O‘zbek tili



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə53/67
tarix27.11.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#136665
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
11-sinf Ozb tili (5)

Bilib oling!
Tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi publitsistik uslub deyiladi. Ushbu uslubning asosiy xususi- yatlari ijtimoiy hayotimizdagi eng dolzarb masalalarni barchaga tushunarli, ta’sirchan shaklda, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda ifodalashdir.



1-mashq. Berilgan publitsistik uslubda yozilgan gaplarni o‘qing va nuqtalar o‘rnini mazmuniga mos so‘zlar bilan to‘ldiring.


Mutaxassislarning fikricha, dehqonchilikda har bir hududning … … , …
... kelib chiqqan holda muayyan natijalarga erishish mumkin. Jumladan … … , Boysun va Baxmalning … … , Yashnabod hamda Sherobod … dovrug‘i dong taratishi ana shunday o‘ziga xos omillar bilan bog‘liq. Samarqand … boshqa hududda aynan tayyorlash imkonsiz bo‘lgani singari yuqorida nomi keltiril- gan mevalar ham joy tanlashi bilan farqlanadi. Sherobod anorlari hududning …
…, … … anor yetishtirish uchun juda mos. Anorlar dastlab … yetishtirilgani, so‘ngra … hamda boshqa o‘lkalarda ham ommalashtirilgani haqida ma’lumot- lar bor.


Foydalanish uchun so‘z va so‘z birikmalari: geografik joylashuvi, iqlim sharoitidan; Oltinsoy uzumlari; Eronda; qirmizi olmalari; nonini; anorlari; tuproq unumdorligi, quruq havosi; Misr.
2-mashq. Publitsistik uslubda berilgan gaplarni davom ettiring.



  1. Bu yil mirishkor dehqonlar uchun omadli bo‘ldi … … .

  2. Yetishtirilgan hosilning cho‘g‘i baland, bozori chaqqon … … .

  3. Dehqon xohlasa ichki va tashqi savdoni … … .

  4. Birgina Surxondaryo viloyatining o‘zida ... tonna qishloq xo‘jaligi mah- sulotlari … … .

  5. Endi tadbirkorlar eksportga oid qonunchilikdan … … .

  6. Meva va sabzavot mahsulotlarini eksport … … .



3-topshiriq. Quyidagi maqol va hikmatlarni daftaringizga ko‘chiring, ularning ma’nosini izohlang. Fikrning mantiqiy asosini aniqlang.



  1. Oliyjanob yurak to‘g‘ri yo‘ldan toymaydi.

  2. Inoqlikning eng birinchi sharti – samimiyat.

  3. Odamiy ersang demagil odami,

Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. A. Navoiy

  1. Boshqalarning baxtini o‘ylab, o‘z baxtimizni ham topamiz. Aflotun

  2. Kim g‘amingga sherik bo‘lmas, U seni hech sevgan emas.

4-topshiriq. Hikmatni o‘qing va mazmuni yuzasidan suhbatlashing.
Ey, o‘g‘il! Qaysi fan bo‘lmasin, to uni mukammal egallamaguningcha harakatni to‘xtatma, bir ilm ikkinchi ilmni egallashga yordam beradi. Bir ilmni egallashga aqling yo‘l berdimi, uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab ketma.
Sheroziy
Uyga vazifa. Tadbirkorlik mavzusida kichik matn yozing.
    1. dars


5-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing va rasm asosida suhbatlashing.

      • Men kelajakda tadbirkor bo‘lmoqchiman. O‘zimning xususiy korxonam- ni ochmoqchiman.

      • To‘g‘ri, O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivoj- lantirishga har tomonlama erkinlik berilgan. Lekin mablag‘ni qayerdan ola- san?

      • Banklardan imtiyozli kredit olaman. Mahallamdagi vaqtincha ishsiz yur- gan tengdoshlarimni ishga taklif qilaman. Ishlab chiqarilga mahsulotni mahal- liy bozorlarga va chet elga olib chiqib sotmoqchiman. Undan kelgan foydaga biznesimni kengaytiraman. Mahallamda yangi guzar quraman.

      • Meni ham ishga olasanmi?

      • Albatta, oldimga katta maqsadlar qo‘yganman. Bu maqsadlarimni amal- ga oshirishda menga ishonchli do‘stlar va hamkorlar kerak.

      • Bo‘lmasa, menda ham yangi g‘oyalar bor. Maslahatlashaylik.

  1. – O‘zbek tili 11-sinf

145

6-topshiriq. Matnni o‘qing va matn yuzasidan savollar tuzing.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin