Ravishlarda daraja
Ayrim ravishlar sifat kabi darajani ham bildiradi:
1) bosh daraja: sekin yurdi:
2) qiyosiy daraja: Mashina tezroqyurdi. Sal oldinroq keldi.
3) orttirma daraja: Juda ko’p paxta terdi.
4) kuchaytirma daraja: juda-juda charchadi, kuppa-kunduzikelishdi.
Ravishlarning tuzilish jihatdan turlari
1.Sodda ravishlar: ko’p, tez, do’stona.
2.Qo’shma ravishlar: bir oz, har zamon, ozmuncha.
3.Juft ravishlar: unda-bunda, birin-ketin, omon-eson.
4.Takroriy ravishlar: asta-asta, tez-tez
Ravishlarning yasalishi
1.Ravishlar quyidagi ravish yasovchi qo’shimchalar yordamida boshqa so’z turkumlaridan, shuningdek, ravishlardan ham yasaladi:
-cha:qisqacha, o’zicha, boshqacha, eskicha.
-larcha: qarindoshlarcha, o’rtoqlarcha, akalarcha.
-chasiga: yangichasiga, toshkentchasiga, dehqonchasiga.
-siga: tikkasiga.
-ligicha:xomligicha, tirikligicha, butunligicha, ho’lligicha
-dek/day: o’qdek, qushday.
-lab: ertalab, ko’plab.
-ona: do’stona, fidokorona, g’olibona
-an:umuman, tahminan, majburan, asosan, rasman.
-gacha: kechgacha, tushgacha.
-simon: erkalangansimon, uyalgansimon, hazillashgansimon.
-namo: uyalgannamo, oliftanamo.
-lay(in):butunlay, tiriklayin.
-incha:ko’pincha, aksincha.
-siz, be-:to’xtovchisiz, beixtiyor.
-chang: ko’ylakchang, qo’vushchang.
-in: oldin.
2. So’zlarni qo’shib ravish yasash- bunda qo’shma, juft va takroriy
ravishlar yasaladi. Qo’shma ravishlar asosan ikki so’zdan yasaladi va ularning quyidagi turlari ajratib yoziladi:
1) tarkibidau, bu, shu olmoshlari bo’lgan payt va o’rni ravishlari: u yoqqa, bu yoqqa, u yerga, shu yerda va boshqalar.
2) tarkibida har, hech, hamma, birso’zlari bo’lgan ravishlar: harvaqt, har zamon, har qachon, hech vaqt, hamma vaqt, bir zum, bir necha.
3) tarkibida alla-va bir- elementi bor bo’lgan ravishlar qo’shib yoziladi: allavaqt.Biryola, birmuncha, birvarakayiga, birpas ravishlari qo’shib yoziladi.
3.Juft ravishlariningtub ravishlaridan hosil bo’lganlari kam: asta-sekin,bugun-erta va boshqalar.
O’rin-payt kelishigidagi ba’zi ot va olmoshlar ravishga ko’chib, juft ravish hosil qilinadi: oyda-yilda, unda-bunda.
Juft ravishlar asosan quyidagicha yasaladi:
Bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: eson-omon, ochiq-oydin.
Antonim so’zlardan: erta-kech, kecha-kunduz, ochiq-to’kin.
4.Takroriy ravishlarquyidagicha yasaladi: a) ot bilan ot takrorlanadi: qator-qator, yildan-yilga, qadam-baqadam: b) sifat bilan sifat: chaqqon-chaqqon, uzundan-uzoq, bekordan-bekorga: v) fel shakllari: uzil-kesil, bilinear-bilinmas, bora-bora, o’ra-so’ra, qayta-qayta, borib-borib, turib-turib, quyarga-qo’ymay.
g) ravish bilan ravish: nari-beri, oldin-ketin, birin-ketin, unda-bunda, hali-
beri:
d) olmosh, son, taqlid va aralash holda so’zlarning takrorlanishi: o’z-
o’zidan, yakka-yakka, taqa-taq.
Juft ravishlar ham, takroriy ravishlar ham chiziqcha bilan yoziladi: asta-
asta, nari-beri va boshqalar.
Bulardan tashqari, o’rin-payt va chiqish kelishigidagi so’zlarning ravishga aylanish holatlari ham ucharaydi: yangidan, birdan, birga, boshda, kunda, charchamasdan, shoshmasdan kabi.
Boshqa turkumlarning ko’chishidan hosil bo’lgan ravishlar.
1)Otlar ko’chadi: erta, indin, kecha, kech, kechqurun, bugun:
2) sifatlar: yaqqol, barilla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, uzluksiz, beomon:
3) ravishdoshlar: o’ta, qiya, qo’sha, qayta:
4) taqlidiy so’zlar: shartta, taqqa, tappa, chippa.
Tayanch so`zlar: ravish, grammatik, xususiyat, holat, harakat, payt, belgi o`rin, daraja, miqdor,yasalish.
Dostları ilə paylaş: |