1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS
TA’LIMI VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
Ro‘yxatga olingan:
№ BD-5112400-2.02
O‘ZBEK FOLKLORI
fanining
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi:
110000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi:
5111200 – O‘zbek
tili va adabiyoti
NUKUS – 2019
2
Ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv
dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Bekchanova S – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
K.Quramboev – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi professori, filologiya
fanlari doktori
K.Tashanov – Nukus DPI O‘zbek
adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari
nomzodi
3
KIRISH
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi qadim va boy tarixga ega. O‘quv kursi davomida “O‘zbek
xalq og‘zaki ijodi” fanining paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanishi haqida ma’lumot beriladi.
Xalq og‘zaki ijodi va badiiy adabiyotning o‘zaro ta’siri, xalq og‘zaki ijodining qadimiyligi va
janrlari; qo‘shiqlar va lirik she’rlar, afsonalar va
rivoyatlar, ertaklar yuzasidan tushuncha
beriladi. O‘zbek ishqiy-sarguzasht dostonlari,
dostonlarda umumiylik, dostonlarning
xususiyatlari, qo‘shiqlar va she’r turlari o‘rgatiladi.
1. 1. Fanning maqsad va vazifalari
“O‘zbek xalq og‘zaki ijodi” fanining
maqsadi talabalarni xalq og‘zaki ijodining o‘ziga
xos xususiyatlari,
uning taraqqiyot bosqichlari, og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rgatish va
talabalarni o‘zbek xalq og‘zaki ijodining rivojlanish tamoyillari, o‘ziga xos xususiyatlari, bu
adabiyotning didaktik xususiyati kabi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanning
vazifasi talabalarni og‘zaki ijod namunalarini chuqur tahlil eta olishga o‘rgatish
va
ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy
merosga muhabbat ruhida tarbiyalashdir. Talabalarga bolalar adabiyotining jahon
adabiyotida
tutgan o‘rni, folklor bilan chambarchas bog‘liqligi, tarbiyaviy mohiyati, didaktik xususiyatlari,
bolalarga bag‘ishlangan asarlarning kitobxonlar yosh xususiyatlariga ko‘ra tavsiflanishi,
badiiy
uslubiy izlanishlar, taraqqiyot tamoyillari, janrlar
rang-barangligi, bolalar adabiyotining atoqli
ijodkorlari va ularning asarlari yuzasidan tushuncha berish ko‘zda tutiladi.