TAQLID SO‘ZLAR
Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar
hisoblanadi. Taqlid so‘zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) tovushga taqlid so‘zlar; 2) holatga taqlid so‘zlar.
Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so‘zlar tovushga taqlid so‘zlar sanaladi.
Masalan, g‘a
-
g‘a (o‘rdak ovoziga taqlid), di
-dit (mashina signaliga taqlid).
Narsalarning
holatiga taqlidn
i bildiruvchi so‘zlar holatga taqlid so‘zlar
hisoblanadi. Masalan, lip-lip (chiroq holati), jimir-jimir (suv holati).
Asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o‘zgarishi bilan
takrorlanishidan hosil
bo‘lgan taqlid so‘zlar takroriy taqlid so‘zlar sanaladi.
Masalan: gumbur-gumbur, gurs-gurs, chars-churs, taq-tuq, yarq-yurq.
Takroriy taqlid so‘zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Taqlid so’zlar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1) SODDA taqlid so’zlar 2) TAKRORIY taqlid so’zlar
Hamma taqlid so’zlardan fe’l
yasaladi, ko’pchiligidan esa ot ham
MODAL SO‘ZLAR
Ifodalanayotgan fikrga
so‘zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish
kabi) bildirgan so‘zlarga modal so‘zlar deyiladi.
Modal so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlardan vergul
bilan ajratiladi.
Modal so‘zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish
fikrning tartibi, xulosa
si kabi
ma’nolarni bildiradi.
O`ZBEK TILI MORFOLOGIYEA
Modal so‘zlar ham sof modal so‘zlar va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi.
Faqat modal ma’no
uchun xoslangan so‘zlar sof modal so‘zlar sanaladi:
haqiqatan,
darhaqiqat, afsuski, attang, albatta,
shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan kabi.
Modal ma’noda ham qo‘llangan aftidan, chamasi, umuman, ehtimol,
taxminan,
shubhasiz singari so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.
TASDIQ VA
INKOR SO‘ZLAR
Ha, xo‘p, mayli singari so‘zlar tasdiq so‘zlar; yo‘q, mutlaqo singari so‘zlar inkor
so‘zlar sanaladi. Bunday so‘zlar dialogik nutqda
-
mi so‘roq
yuklamasi orqali
ifodalangan so‘roq gaplarning javobi bo‘lib keladi.