20-mavzu: Ot va uning grammatik xususiyatlari
Reja:
1. Ot mustaqil so`z turkumi.
3. Otning ma`no jihatdan turlari.
4. Otlarning tuzilish jihatdan turlari.
5. Ot mustaqil so`z turkumining grammatik xususiyatlari.
Shaxs, narsa ma’nolarini, shuningdek joy nomlarini bildirib, kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarotdeyiladi.
Kim? so‘rog‘i shaxsni bildiruvchi so‘zlarga; nima? so‘rog‘i narsa - buyumni bildiruvchi so‘zlarga; qayer? so‘rog‘i joy nomini bildiruvchi so‘zlarga beriladi. Shunga ko‘ra otlar shaxs otlari, narsa - buyum otlari, o‘rin -joy otlariga bo‘linadi. Masalan: olma, bulut, do‘ppi;qiz, chol, Qo‘zivoy; qishloq, guzar, Toshkent.
Otlar egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi, birlik va ko’plikda ishlatiladi.
Otlar sifat o’rnida qo’llanishi mumkin: asfalt yo’l, oltin bilaguzuk, temir sandiq.
Otlar gapda bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, shuningdek, undalma bo’lib keladi: Onamparrandachilik fermasida ishlaydi.Bugungi ishniertaga qo’yma! Bolalar, ko’cha harakati qoidalariga rioya qiling!
Otlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy otlarga bo‘linadi.
Sodda otlar faqat bir asosdan tarkib topgan otlardir: ishlarimiz,kо‘chadagi, о‘roq.
Sodda otlar tub va yasama bo‘ladi.
Tarkibida so‘zyasovchi qo‘shimchasi bo‘lmagan otlar sodda tub otlardir: tilimiz, bolalar, kitob.Morfologik usul bilan (so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida) yasalgan otlar sodda yasama otlardir: ekin,supurgi, aravakash.
Qo‘shma otlar ikki yoki undan ortiq asosdan tarkib topgan otlardir: kungaboqar, beshbarmoq, qo‘lqop, boychechak. Qo‘shma otlar qo‘shib yoki ajratib yoziladi:
• ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar doim ajratib yoziladi: laylakqor, olibsotar, tillaqosh, atirgul;
• ikkinchi qismi turdosh otdan bo‘lgan atoqli otlar qo‘shib yoziladi: Oltiariq, Yangibozor, Surxondaryo;
• ikkinchi qismi atoqli otdan bo‘lg an qo‘shma otlar ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, G‘arbiy Yevropa, O‘rta Chirchiq.
Juft otlar ikkita otning juftlashuvidan hosil bo‘ladi va chiziqcha bilan yoziladi: kitob-daftar, ota-ona, temir-tersak, ot-ulov,orzu-armon, gap-so ‘z
Takroriy otlar otni aynan yoki tovush o‘zgarishi bilan takrorlash orqali hosil qilinadi. Takroriy otlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi: savat-savat, dasta-dasta, qovun-povun, uy-puy.
Otlar ma’no jihatidanturdosh va atoqliotlarga bo’linadi.
Bir turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi: shahar, odam, maktab.
Dostları ilə paylaş: |