma luqmalar asar voqealarini davom ettirishga asos boʻladi. Masalan, matnda keltirilgan sovchi nutqi: “Usta bolani juda yaxshi koʻradilar.” jumlasining aksi hikoyaning keyingi qismida, aksincha, Abdurahmon Niso buvining qizlarini jazolashi bilan yakun topadi. Dastlabki voqealardan Abdurahmonni yaxshi inson deb tanib borayotgan oʻquvchi jumla isbotini syujetdan topmagach, unda bu obrazga nisbatan salbiy qarash kuchayadi. Kitobxon kutgan holat yuz bermagach, uning fabulani bilishga boʻlgan istak va qiziqishi yanada ortadi. Tasvirda qoʻllanilgan kontrast usuli muallif tomonidan ataylab kitobxonga ta'sir etish usuli sifatida qoʻllanilgan topilmadir. Yozuvchining juda koʻp asarlarida ishtirok etgan tayyor xarakterlar bu hikoyada ham ishtirok etadi.


Hikoya syujetida keltirilgan roviyning navbatdagi bayoni badiiy estetik qimmati jihati jihatidan yuqoridagilardan kam emas. “Usta Abdurahmon qizlarni koʻp urdi. Bir kuni Niso buvi: Ursangiz oʻsha doʻkoningizga olib borib uring” deganida, usta Abdurahmon: “Ha, joning achiydimi, bundan keyin men urayotganimda kulib turmasang, uch taloqsan” deb yubordi. Shundan soʻng Niso buvi koʻp martalab “kuldi” Hikoyada roviy tafsilotlarga berilmaydi, keltirilgan “kuldi”soʻzi matnda koʻchma ma’noda kelib hikoya strukturasida badiiy- estetik funktsiya bajaradi. Abdulla Qahhor uslubining eng muhim jihati, roviyning qisqa va aniq bayoni bilan kitobxon tasavvurlarini boyitishdan iboratdir. Roviy nutqidagi ironik ifodalar hikoya syujetining oʻqimishli boʻlishini ta’minlash bilan birga, muallifga xos badiiy-gʻoyaviy kontseptsiyasini ham beradi. Hikoyadagi asosiy obrazlardan biri boʻlgan Faxriddinni bir-ikki gapirtirish va xatti-harakatlariga berilgan qisqa izohlar u haqida kitobxonga aniq ma’lumot bera oladi. Hikoyaning “Boshsiz odam” deb nomlanishining oʻzi dastlabki jumboq boʻlib, “Nahotki, boshsiz odam boʻlsa?”-degan oʻy-xayol kitobxonni ohanrabodek oʻziga tortib, tezroq oʻqishiga sabab boʻladi. Syujet bilan tanishib borish jarayonida: “Syujetning qaerida boshsiz odamni uchratar ekanman?” degan savol hamisha oʻquvchiga hamrohlik qiladi. “Boshsiz odam kim?” degan jumboq hikoya davomida ikki parallel hodisa orqali yoritib beriladi. Bulardan birinchi moddiy hodisa - boshsiz chaqaloqning tugʻilishi boʻlsa, ikkinchi ma'naviy hodisa - Faxriddining oʻzining fahm-farosati, kallasi yoʻqligi ,”boshsiz” ekanligining fosh boʻlib borishidir. Bu mantiqiy asoslar Faxriddin oʻz fikri yoʻqligi, otasi chizgan chigʻiqdan chiqmasligi, hatto otasi oʻrgatgan ikki ogʻiz gapni ham uddalab aytolmasligida koʻrinadi. Roviy tilidan: “Faxriddin erka oʻsgan tantiq bola”, - deb qisqa axborot berish bilan chegaralaniladi. Obrazning keyingi xatti-harakatlarida keltirilgan mantiqiy xulosa oʻz ifodasini topadi. Faxriddin soʻz va harakatlari, qiliqlari bilan oʻquvchining u haqidagi salbiy tasavvurlarini toʻldira boradi. Niso buvining: “Faxriddin hali yoshsizlar. Uch-toʻrt yil bolasiz yurish yaxshi. Doktor shu ishlarni bilarmikan?” - degan savoliga ham, “Men bilmasam, dadam biladilar”, - deb, hatto farzand koʻrish va koʻrmasligini ham dadasidan soʻrashi, oʻz aqli yetmasligini oshkor qilib qoʻyadi. Faxriddin Niso buviga shu javobni aytishdan oldin roviy tomonidan quyidagi tasvir keltiriladi. “Faxriddin osilib turgan qalin labini bir-ikki qimirlatib, bilagi bilan burnini artib javob berdi.”

Roviy pozitsiyasining toʻgʻri va muvafaqqiyatli tanlanganligi va portret tasvirida aniq salbiy chizgilarning berilishidan yanada ayonlashadi. Natijada, tayyor, oʻziga xos xarakterlardagi ishtiroki muallif ijodiy tamoyilining bir koʻrinishi sifatida zohir boʻladi. Tayyor xarakterlarning badiiy matndagi ishtiroki birinchidan, qahramonlar portretidan unumli foydalangan boʻlsa, ikkinchidan, roviy zimmasiga oʻziga xos aniq kompozitsion funktsiya yuklaydi. Uchinchidan, hikoya janri talabidan kelib chiqib abzatslarga syujet-kompozitsion vazifalar yuklay oladi. Ular quyidagilardan iborat: 1) janr tabiatidan kelib chiqib abazatslarga epik bayonni singdira olish; 2) harakatlarning badiiy matnda keng qamrovliligini ta'minlash; 3) oʻzgaruvchan makon va zamon, voqea.larining bir-biriga payvandlay olishida.Tasviridagi yuqoridagi chizgilar A.Qahhorning juda koʻp asarlarida uchraydi. Aniq chizgilar asosida berilgan portret tasviridan kitobxon obrazning qanday odam ekanligini bilib oladi. Niso buvi oʻz qizini Faxriddinga turmushga berishga rozi boʻlmasligining asosiy portret tasviridan soʻng oydinlashadi. Hikoya syujetidagi obraz haqida roviy tafsilotlar berilmagan boʻlsa ham, roviy rivoyasidan kitobxon aniq ma'lumotga ega boʻladi. Ular har birining betakror qiyofa va sa'jiyalarini koʻrib, muallifning yuksak mahoratini his etamiz. Roviy syujet davomida obrazlar xarakterini shakllantirib, ularning harakat va holatlarini koʻzdan qochirmaydi. Faxriddin xarakteriga xos jihatlarni roviy yordamida kasalxonadagi suhbatdan bilib olamiz. Boʻlib oʻtgan suhbat Faxriddinning tom ma'nodagi boshsiz odam ekanini koʻrsatib beradi. “Mehri: Kundan-kun battar boʻlgan edim, olib tashlashdi. Naqd oʻlayozdim” desa, “Hayriyat” dedi Faxriddin ogʻiz va koʻzlarini katta ochib, bolaning ham boshi boʻlmaydimi!...(ikkilanish-ta'kid bizniki-I.R) Dadamdan soʻraychi.


(ilhaqlik-ta'kid bizniki -I.R) Roviy bayonida berilgan badiiy ottenkaga boy soʻzlarning Faxriddin nutqida qoʻllanishi kitobxonga emotsionallik bagʻishlaydi. Uning gaplariga quloq solib, raftorini (ta'kid bizniki -I.R) kuzatib turgan hamshira, “Kasalni toliqtirib qoʻyasiz, - dedi va eshikni koʻrsatdi”


Faxriddin hamshira eshikni koʻrsatmaguncha, oʻtirgan joyida oʻtiraverdi. Nafaqat, roviy bayonida, balki obrazlarning bir-ikki luqmalaridan ham ularning saviyasi, dunyoqarashi haqida kitobxon toʻliq ma’lumotga ega boʻladi. Hikoya yechimida: Niso buvi ikkala qizi bilan boshini olib chiqib ketdi, - deb keltiriladi. “Boshini olib chiqib ketdi” - iborasida Niso buvi bu uyga hech qachon qaytmaydi hech narsadan umidvor ham emas ma’nosi anglashiladi. Roviy ushbu hikoyada asosiy tasvir bayonini oʻz qoʻliga oladi va muallif niyatini amalga oshiradi. Aynan kasalxona si goʻyo Faxriddinning barcha qusurlarini koʻrsatuvchi “kichik mukammal sahna”ga oʻxshaydi. Roviyning psixolingivistik nutq bayoni ham hikoyadagi obrazlar xarakteri ochilishida katta yordam berdi. Mulla Abdurahmon erka oʻsgan tantiq bola boʻlganligi uchun Niso buvi: “Ha, ikkovining ham boshi omon boʻlsin”- deb qoʻya qolar, bu “yoʻq” degani edi. Badiiy matnda soʻzlar vositasida berilgan axborot har doim ham aniq ma’lumot sifatida qabul qilinmaydi. Verbal (soʻzlar yordamida fikrni ifodalash) matnda berilgan “Mehrini Faxriddinga qilamiz” mazmunidagi gap matn bilan toʻliq tanish boʻlmagan kitobxon aniq ma'lumotga ega boʻlmaydi. Uni aniq kengaytirilgan shakli: Faxriddinga Mehrini xotin qilib olib beramiz shaklida boʻlishi kerak edi. Badiiy asarlarda muallif oʻzi aytmoqchi boʻlgan fikrini koʻproq roviy zimmasiga yuklaydi. Roviy asarning go rizantal va vertikal tomonlarini tutashtiruvchi oʻq sanaladi. Shunday qilib, “Boshsiz odam” hikoyasidagi muallif pozitsiyasining xilma –xillligi va roviy funktsiyasining badiiy asar strukturasidagi oʻziga xosligi mavjud.



Yüklə 73,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin