O‘zbek davlatchiligi tarixi. Kirish



Yüklə 30,46 Kb.
səhifə5/5
tarix09.05.2022
ölçüsü30,46 Kb.
#115754
1   2   3   4   5
O\'ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI

Mavzular

Jami

Ma’ruza

Seminar

1

Boshqaruv asoslarining shakllanishi va davlatlarning tashkil topishi.

4

2

2

2

Qadimgi davlatchilik turlari va boshqaruv shakli.

4

2

2

3

Ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda davlatchilik va boshqaruv.

6

4

2

4

Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda davlatchilik rivoji.

4

2

2

5

So‘nggi o‘rta asrlarda o‘zbek xonliklari: ma’muriy tuzilishi va davlat boshqaruvi.

4

2

2

6

Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlaka boshqaruv tuzumining qaror topishi. O‘zbekistonda Sovet boshqaruvining joriy etilishi.

4

2

2

7

Mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining tashkil topishi.

4

2

2




Jami

30

16

14


1-mavzu. Boshqaruv asoslarining shakllanishi va davlatlarning tashkil topishi. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)

Qadimgi davlatlatlarning rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar, boshqaruv tizimidagi funksiyalar; iqtisodiy funksiyalar; ijtimoiy funksiyalar; harbiy-siyosiy funksiyalar; xududiy funksiyalar va ularning faoliyatlari.


2-mavzu. Qadimgi davlatchilik turlari va boshqaruv shakli. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)

O‘rta Osiyo jumladan, O‘zbekiston xududida rivoj topgan ilk davlar-podsholiklar, Axmoniylarning cheklanmagan podisho hokimiyati (mutloq monarxiya) Satrapliklarda boshqaruv tizimi; Aleksandr Makedonskiyning boshqaruv faoliyati; yunon-baktriya davlat boshqaruv tartibi va davlat tuzimi; Kushon davlati (podsholigida) xo‘jalik boshqaruvi; Qang‘ davlati hududi va tizimi.


3-mavzu. Ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda davlatchilik va boshqaruv (4 soat ma’ruza, 2 soat seminar)

Eftaliylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy tuzum; Turk xoqonligi va uning ma’muriy tuzilishi, ijtimoiy iqtisodiy tuzumi va davlat boshqaruv tartiblari (Xoqon) el, ulus maxalliy boshqaruvi; tuman xokimliklari, qishloq va shahar jamoalari.

Arablarning O‘rta Osiyoni istilo etishi va ularning Movarounnahrdagi boshqaruvi; ijtimoiy siyosiy jarayonlar. O‘rta Osiyoda islom dinining tarqalishi va yetakchi mavqega ega bo‘lishi; mahalliy boshqaruv tartibi. Samoniylar davlati; ijtimoiy-siyosiy jarayonlar; davlat boshqaruv tartibi; huquqiy munosabatlar. Qoraxoniylar davlati; ma’muriy tuzilishi, xududi; davlat boshqaruvi tartiblari; ijtimoiy-siyosiy tuzimi (Xoqon-Qoraxon); huquq-tartiboti.

Xorazmshoh-anushteginiylar davlatining tashkil topishi, ma’muriy tuzilish boshqaruv tartiblari; ijtimoiy iqtisodiy hayoti.

Chig‘atoy ulusi; – ma’muriy tuzulishi va boshqaruv tartiblari; harbiy-siyosiy va davlat boshqaruvining qaror topishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.
4-mavzu. Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda davlatchilik rivoji. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)

Amir Temurning siyosiy hokimiyatni qo‘lga olishi va markazlashgan davlat asoslarining yaratilishi. Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon, buyuk davlat arbobi. Davlat boshqaruvidagi islohotlar. Amir Temurning el yurtni o‘z tasarrufi va itoatida tutish uchun tuzgan o‘n ikki «tuzug»i: davlat boshqaruvida dargoh va devonlar. Dargoh eng oliy davlat idorasi. Devondagi Vazirlar (birinchisi– Vaziri a’zam; ikkinchisi– harbiy vazir; uchinchi –turli sabablarga ko‘ra nazoratsiz qolgan mol-mulklar, sayyohlar va ziyoratchilar ishlari bo‘yicha mutasaddi; to‘rtinchi– moliya vaziri; beshinchisi– adliya vaziri; oltinchisi– nazoratchi, devoni mushrifga rahbarlik qilgan; yettinchisi– devoni insho) faoliyati. Ma’muriy hududiy boshqaruv. Davlatni uluslarga bo‘lib boshqarish. Saroydagi mansab va unvonlar. Diniy va qozixona unvonlari. Harbiy mansablar. Amir Temurning harbiy islohoti va uning bugungi kundagi ahamiyati.


5-mavzu. So‘nggi o‘rta asrlarda o‘zbek xonliklari: ma’muriy tuzilishi va davlat boshqaruvi. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)

Buxoro xonligi: markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari. Shayboniylar davlatining ma’muriy tuzilishi. Abdullaxon II ning siyosat maydoniga chiqishi. Buxoro xonligining viloyat (ulus)lari. Buxoro shahri va unga tegishli tumanlar boshqaruvi. Tobe hududlar. Xonlikning chegaralari. Harbiy soha. Sud ishlari va shariat qonunlari. Qozilik idoralari. Jinoyat va jazo turlari. Ashtarxoniylar davlat tizimi, boshqaruv tartiblari. Xon-rasman oliy xokimiyat boshlig‘i. Saroy amaldorlarining amalda markaziy boshqaruvda tutgan o‘rni. Markaziy boshqaruvning zaifligi. Balx shahrining markaz sifatidagi ahamiyati. Otaliqning mavqei. Viloyat hokimlarining boshqaruv tizimi. Harbiy va ma’muriy amaldorlarining huquqlari. Din peshvolari va Jo‘ybor xojalarining mavqei. Mang‘itlar sulolasi humkronligi davrida davlat boshqaruvi va ma’muriy tizim. Amir – eng oliy hukmdor. Davlat boshqaruvida qushbegi mansabining ahamiyati. Saroy unvonlari va mansablari: harbiy amaldorlar, saroy amaldorlari, diniy unvon va mansablar. Unvonlar va darajalar.

Xiva xonligi: hududi, ma’muriy tuzilishi, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari. Saroy amaldorlari, markaziy va mahalliy boshqaruvdagi ijtimoiy tabaqalar, harbiy ma’muriy amaldorlar, Kengash, inoq, shayxulislom, devonbegi, yasovulboshi diniy unvon va mansablar.

Qo‘qon xonligi: hududi, davlat tizimi, ma’muriy tuzilishi, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari. Saroy unvonlari va mansablari: oliy darajali, o‘rta darajali, past darajali. Harbiy ma’muriy mansablar va unvonlar.


6-mavzu. Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlaka boshqaruv tuzumining qaror topishi. O‘zbekistonda mustabid Sovet davlati tarkibida. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)

Turkiston o‘lkasida xarbiy-mamuriy xokimiyat tizimining yuzaga kelishi. Turkiston o‘lkasi ichki boshqaruvini tashkillashtirishda impriyaga xos mamuriy ananalar, mutloq xarbiy qo‘mondonlik va podsho g‘aznasi manfaatlaridan kelib chiqib o‘tkazilishi. Turkiston general-gubernatorligida xokimiyat tuzumini va uning funksiyalari. Zarafshon okrugi va Amudaryo bo‘limlari faoliyati.

Mustamlaka boshqaruv tizimining takomillashtirilishi. Rossiya imperiyasining ko‘chiruvchilik siyosati. Xokimiyat , politsiya va sud organlari, faoliyat doirasining kengayishi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi milliy siyosatining o‘ziga xos xususiyati.

1917 yil siyosiy jarayonlarida Turkiston. Turkiston Muxtoriyati milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi. Sovetlar andozasi asosida TASSR tashkil topishi. Bolsheviklar tuzumiga qarshi kurash. XXSR va BXSRlarning tashkil topishi.

O‘rta osiyoda milliy-xududiy chegaralanishning o‘tkazilishi maqsad va moxiyati. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi.

O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi SSSRda boshqaruvning mamuriy-buyruqbozlik tizimi o‘zining barcha salbiy ko‘rinishlari bilan qaror topishi va mustaxkamlanishi sharoitida sodir bo‘lishi. O‘zbekistonda sinfiy mafkuraga asoslangan kommunistik partiyaning mutloq xukmronligining o‘rnatilishi. O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasining qabul qilinishi.


7-mavzu. Mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining tashkil topishi. (2 soat ma’ruza, 2 soat seminar)

1991 yil 31 avgust «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonun»ning qabul qilinishi va 1 sentabrni Mustaqillik kuni deb elon qilinishi. O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimining shakllanishi va rivojlanib borishi. O‘zbekiston mustaqilligi xuquqiy asoslarining yaratilishi. Konstitutsiyaning qabul qilinishi.



O‘zbekistonda xuquqiy demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mamlakatni modernizatsiyalashda amalga oshirilayotgan jarayonlar moxiyati. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi va boshqaruvda yangi, samarali usullarning qaror topishi. Davlat xokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida Prezidentlik instituti o‘rni va roli.Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlatchiligi taraqqiyoti. O‘zbekiston Respublikasining jahon xamjamiyatiga qo‘shilishi.
Foydalaniladigan asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo‘shimcha adabiyotlarro‘yxati.

Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari.


  1. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., Sharq. 2000.

  2. Sagdullaev va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 2000.

  3. Sagdullaev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. T., 2004.

  4. Sagdullaev A.S., Mavlonov O‘. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.– T., 2006.

  5. Rtveladze E.V. Istoriya gosudarstvennosti Uzbekistana. – Toshkent, Uzbekistan. 2009.

  6. Eshov B.J. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi. (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent, Ma’rifat, 2009.


Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Askarov A. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. T., 2007.

  2. AxmedovB.A. O‘zbekistontariximanbalari. T., «O‘qituvchi», 2001.

  3. Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. T., 2004.

  4. Jabborov I. O‘zbeklar. – Toshkent, Sharq. 2008.

  5. Ziyoev X.Z. Tarix – o‘tmish va kelajak ko‘zgusi.– T., 2000.

  6. http://www.google.com/-eng ommabop qidiruv sistemasi;

  7. http://www.rambler.ru/-Rossiyaning eng katta qidiruv sistemasi. 10500 dan ortiq Rossiya serverlarida qidiruv olib boradi;

  8. http://www.yandex.ru/-9000 dan ortiq Rossiya serverlarini qamrab olgan;

  9. http://www.gov.uz/-O‘zbekiston Respublikasi hukumati sahifasi. Rasmiy axborot, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot beradi;

  10. http://www.uza.uz/-O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi sahifasi. Undan turli mavzudagi ma’lumotlar va axborot agentliklari haqidagi ma’lumotlarni, yangiliklarni olish mumkin;

  11. http://www.freenet.uz/-Respublika Internet resurslari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan;

  12. http://www.computerra.ru-Elektronnayaversiyajurnala«Kompyu-terra»

  13. http://www.inter.net.ru-Jurnal «Internet».

Yüklə 30,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin