Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari
1
|
Sodda olmoshlar
|
Men, sen, kim, shu, qachon
|
2
|
Qo’shma olmoshlar
|
Ana shu, har kim, hech nima
|
3
|
Juft olmoshlar
|
U –bu, unga –bunga, siz –biz
|
4
|
Takroriy olmoshlar
|
Shu –shu, o’sha –o’sha, kim –kim
|
Boshqa turkumlarga oid so’zlarning olmoshlarga ko’chishi
Quyidagi turkum so’zlarga tegishli ayrim so’zlar olmoshga ko’chadi: 1) ot: odam, kishi, inson, nafas, ish; 2) sifat: ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi; 3) son: bir. Umuman olganda, bir, har, hech so’zlari bilan keladigan ko’pgina so’zlar olmoshga ko’chishi mumkin: hech narsa, bir narsa, har yerda.
Olmoshlarning ma’no turlari
Kishilik olmoshlarishaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. Qaratqich, tushum kelishigi hamda –nikiqo’shimchasi qo’shilganda, men, sen olmoshlaridagi bir n tushib qoladi: me..ning, se..niki, se..ni. U kishilik olmoshiga jo’nalish, o’rin –payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda, bir norttiriladi: unga, unda, undan. Bu olmoshlarga egalik qo’shimchalari deyarli qo’shilmaydi.
O’zlik olmoshinarsa –buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko’rsatish uchun ishlatiladigan o’z so’zidir. Bu olmosh narsa –buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o’z uyi, o’z ukasi.
O’zlik olmoshi egalik qo’shimchasini olib, uchala shaxs kishilik olmoshi o’rnida ham ishlatiladi: o’zim –men, o’zing –sen, o’zi –u.
O’zlik olmoshi turlanganda kelishik qo’shimchalaridan oldin egalik qo’shimchalari bo’lishi shart: o’ziga, o’zingdan va b.
Dostları ilə paylaş: |