YUKLAMA
So‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid,
ayirish-
chegaralash, gumon, o‘xshatish, inkor
kabi ma’nolarni yuklovchi so‘z va qo‘shimchalarga yuklamalar deyiladi.
Yuklamalarga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go‘yo, go‘yoki, naq, hech,
sira, nahotki, na ... na so‘zlari;
2) -mi, -chi, -gina (-kina, -qina), -dir, -u, -yu, -da, -
a singari qo‘shimchalar kiradi.
Ularning birinchi
guruhi so‘z
-
yuklamalar, ikkinchi guruhi esa qo‘shimcha
- yuklamalar sanaladi.
-u (-yu), -
da yordamchilari o‘rniga va bog‘lovchisini qo‘yish mumkin bo‘lsa,bog‘lovchi vazifasida,
boshqa holatlarda yuklama vazifasida keladi.-
da yordamchisi yuklama vazifasida kelganda, ko‘pincha
uning o‘rniga ham
yuklamasini qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Gapning mazmuniga so‘roq
-
taajjub ma’nosini yuklovchi yordamchi so‘zlarga
so‘roq
yuklamalari deyiladi. Yozuvda -
mi yuklamasi so‘zga qo‘shib, qolgan
yuklamalar esa chiziqcha
bilan ajratib yoziladi.
O‘zi qo‘shilayotgan so‘zning ma’nosini ayirib
-chegaralab keluvchi faqat va - gina (-kina, -qina)
yuklamalari
ayiruv-chegaralov
yuklamalari hisoblanadi. Bulardan faqat sof yuklama, -gina (-kina, -
qina) vazifadosh yuklamadir.
Gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab
keluvchi yuklamalar
kuchaytiruv-
ta’kid
yuklamalari hisoblanadi. H
atto, nahotki, ham, g‘irt singari so‘zlar,
-ku, -u (-yu), -
da, -oq (-yoq)
qo‘shimchalari kuchaytiruv
-
ta’kid yuklamalaridir. Yozuvda
-ku, -u (-yu), -da
yuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-
yoq) yuklamasi esa qo‘shib yoziladi.
So‘z yoki gapga o‘xshat
ish-
qiyoslash ma’nosini yuklovchi xuddi, go‘yo(ki) kabi
yordamchi so‘zlar
o‘xshatish
-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi. Shuningdek,
ular ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida
ham kelishi mumkin.
|