O‘zbek tili



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə50/67
tarix27.11.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#136665
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67
11-sinf Ozb tili (5)

5-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing. Rasm asosida suhbatlashing.



    • Buyuk ipak yo‘li degan nom qayerdan paydo bo‘lgan?

    • Miloddan avvalgi II asrda paydo bo‘lgan bu yo‘lga ipak yo‘li degan nom

1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan.

    • Buyuk yo‘lning uzunligi necha kilometr bo‘lgan?

    • Buyuk ipak yo‘li 12 ming kilometrgacha uzunlikda bo‘lgan. Bu yo‘ldan Hindistondan Markaziy Osiyo hududlariga ip gazlama va paxta chigiti olib ke- lingan. Xitoydan guruch keltirilgan. Osiyodan Xitoyga uzum, yong‘oq, anor va boshqa dehqonchilik mahsulotlari tashilgan. Xitoyga Farg‘ona otlaridan, beda urug‘idan olib ketilgan.

    • Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati nimada?

    • Bu yo‘l orqali Sharq va G‘arb xalqlarining madaniy aloqalari va sav- do ayirboshlash ishlari olib borilgan. O‘zaro hamkorlik va madaniyatlar boyib borgan.


Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk ipak yo‘li tufayli Sharq va G‘arb mam- lakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo‘lganlar. G‘arb mamlakat- lari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o‘zlari uchun kashf qildilar. Markaziy Osiyo aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda Osiyo gilamlari, jun gazlamalari, hunarmand- chilik buyumlariga talab katta bo‘lgan.

6-topshiriq. Matnni o‘qing va savollarga javob bering.






  1. mashq. Berilgan so‘zlarni quyidagicha ajratib yozing.



Kitobiy uslub:
So‘zlashuv uslubi:

Janjal, to‘polon, mojaro, g‘alva, g‘avg‘o, mashmasha, iste’mol qilmoq, tot- moq, yemoq, tanovul qilmoq, olmoq, tushirmoq, umrbod, toabad, hijron, ayri- liq, valdiramoq, gapirmoq, aloqador, taalluqli, tegishli, ayol, xotin, aylanmoq, sayr etmoq, avvalgi, oldingi, ilgarigi, burungi, adabiy, mangu, umrbod, avay- lamoq, ayamoq, ehtiyotlamoq, e’zozlamoq, ardoqlamoq.





  1. mashq. Gaplarni o‘qing. Badiiy uslubga xos bo‘lgan so‘zlarni to-

ping.



  1. Ilk bahor. Daraxtlar uyg‘onib kurtak yoza boshladi. 2. Havo sof va salqin. 3. Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayot-

dir. 4. Bobodehqon yerga baraka urug‘ini ekish bilan band. 5. Hushyor bo‘lish har bir fuqaroning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. 6. Onaga – eng ulug‘ zotga ehtirom chinakam insoniylik sanaladi.
7-topshiriq. Hikmatni o‘qing va savollarga javob bering. Mashhur donishmand Buzurgmehrdan: «Insof nima»? deb so‘radilar.

    • Insof odam o‘ziga nimani ravo ko‘rsa, boshqa kishiga ham shuni ravo ko‘rishidir, deb javob berdi Buzurgmehr.

    • Eng yaxshi odam kim?

    • Aqlli odam.

    • Qanday kishini aqlli odam desak bo‘ladi?

    • Aqlli odam o‘ylamasdan biror ishga kirishmaydi.

    • Bilimni qanday narsa bezaydi? Shijoatni-chi, saxiylikni-chi?

    • Bilimni to‘g‘rilik, shijoatni afv qilishlik, saxiylikni ochiq yuzlilik va shi- rinso‘zlik bezaydi.

    • Insonning hayotda eng muhim orzu-tilagi nimalardan iborat?

    • Sihat-salomatlik, farovon turmush va xotirjamlik.





8-topshiriq. Maqollarni o‘qing va mazmunini izohlang.
1. Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi. 2. O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. 3. Ko‘pni ko‘rgan ko‘p biladi. 4. Ona bilan bola – gul bilan lola.
Uyga vazifa. O‘zingiz yoqtirgan kitobdan badiiy uslubga xos bo‘lgan gaplarga misollar yozib keling.
  1. dars


Adabiy o‘qish

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin