O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə59/83
tarix05.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#124811
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
Husayniy she’riyati. Husayn Boyqaro devonidagi g’azallar ko’zdan kechirilganda Alisher Navoiy tomonidan belgilangan fazilatlar namoyon bo’laveradi. Ular asosan ishqiy mavzularga bag’ishlangan g’azallar bo’lib, shoir bu mavzuni, ya`ni ko’pincha majoziy ishq mavzusini shoirona tarzda bayon etishga, oshiq va yor haqida ruhparvar va salosat bilan so’z yuritishga intilgan, yaxshi shoirona tasvirlarni, bu sohada, Alisher ta`biri bilan aytganda, "xossa ma`nilar"ni ifoda eta olgan. Fikrimizning isboti uchun ana shunday g’azallaridan birini keltirish mumkin:
Tushgali so’zon ko’ngul ko’yung aro filhol ani,
Yerga tushgan o’t edikim, aylading pomol ani.
Ko’nglum o’z holida qolmas jilva qilg’on qomating
Vah, ne hol erkin bukim aylar qading ne hol ani.
Buki g’ofillar jafosidin qachon shaydo ko’ngul,
Telbadekdurkim, qovarlar tosh urub atfol ani.
Jomadur jismim vale jon rishtasin ko’r yaxshikim,
Za`f ila to’lg’onmog’idin desa bo’lur nol ani.
Ko’rmagay erdim ani hargiz chu yig’lab solu moh,
Ko’rmas ermishmen o’tub hajrida mohu sol ani.
Gulshani davronda xushdur bodai gulgun valek,
Soqiyi gulrux labolab tutsa molomol ani.
Har maqom ichra Husayniy ishqi lahnin soz etar,
Qilmasa ruxsoringga nazzora gungu lol ani.
G’azal majoziy ishqqa bag’ishlangan bo’lib, unda ikkita oshiq timsoli ko’zga tashlanadi: biri tashxislantirilgan-jonlantirilgan ko’ngul oshiq, ikkinchisi esa oshiqning o’zi.
Yana bir timsol esa yor -ma`shuqa bo’lsa-da, u tilga olinadi, qomati eslatiladi, ammo g’azalda asosiy diqqat oshiqlar holatini tasvirlashga qaratilgan. g’azal ramali musamman bahrida yozilgan. U ikki qismdan iborat bo’lib, birinchisida (1-3 baytlar) ko’ngul-oshiq, ikkinchisida esa (4-7-baytlar) oshiq tasviri etakchilik qiladi. Ammo bu ikki qismning asosini yagona mavzu bo’lgan ishq tashkil etadi. g’azalda badiiy tasvirning o’xshatish, sifatlash, tashxis, ihom, talmeh kabi ko’pgina vositalari ancha mahorat bilan ishlatilgan. Shuning natijasida shaydo ko’ngulning telbalar sifatida tasvirlanishi kishi ko’z o’ngida ajoyib bir manzarani jonlantiradi yoki "so’zon ko’ngul"- "cho’g’-ko’ngul" timsoli ham shunday xususiyatga ega. Husayn Boyqaro g’azallari orasida bundaylari anchagina.
Quyidagi g’azal ham Alisher Navoiy tomonidan "zebo deyilibdur" tarzida baholangani sababli uni keltirish maqsadga muvofiq ko’rinadi:
Telbarab itgan ko’ngulni istadim har yon borib,
Tog’u daryovu biyobonlarni bir-bir oxtarib.
Tobdim ersa, o’lturubdur yuz g’amu ando’h ila,
Yor zulfidin batarrak ro’zgorin to’ntarib.
Vahki, so’rgach holini, tinmay to’kub, dedi, sirishk
Etti gardundin fig’onu o’tlug’ ohin o’tkorib :
Vomiqu Farhodu Majnun mehnatimg’a to’zmayin,
Kuydilar ohim o’tidin har biri bir yon borib.
Men dag’i to’zmay aning istab vatandin ketmagin,
Yuz tuman taklif ila kelturdim oni yolborib.
Kelturub chok aylabon ko’ksumni soldim o’rnig’a,
Furqatu kuymak o’tidin borisidin qutqorib.
Ey Husayniy, ul kelib tutg’ach visoli jur`asin,
Tindurub ko’nglumni men ham ichdim oni sipqorib.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy aytganlaridek, tasvir ham, bayon ham zebo. Unda tasvirlangan shoirona lavha ham zebo.
Husayn Boyqaro Husayniy she`riyatida mumtoz adabiyotning zabardast siymolari, jumladan hofiz Sheroziy, mavlono Lutfiylar hamda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylarning an`analarini davom ettirish yoki ularga bag’ishlab, she`rlar yozish ham ko’zga tashlanadi. Jumladan, Husayniy Xoja hofiz Sheroziyning:
Agar g’am lashkar angezad, ki xuni oshiqon rezad,
Manu soqi ba ham sozemu bunyodash barandozem.
(Mazmuni: Agarda tortsa g’am lashkar to’kishga ishq eli qoni
Menu soqiy bo’lib birga bu tashvishni bitirgaymiz),- baytidan ilhomlanib, shunday yozgan edi:
G’am sipoh qasdimg’a chekti, soqiyo, tut jomi sof,
Kim bo’lur jomi may ichgandin daler ahli sipoh.
Ikkinchi misol. Alisher Navoiy "Majolis un-nafois"da shunday yozadi: "(Husayn Boyqaro) malik ul-kalom Lutfiyning mashhur matla`i…
Ey qading tubiyu jannat xaddi gulgun ustina, -
javobida…bu matla` voqe` bo’lubturkim:
Xattining tori tushubtur la`li maygun ustina,
O’ylakim, jon rishtasi bir qatrai xun ustina.
Javobi bovujudi g’arobati ma`ni (ma`noning go’zal va nodir bo’lishi bilan birga) ikkalasi (baytning ikki misrasi) bir-biriga loyiq voqe` bo’lubtur".
Uchinchi misol. Ma`lumki, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy o’rtasidagi yaqin do’stona munosabatlar ijodiy nuqtai nazardan ham davom etgan. Bu o’rinda Alisher Navoiy ko’pgina asarlarining maydonga kelishida Husayn Boyqaroning sababchi bo’lganligi va bu hodisa Alisher Navoiy tomonidan hamisha qoniqish va minnatdorchilik bilan bayon etilganini eslatish kifoya.
Bunday holni Husayn Boyqaro asarlarida ham ko’rish mumkin. Masalan, u o’zining "Risola"sida Alisher Navoiy haqida juda baland ruhda samimiy so’z yuritgan. Husayn Boyqaro she`riyatida ham bu manzara uchraydi. Jumladan, Husayn Boyqaro Alisher Navoiy g’azallariga o’xshatma-javobiyalar yozish bilan birga muxammaslar ham bog’lagan. Bu haqda Alisher Navoiy "Majolis-un-nafois"ining Husayn Boyqaroga bag’ishlangan sakkizinchi majlisida ancha yaxshi ma`lumotlar keltirilgan.
Husayn Boyqaroning she`riyati orasida Alisher Navoiy bilan uchrashuv arafasida bitilgan g’azallar ham borki, ularda bu uchrashuv lahzasini qanchalik toqatsizlik bilan kutayotgan Husayn Boyqaroning samimiy his-tuyg’ulari o’z ifodasini topgan.
Jumladan:
G’am yema Majnun ko’ngulkim, dilraboying kelgusi,
Bazmi ayshing tuzguchi ishratfizoying kelgusi.
Aylagil parvoz, ey shahbozi himmatkim, bukun,
Toyiri quds oshyoninda humoying kelgusi.
Tiyra shomi hajrida ko’b qolma tongkim, mehr ila
Subha davlatdek chiqib tobanda oying kelgusi.
G’am ema labtashna hijron dashtida hayron qolib
Kim, zuloli vasl icharga rahnamoying kelgusi.
Ey Husayniy, qilmag’il ishrat navosinkim, bukun
Kim, gulistoni nishotingda Navoying kelgusi.
Bu g’azal sharhga muhtoj emas. Unda shoirning do’stiga nisbatan hurmati ham, uni "rahnamo" - yo’l ko’rsatuvchi deb bilganligi ham g’oyatda samimiyat bilan tasvirlangan. Bunda shoh Husayn Boyqarodan ko’ra Alisher Navoiyning haqiqiy do’sti Husayn Boyqaro-Husayniy ko’proq va yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, Sulton Husayn Boyqaro-Husayniy o’zining she`riyati bilan XV asrning ikkinchi yarmidagè adabiy muhitda ma`lum mavqega ega bo’lgan siymolardandir.
Sulton Husayn Boyqaro haqida so’z borganda uning she`riyati bilan birga "Risola" deb ataluvchi asari ham borligi bir necha marta tilga olingan edi. "Risola" 1485-yilda mumtoz adabiyotdagi nasrning qonun-qoidalariga mos tarzda yozilgan. Unda Husayn Boyqaro o’z hukmdorligi davrida amalga oshirilgan ishlar, xususan mamlakat obodonligi, ilm-fan, madaniyat va adabiyotni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatidan so’z yuritadi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu davr adabiy muhitida Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy singari siymolarning borligidan quvonib, ularning faoliyatlariga yuksak baho beradi.
Bundan tashqari "Majolis ul-ushshoq" nomli asarni ham ba`zan Husayn Boyqaroga nisbatan beradilar. Ammo bu masala yanada aniqlash va dalillashga muhtojdir.
Xulosa qilib aytganda, Sulton Husayn Boyqaro faqat shoh sifatida emas, balki o’z davrining ma`rifatparvari, shoiri va adabiyotshunosi sifatida ham tanilgan va e`tirof etilgan siymolardandir.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin